Aqsh va kanada pensiya tizimi


O'zbekiston pensiya ta'minoti tizimini boshqa evropa davlatlari xorij tajribasi asosida takomillashtirish masalalari



Download 88,26 Kb.
bet3/4
Sana23.02.2023
Hajmi88,26 Kb.
#914033
1   2   3   4
Bog'liq
AQSH VA KANADA PENSIYA TIZIMI

7.3.O'zbekiston pensiya ta'minoti tizimini boshqa evropa davlatlari xorij tajribasi asosida takomillashtirish masalalari

O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida bozor munosabatlari chuqurlashib borgan sari pensiya tizimi eski tizimdan yangi ko’rinishga o'tib boradi. Bularning hammasi pensiya tizimini yanada chuqurroq o'rganishni talab qilgan holda, o'zgartirishlar kiritish zaruriyatini yaratadi. Ushbu zaruriyatni amaliyotda to’laqonli yechimini ta’minlash maqsadida O'zbekiston pensiya ta'minoti tizimini xorij tajribasi asosida takomillashtirish muhim sanaladi. Uning nazariy, uslubiy va tashkiliy asoslarini tadqiq qilish va uni ta'minlash bo'yicha amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim sanaladi:


 ijtimoiy himoyaga nisbatan jahondagi mavjud yondashuvlarning mohiyati va ahamiyatini yoritish;
 xorijiy davlatlar pensiya ta'minotidagi islohotlarning maqsadi, vazifalari va o'ziga xos xususiyatlarini yoritish;
 misollarda keltirilgan davlatlar pensiya ta'minoti tizimining hozirgi holatini tahlil etish, undagi ijobiy xususiyatlarini tizimlashtirish;
 O'zbekiston pensiya ta'minoti tizimining hozirgi holatini tahlil etish va mavjud muammolarini tadqiq etish;
 Respublikamiz pensiya ta'minoti tizimida xorijiy davlatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish istiqbollarini tadqiq etish va ilmiy asoslash;
 jahon pensiya tizimidagi islohotlar sharoitida O'zbekiston pensiya ta'minoti tizimini samarali tashkil etish yo'llari bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, ularni nazariy jihatdan asoslash.
Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlarining pensiya tizimidagi asosiy muammolari sifatida pensiyaga chiqish yoshining barvaqtligi, budjetga daromadlarning to'liq tushmasligi, pensiya to'lovlari uchun xarajatlarning kattaligi, imtiyozli pensiyalarni mavjudligi, pensiyalarga inflyatsiyaning ta'siri kabi ko'rsatkichlar ko'riladi. Boshqacha qilib aytganda, aholining qarishi, tug'ilishining pasayishi kabi demografik muammolar aholining faol qismi bilan pensionerlar o'rtasidagi nisbatni buzilishiga olib kelsa, inflyatsiyaning yuqori darajasi esa, ishsizlikni ko'payishi, davlat budjeti taqchilligi kabi iqtisodiy omillar kuchli ta'sir etishiga sabab bo'ladi.
Islohotlar jarayonida pensiya xizmati darajasini ko'tarish, buning uchun qo'shimcha zaxiralarni jalb etish, pensiya tizimlarining moliyaviy mustahkamlanishini ta'minlash, ishchining pensiyasini bevosita uning o'z mehnati bilan qo'shgan hissasiga bog'lash hamda ishchilar o'zining pensiya budjetini shakllantirishdan manfaatdorligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutish zaruriydir.
Pensiya tizimini isloh qilish davomida Hamdo'stlik davlatlari, xususan, Respublikamiz siyosati quyidagi printsiplar asosida tashkil etilishi kerak:
5. Kelajakda asosiy pensiya tizimi sifatida qabul qilingan pensiya ta'minotining taqsimot printsiplaridan voz kechish.
6. Aksariyat davlatlarda mavjud bo'lgan birdamlik va jamg'arish printsiplarini o'zida mujassamlashtiradigan uch darajali pensiya ta'minoti tizimiga o'tkazish.
7. Pensiya tizimini qurish uchun asosiy printsip sifatida - jamg'arish printsipini
tanlash.
8. Ixtiyoriy pensiya ta'minoti va sug'urtasini hamda tegishli institutlarni rivojlantirish.
Pensiya tizimlari mushkul ahvolda qolgan ayrim mamlakatlarda Jahon banki bevosita faol xarakat olib bormoqda. Bankning ishtiroki ikki shaklda o'z ifodasini topadi: birinchisi-tarkibiy qayta tashkil etish uchun qarzlar ajratish; ikkinchisi-investitsiya qarzlari. Ushbu ikki yordam turining asosiy maqsadi, mamlakat budjetiga tushumlarni yig'ish, to'lovlar va tartibga solish nazorati bo'yicha hukumat faoliyatini zamonaviylashtirishda

hamda yangilashda yordam ko'rsatishdan iborat. Quyida biz jahonning rivojlangan va shu bilan bir qatorda o'ziga hos pensiya ta'minotiga ega davlatlar amaliyoti bilan tanishib chiqishni o'rinli deb bildik.


2011-yildan boshlab Chexiyada «Kichik pensiya islohoti» deb nom olgan jarayon boshlandi. U taqsimlash pensiya tizimining ba'zi o'lchamlarini hozirgi kungacha o'zgartirib kelmoqda. Bunga ko'ra yaqin kelajakda erkaklar, farzandsiz ayollar va bir bolali ayollar uchun pensiyaga chiqish chegarasi 65 yosh, ikkita bolali ayollar uchun 64 yosh, uch bolali ayollar uchun 63 yosh, to'rt va undan ortiq farzandli ayollar uchun 62 yosh etib hisoblanishi belgilab qo'yildi. Hamda bunga qo'shimcha ravishda, erkaklar va ayollar uchun bir yilda ikki oyga cho'ziluvchi yoshga doir pensiya tizimi aholi qatlamiga singdirib borilmoqda. Bunga ko'ra, 1977-yilda tug'ilgan shaxslar 67 yoshida, 1989-yilda tug'ilganlar 69 yoshda, 1995 yildagilar 70 yoshda va h.k. pensiyaga chiqadilar.
Chexiyada hozirgi kunga kelib sug'urta badallari to'lashning o'rtacha davri 42 yilni tashkil qiladi. Biroq budjetni qat'iy tejash vazifalaridan kelib chiqib endilikda mehnat stajiga oliy o'quv yurtida o'qigan vaqt qo'shilmaydi.
Jahonning iqtisodiy jixatdan qudratli mamlakatlaridan biri sanalgan, BMT ma'lumotlariga ko'ra, hayot sifatining umumiy ko'rsatkichi jihatidan birinchi o'ringa chiqqan mamlakat - Yaponiyaning ijtimoiy ta'minot tizimi, uning aholisi pensiyalar hamda sog'liqni sug'urta qilish bilan keng qamrab olinganligi, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoya qilinmagan aholiga adresli yordam ko'rsatilishi, ijtimoiy ta'minot tizimiga mamlakatdagi vaziyatda yuz bergan o'zgarishlarga qarab tuzatishlar kiritib borilishi va bu soxadagi asosiy vazifalar belgilanishi kabi jixatlari alohida diqqatga sazovordir. Yaponiya ijtimoiy himoya tizimining ijobiy tomonlaridan O'zbekiston pensiya tizimini rivojlantirib borishda qo'llanilishi muhim ahamiyatga ega bo'lgan bo'lar edi. Bugun barchalarimizga jahon tajribasidan bir narsa ma'lum bo'ldiki, pensiya tizimini faqat davlat tomonidan moliyalashtirish yetarli samara bermaydi. Hozirgi kunda pensiya tizimini moliyalashtirishning bir vaqtning o'zida uch yo'nalish:
- minimal pensiyani kafolatlaydigan davlat pensiya tizimi;
- professional assotsiatsiya yordamida o'zining ish beruvchilariga qo'shimcha
pensiyani shakllantirish tizimi;
- fuqarolar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda alohida, xususiy pensiyani
ta'minlash tizimini yaratish belgilab olinishi lozim. AQSh, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya, Italiya kabi mamlakatlar shu tajribalardan foydalanadilar.
Yuqoridagi chet el tajribalari va amaliyotda o'zini oqlagan pensiya tizimlaridan kelib chiqib, O'zbekistonda pensiya ta'minoti tizimini xorij tajribasi asosida takomillashtirish bo'yicha quyidagi taklif-tavsiyalarimizni shakllantirdik:
- davlat pensiya tizimini saqlab qolgan holda jamg'arish xususiyatlariga ega nodavlat pensiya institutlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
- Respublikamizda yaqin kelajakdagi aholining demografik holati, jumladan mehnatga layoqatli aholi sonida pensiya yoshidagi aholinining holatini doimiy kuzatish va tahlil qilish ishlarini yo'lga qo'yish, bu borada budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasida pensiya yoshidagi aholini doimiy kuzatish va tahlil qilish bo'limini tashkil etish maqsadga muvofiq;
- Respublikamiz pensiya ta'minoti tizimida alohida soha xodimlari uchun pensiya va nafaqalar tayinlash me'yorlarini tartibga solish;
- fuqarolarni pensiyalarini tayinlashda ilg'or xorij tajribasidan kelib chiqqan holda, ularning sug'urta badaliga qo'shgan hissasiga mutanosib ravishda pensiya miqdorini belgilash tizimiga o'tish va uni rivojlantirish.
Bugungi kunga kelib iqtisodiy rivojlanish tendensiyasiga ega davlatlar iqtisodiyotida xususiy pensiya tizimlarining nufuzi tobora ortib bormoqda. Ushbu tizim mablag'lari davlat qarzi yoki budjet defitsitini qoplash uchun emas, balkim, eng ustuvor

tarmoq hisoblangan ishlab chiqarishni investitsiyalar orqali moliyalashtirishga yo'naltirilmoqda.


Nodavlat pensiya jamg'armalarining rivojlanishi nafaqat mamlakat iqtisodiyotining holatiga, balki uzoq vaqt davomida shakllangan davlatning pensiya tizimiga ham bog'liqdir. O'z navbatida, rivojlangan mamlakatlarda nodavlat pensiya jamg'armalari mablag'lari bevosita tijorat banklarida muddatli depozitlarni shakllantirishda asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda ham nodavlat pensiya jamg'armalari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish orqali tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash imkoniyatlari mavjud.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida pensiya sug'urtasi va ta'minotining nodavlat sektori ikkita jamiyat uchun muhim funktsiyalarni bajaradi: pensiya yoshidagi shaxslarni turmush darajasini oshirishni ta'minlaydi va pensiya jamg'armalari mablag'larini mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalash uchun jamlaydi. Qo'shimcha pensiyani olish davlat pensiyasini olishni rad etmaydi, balki uni to'ldiradi. Davlat pensiya ta'minotidan farqli o'laroq, qo'shimcha pensiya ta'minotiga ajratmalar ixtiyoriydir. Qo'shimcha pensiyalar shahsiy istaklar va moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda shakllanadi, pensiya yoshiga chiqqandan keyin turmush darajasiga real ta'sir etish imkonini beradi. Undan tashqari, nodavlat pensiyalari mehnat faoliyati tugashi bo'yicha moddiy ta'minlanganlik summaviy darajasini aniqlashda tarmoq va hududning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
Xorijiy tajribalar shuni ko'rsatadiki, jamg'ariladigan Pensiya fondlari
aktivlarining asosini qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq operatsiyalar tashkil etadi.
Xususiy pensiya fondlari pul mablag'larini uzoq muddatga joylaydi, xususiy va davlat qimmatli qog'ozlarini sotib oladi. Xususiy pensiya fondi passiv operatsiyalari asosini korporatsiya va korxonalardan keladigan resurslar tashkil etadi, tushumning 20-30 foizi ishchi va xizmatchilar badallaridan iborat.
Ekspertlarning hisob-kitobi bo'yicha qimmatli qog'ozlardan olinadigan daromadlarning bir foiz oshishi to'lanadigan pensiyalar miqdorini bir necha foiz
oshirishga imkon beradi. Boshqacha qilib aytganda, qimmatli qog'ozlarni sotib olish uchun ajratilgan mablag'lar o'sha qimmatli qog'ozlarni hozirgi real qiymati bo'yicha sotilgandan so'ng fuqarolarga pensiya ko'rinishida qaytariladi.
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi uchun uzoq muddatli sarmoya yetishmasligi va unga keskin ehtiyoj mavjud sharoitda xususiy pensiya fondlari birinchidan, uzoq muddatli kreditlash fondlarini oshirish imkonini bersa, ikkinchidan, bunday tuzilmalarning yaratilishi budjetning ijtimoiy ta'minot xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.

Xulosa
Pensiya ta'minotining xususiylashtirish dasturi iqtisodiyotga investitsiyalarning ichki imkoniyatlarini taqdim etadi. Kapital bozori rivojlanishi, pensiya fondlari pullarini investitsiya qiladigan moliyaviy dastaklarini taqdim etish uchun juda muhim. Shu tarzda iqtisodiyotga investitsiyalarni yo'naltirish jarayonida davlat, jamg'arilgan va xususiy pensiya ta'minotini moliyalashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi.


Xulosa o'rnida aytib o'tishimiz mumkinki, mamlakatimizda pensiya ta'minoti tizimini jahon tajribalari asosida takomillashtirish istiqbolda pensiya yoshidagi aholi qatlamini sifatli kafolatlangan pensiya bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 88,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish