Sobit ibn Qurra ibn Marvon - tibbiyot, matematika va falakiyot bo’yicha kitoblar sohibi va hijriy III asrning katta tarjimonlaridan biri arab olimi Hijriy 288-yil 26-safar kuni (milodiy 901-yil 19-fevral) vafot etdi.
Battoniy Abu Abdulloh Muhammad ibn Jobir (858 — Batton (Suriya) — 929) — falakiyotshunos va riyoziyotchi. Raqqa va Bagʻdodda ijod qilgan. Yevropada Albategnius nomi bilan mashhur. "Sinuslar jadvali tuzishning mavhum usullari bayoni" ("Tajrid usul tarkib al-juy-ub"), "As-Sabiy ziji" ("Az-Zij as-Sa-biʼ") kabi asarlari maʼlum. B. "As-Sabiy ziji"da 1/2 dan oralatib kotangenslar jadvalini bergan. Unda Quyosh va Oyning qaramaqarshi turish jadvali, 273 ta joyning geografik koordinati, 533 ta yulduzning jadvali va b. ham berilgan. Bu asar Yevropada ham trigonometriya fani rivojiga katta hissa qoʻshdi. Oyning koʻrinadigan tomonidagi bitta krater B. nomi bilan atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |