Arab davlatlardagi geosiyosiy jarayonlar va ularning o`ziga xosligi
Reja:
1. ―Geosiyosat‖ tushunchasi. Geosiyosatning mohiyati to‘g‘risidagi qarashlarning sifatiy xilma-xilligi va evolyutsiyasi.
2.Hozirgi davr geosiyosiy maqsadlar va mafkuraviy siyosat.
3. Jahonni mafkuraviy bo’lib olishga intilishlar.
Mazkur mavzu uchun Prezidentimizning ―O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖ asari asosiy
manba bo‘lib hisoblanadi.
―Geosiyosat‖ tushunchasi o‘zida ―geo‖ – ―yer‖, ―siyosat‖ esa ―davlat‘ va
―ijtimoiy ish‖ ma‘nolarini anglatadi. ―Geosiyosat‖ atamasida geosiyosiy
muddaolar, ularning ko‘rinishlari, turli xil davlat va xalqlarning manfaatlari tizimi,
unga bo‘lgan yondoshuv uslublari, vositalari, u yoki bu davlatning hududiy
joylashuvi, salohiyatiga bo‘lgan munosabatda ifodalangan maqsadlar o‘z ifodasii
topadi.
―Geosiyosat‖ uzoq tarixga ega bo‘lsada, u tushuncha sifatida XX asrning
boshlarida shakllangan. Bu atama R. Chellen tomonidan muomalaga kiritilgan
bo‘lib, hozirgi davrda davlatlar va dunyo mamlakatlari xalqaro siyosatida,
falsafada, siyosat falsafasi va fanlarida keng qo‘llanilmoqda. Geosiyosat ko‘p
qirrali tushuncha sifatida turli manfaatlarni o‘zida mujassam etadi.
Hozirgi davrda geosiyosiy maqsadlar ko‘proq mafkuraviy siyosat bilan
hamohangligini alohida ta‘kidlash zarur. Bunda mafkuraviy ta‘sir ko‘rsatish
geosiyosatning eng ta‘sirchan vositasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ya‘ni turli
davlatlarning maqsadlari xalqning turli qatlamlari, xususan yoshlar ongi va qalbiga
mafkuraviy ta‘sir ko‘rsatish orqali, ularning faoliyatini o‘z ta‘siriga, ya‘ni
manfaatlariga yo‘naltirgan mafkuraviy muhitni yaratishni ko‘zlagan holda amalga
oshirilmoqda. Ushbu jarayonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish, uning qanday amalga
oshishini aniq bilish qiyin va murakkabdir. Ana shu sababdan ham Prezidentimiz
mafkuraviy poligonlar yadro poligonlariga qaraganda xavfliroq bo‘lib qolganligini
alohida ta‘kidlaganlar.
Yadro poligonlarining qayerda joylashganini, uning quvvatini, qanday
maqsadga yo‘nalganligini muayyan darajada aniq bilish mumkin. Ammo yovuz,
yot mafkuraviy maqsadlarning qayerdan va qanday yo‘llar bilan va qaysi insonlar
qalbini egallab olayotganini osonlikcha bilib bo‘lmaydi.
Bugun ―ikki qutbli mafkura‖ o‘rtasidagi kurashga barham berilgan bo‘lsada,
ammo dunyoda mafkuraviy kurashlar to‘xtab qolgani yo‘q. aksincha jahon
maydonlarini mafkuraviy bo‘lib olishga urinishlar turli yo‘llar bilan sodir
bo‘lmoqda. Masalan, O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin mafkura
sohasida hayot osonlikcha kechmadi. Milliy istiqlol g‘oyasiga zid bo‘lgan yot va
begona g‘oyalar kirib kelishga va yoshlarimiz ongini egallashga, ularni
mamlakatimizda belgilangan ulug‘ maqsadlarni amalga oshirishga qarama-qarshi
qo‘yishga urinishlar bo‘lganligining guvohimiz. Bunday harakatlarning tarafdorlari
o‘zlarini ―do‘st‖, ―millatdosh‖, ―vatandosh‖, ‗dindosh‖ etib ko‘rsatish niqobi bilan
o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga urindilar. Natijada, haqiqiy qadriyatlarimizga zid
bo‘lgan turli xil oqimlar aholi, ayniqsa yoshlar ongini egallashga harakat qildi.
Jahon geosiyosatida xalqlarni ma‘naviy-mafkuraviy jihatdan tobe etishga
intilish va bugungi kunda dunyoni shunday asosda bo‘lib olishga urinishlar davom
etmoqda. Buning uchun ular hozirgi zamon ommaviy axborot vositalari, ularning
yutuqlaridan hamda turli xil markazlar, ayni paytda o‘zaro hamkorlikka
yo‘naltirilgan ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy vositalardan foydalanish orqali
dunyoning turli hududlarida o‘zlariga mos mafkuraviy muhitni shakllantirish
maqsadlarini ham ko‘zlamoqdalar.
Ana shunday sharoitda milliy istiqlol g‘oyasini chuqur egallash orqaligina
bunday mafkuraviy maydonlarda olib borilayotgan kurashlar mohiyatini to‘g‘ri
tushunish va oldini olish mumkin. Mafkuraviy jarayonlar fikr va g‘oyalar tizimi
sifatida inson ongiga yo‘naltirilganligi, o‘ziga xos maqsadlari borligi bilan
xarakterlanadi. Ular ko‘plab odamlar ongi va qalbini egallab olish orqali o‘ziga xos
ta‘sir ko‘rsatish maydonini yaratadi. Bu maydon ichida turli xalqlar, insonlar
faoliyati mujassamlashadi.
Ma‘rifiy rivojlanish va dunyo xalqlari rivoji shuni taqozo etadiki, geosiyosat
ham ma‘lum bir maqsadlarni ko‘zlar ekan, u faqat insoniyat orzu qilib kelgan
tinchlik va barqarorlikka, mamlakatlar va xalqlar ravnaqiga, erkin va farovon hayot
qurish g‘oyasiga mos bo‘lishi kerak. U Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq
farovonligi, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik
g‘oyalarini o‘zida mujassam etib, hozirgi geosiyosiy maqsadlarning bosh mezoniga
aylanib borishi lozim. U nosog‘lom mafkura va g‘oyalarni boshqa xalqlar ongiga,
qalbiga singdirib, mafkuraviy jihatdan dunyoni bo‘lib olishga emas, o‘zaro
manfaatli hamkorlikka, dunyoviy muammolarni o‘zaro hamjihatlik bilan hal
etishga xizmat etishi kerak. Shu ma‘noda geosiyosatga yangicha yondoshuv XXI
asrda yangicha ma‘no va ahamiyat kasb etadi va dunyo taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanish tarixi, ayniqsa har jihatdan bir-biriga
bog‘liq bo‘lib qolgan hozirgi dunyo voqeligi shundan dalolat berib turibdiki,
alohida olingan bir davlatdagi hech bir mojaro uzoq vaqt davomida milliy
chegaralar doirasida qolib ketmaydi. Bir qancha sabablarga ko‘ra bunday mojaro
nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada yoyilib ketishi muqarrar. Bu esa ertami-
kechmi qo‘shni davlatlar oldiga barcha salbiy oqibatlari bilan bir qator
muammolarni
ko‘ndalang
qilib qo‘yadi. Hatto mintaqadagi vaziyatni
beqarorlashtirish darajasiga borib yetadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda,
mojaroning
yashirin
va
oshkora
tarzdagi
baynalminallashuvi
tanglikni
chuqurlashtiradi. Chunki turli maqsadlarni ko‘zlaydigan va tanglik mavjud bo‘lgan
hududda o‘z manfaatlarini ta‘minlashga intiladigan tashqi kuchlar hamma vaqt
shay turadi.
Xullas, bugungi kunda xavfsizlikni ta‘minlash bilan bog‘iq bo‘lgan
muammolarni hal etish mintaqadagi barcha mamlakatlarning istiqbolini ham bir
qadar belgilab beradi. Shuning bilan birga bu – mintaqada yashayotgan xalqlarning
azaliy
qon-qarindoshligi,
hamkorligi
va
ma‘naviy-ruhiy
yaqinligini
mustahkamlashda ham o‘ta muhim ahamiyatga molik masala bo‘lib qolaveradi.
Xuddi shuningdek, mittaqaga qarshi qaratilgan mafkuraviy ta‘sirlarga qarshi
kurashni kuchaytirishda umummintaqaviy birlikni mustahkamlashning ahamiyati
ham oshib boraveradi.
Dunyo siyosatida ro‘y berayotgan ulkan yangilanishlar ta‘sirida olamni
tushunish, idrok etish va unga munosabat ham o‘zgarganligining guvohi bo‘lib
turibmiz. Mamlakatimizda ham inson haqidagi tasavvurlar o‘zgarib bormoqda.
Yurtboshimiz ta‘kidlaganidek, bugungi kun kishilari kechagi kun odamlaridan tubdan
farq qiladi. Milliy ma‘naviyat va qadriyatlarimizning qayta tiklanishi, o‘zligimizni
anglay boshlaganimiz tufayli bugun har birimizning ongimizda, tafakkur tarzimizda
muhim ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Har bir fuqoroning o‘ziga, ertangi kunga
ishonchi ortib bormoqda.
Taraqqiyot jarayonida ijtimoiy munosabatlar chuqurlashib, davlatimiz murakkab
umumbashariy muloqot tizimiga uyg‘unlashib borayotgan pallada rahbar kadrlar
mas‘uliyati kuchayib boradi. Mas‘uliyatni his qilish esa, birinchi navbatda, davlat va
umummilliy manfaatlar darajasida fikr qilish bilan uzviy bog‘liqdir. Ona zaminga
muhabbat, vatanparvarlik tuyg‘usi elu yurtga tahdid solishi mumkin bo‘lgan har
qanday xavf-xatarni yengishning asosiy manbaidir. Shunday ekan, Vatan xavfsizligi
va barqarorligini ta‘minlashda, uning kuch-qudratini yanada oshirishda inson
salohiyati, ya‘ni inson omilining o‘rni beqiyosdir. Davr inson dunyoqarashi va
faoliyatida sifat jihatdan o‘zgarish ro‘y berishini, o‘zligini anglab yetishini taqozo
etmoqda. Darhaqiqat, inson aql-idroki, zakovati va salohiyati ijtimoiy taraqqiyot, olam
yaxlitligining birdan-bir omiliga aylanishiga ehtiyoj kuchaymoqda. Turli-tuman
tahdidlarni bartaraf etish faqat va faqat inson zimmasiga tushmoqda. Shu bois jamiyat
taraqqiyotida muhim o‘rin tutadigan bunyodkorlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan, hayotimizni
obod va farovon bo‘lishiga xizmat qiladigan yangi ishlanmalar, taklif va tavsiyalar
bugun har qachongidan ham zarurdir.
O‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligida insoniyat hayotida ro‘y bergan muhim
o‘zgarishlarni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |