JUBRON XALIL JUBRON (1883-1931)
Jubron Xalil Jubron (1883-1931) ijodining asosiy bosqichlari. Jubron Xalil Jubron hozirgacha zamonaviy arab adabiyotining eng yirik va o‘ziga xos siymosi bo‘lib qolmoqda, adib asarlarining qayta nashr etilishi ham bundan dalolat berib turibdi. U 1883 yilning dekabrida Livanda, Bayrut yaqinidagi Bsherri qishlog‘ida tavallud topdi. Livanda o‘rta tibbiyot ta’limini oldi. Yevropa bo‘ylab ko‘p sayohatlar qildi, G‘arb madaniyatini o‘rgandi. Birinchi jahon urushi boshlanishidan sal oldinroq Nyu-Yorkka ko‘chib borib o‘rnashib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |