Aqsh Moliya tizimi



Download 1,85 Mb.
bet3/3
Sana17.07.2021
Hajmi1,85 Mb.
#121472
1   2   3
Bog'liq
AQSh Moliya tizimi

Masalan, Buyuk Depressiya, 1933-35 yillar mobaynida T. Ruzvelt o`z islohotlarini moliya tizimida o`zgartirishlar qilishdan boshladi va FRS yordamida hisob stavkasini tushirdi, imtiyozli kreditlar berdi(pul-kredit va budjet-soliq siyosati). 2008-yilgi moliyaviy inqiroz davrida ham FRS mamlakat moliya sohasini jonlashtirishda asosiy rolni o`ynadi. AQSH valyutasi dollarni bosib chiqarish ham FRS zimmasida ekanligini hisobga olsak, valyuta hajmini oshirish yoki kamaytirish orqali jahon bozoriga o`z ta`sirini o`tkazishi mumkin.

  • Masalan, Buyuk Depressiya, 1933-35 yillar mobaynida T. Ruzvelt o`z islohotlarini moliya tizimida o`zgartirishlar qilishdan boshladi va FRS yordamida hisob stavkasini tushirdi, imtiyozli kreditlar berdi(pul-kredit va budjet-soliq siyosati). 2008-yilgi moliyaviy inqiroz davrida ham FRS mamlakat moliya sohasini jonlashtirishda asosiy rolni o`ynadi. AQSH valyutasi dollarni bosib chiqarish ham FRS zimmasida ekanligini hisobga olsak, valyuta hajmini oshirish yoki kamaytirish orqali jahon bozoriga o`z ta`sirini o`tkazishi mumkin.
  • AQSH moliya tizimini fond birjalari va fond bozorlarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Davlat va xususiy sektor qimmatbaho qog`ozlari aynan shu yerda savdo qilinadi. Fond birjalari haqida dastlabki qonun 1934-yilda qabul qilingan hamda bu bo`yicha Komissiya tuzilgan va unga 1936-1938-yillarda (Meloni akti) bir qancha o`zgartirishlar kiritilgan. Keyinchalik, 1970-yillarda esa ushbu sohada islohotlar o`tkazila boshlandi, natijada qimmatbaho qo`g`ozlarning yagona milliy bozori tashkil etildi. Davlat organlari, jumladan moliya vazirligi, veksellar, o`rta va uzoq muddatli obligatsiyalar chiqarish orqali fond bozorlariga ta`sir o`tkazadi, chunki ular boshqa korporatsiyalarga nisbatan raqobatga chidamliroq hisoblanadi (odatda davlat obligatsiyalari riski deyarli nolga teng). 
  • Moliyaviy operatsiyalar markazi Nyu-York shahrida joylashgan Nyu-York fond birjasi (NYSE) hisoblanadi, AQSH qimmatbaho qog`ozlar birjasi (ASE) ham Nyu-Yorkda joylashgan. Hajmi jihatidan ikkinchi o`rinda savdo zaliga ega bo`lmagan NASDAQ elektron fond birjasi turadi. Bulardan tashqari AQSH da 8 ta regional fond birjalari faoliyat yuritmoqda: Chikago, Filodelfiya, Tinch okeani birjasi, Kaliforniya, Boston va boshqalar. Moliya tizimi, fond birjalari va bozorlari faoliyatini boshqarish maqsadida bir qancha nazorat organlari (7 ta asosiy organ mavjud, ulardan 4 tasi federal) tashkil qilingan: Fond Dillerlari Milliy Assotsiatsiyasi, Qimmatbaho qog`oz egalari himoyasi bo`yicha korporatsiya, Munisipial qimmatbaho qog`ozlar bo`yicha Kengash shular jumlasidandir.
  • 2008-yilgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vujudga kelishida AQSH moliya tizimining hissasi ancha yuqori ekanligini aytib o`tish joizdir. Chunki 1933-yilda qabul qilingan Glas-Stigl aktiga ko`ra, AQSH banklari investitsion va tijorat banklariga ajratilgan edi. 1999-yilda bu aktning bekor qilinishi (amalda bu jarayon 80-yillardan boshlangan) yuqoridagi banklar faoliyatini aralashtirib yubordi: Uol-strit (Wall-Street) investitsion banklari tijorat banklari depozitlarini investitsiya qila boshladi. Natijada deyarli hamma mablag` muomalaga jalb qilindi. Ipoteka kreditlarida boshlangan inqiroz banklar depozitida mavjud pulning juda kamligi uchun tezda tarqalib, nafaqat AQSH, balki butun jahon  iqtisodining katta yo`qotishlariga sabab bo`ldi.
  • Moliya tizmini tahlil qilish mobaynida, mamlakat valyutasi tizimini ham ko`rib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi. Mamlakat valyuta tizimi ahamiyati nafaqat AQSH ning o`zida, balki xalqaro maydonda ham beqiyos. Chunki AQSH valyutasi dollarning butun jahon savdo aloqalarida keng qo`llanilishi mamlakatning xalqaro munosabatlarda, xususan xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlardagi o`rnini nihoyatda katta darajaga olib chiqdi. Hozirgi kunda  ko`pgina davlatlarning valyuta rezervalaridagi asosiy ulushni AQSH dollari tashkil qilmoqda. Birgina Xitoyning rezervlarida 2.9 trln. $ miqdoridagi mablag` mavjud.
  • AQSH moliya tizimining xalqaro maydondagi o`rnini tahlil qilish maqsadida jahon savdo aloqalari tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, I Jahon urushiga qadar xalqaro savdoda oltin standartidan foydalanilgan.  Bunga ko`ra har bir davlat valyutasi qat`iy belgilangan kurs bo`yicha oltinga konvertatsiya qilingan, ya`ni biror mamlakat valyutasi boshqa bir mamlakat valyutasiga oltinga solishtirilgan holda fiksirlab qo`yilgan, o`zgarmaydigan kurs bo`yicha almashtirilgan. Bu tizim davlatlarga pul massasini nazorat qilishga yo`l qo`ymas edi, chunki pul massasi oltin qazib olish hajmiga bog`liq bo`lgan. Iqtisodiy yuksalish va pul massasi o`sishi muvofiq nisbatda ushlab turilmaganligi uchun narxlar tusha boshlaydi, deflatsiya vujudga keldi. Buyuk Depressiyaning sodir bo`lishi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yangicha tizimni kashf qilishga undadi. Natijada, 1944-yili AQSH da dunyoning yetakchi mamlakatlari o`rtasida Bretton-Vud bitimi imzolandi, Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) tashkil etildi.
  • Xalqaro savdo aloqalarida oltin o`rniga AQSH dollari ishlatila boshlandi, 1 unsiya oltin 35 $ qiymatida fiksirlab qo`yildi. Bu munosabatlarda aynan AQSH dollari tanlanishiga sabab, o`sha davrlarda mamlakat butun jahon oltin hajmining deyarli yarmiga egalik qilar edi. Bundan tashqari, II Jahon urushidan keyin ko`pgina qiyin ahvolga tushib qolgan Yevropa mamlakatlariga AQSH hukumati katta miqdorda qarzlar bera boshladi hamda mamlakatlardan ushbu pullarni AQSH bilan bo`ladigan savdo aloqalarida ishlatishlarini talab qildi(Marshall rejasi). Natijada bir tomondan Bretton-Vud bitimi, ikkinchi tomondan Marshal rejasi AQSH dollarini jahon valyutasi darajasiga olib chiqdi. Biroq Bretton-Vud tizimi 1971-yilgacha amal qildi, AQSH dagi inflatsiya va savdo balansidagi defitsit dollar qiymatiga zarar yetkazdi. Shu sababli AQSH qolgan mamlakatlardan, xususan Germaniya va Yaponiyadan o`z valyuta qiymatlarini dollarga nisbatan oshirishlarini qat`iy talab qildi, lekin ichki valyutaning dollarga nisbatan oshishi mamlakatlar eksport salohiyatini kamaytirib yuborishi sababli, ular bunday talabni amalga oshirishmadi. Bunday o`zgarish fiksirlangan dollardan voz kechilishiga olib keldi, dollar boshqa valyutalarga nisbatan o`zgaruvchan kursga ega bo`ldi. Hozirgi davrda ham aynan shunday o`zgaruvchan kurs amalda bo`lib turibdi, lekin mamlakatlar valyuta intervensiyasi siyosati orqali buni nazorat qilib borishmoqda.
  • XVF ham AQSH va dunyo moliya tizimida yuqori o`ringa ega. XVF kapitalining katta qismi AQSH tomonidan ta`minlanadi. XVF qiyin iqtisodiy ahvolga tushib qolgan mamlakatlar uchun imtiyozli kreditlar, moliyaviy yordamlar taqdim etadi. Tashkilot tuzilgandan boshlab mamlakatlar savdo balansidagi defitsitlarni yopish, salbiy saldoni qoplash va yanada tezroq sur`atlarda rivojlanish uchun  XVF yordamidan foydalana boshlaydilar. Lekin bu miqdorning me`yordan oshib ketishi 90-yillardan boshlab davlatlar tashqi qarzlarining o`sishiga sabab bo`la boshladi. Aynan hozirgi kunlarda ushbu muammo Yevropa davlatlarining haqiqiy bosh o`g`rig`iga aylangan: Gretsiya (142.8%), Italiya (119%), Irlandiya (96.2%), Portugaliya (93%) kabi davlatlarning tashqi qarzlari hajmi allaqachon YaIM hajmiga nisbatan katta miqdorda yiriklashgan
  • Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, AQSH o`z iqtisodiyotini butun jahon iqtisodiyoti bilan chambarchas bog`lab qo`ygan. Bunda aynan ko`pgina xalqaro tashkilotlar foydalanayotgan richaglar, xususan moliyaviy richaglar muhim rol o`ynashini ko`rib o`tdik. Xalqaro savdoda dollarni ishlatilishi va ko`pgina davlatlarning oltin-valyuta rezervida katta miqdorda dollarning bo`lishi ular ham dollarning barqarorligi saqlanib qolishidan manfaatdor ekanliklarini ko`rsatadi. Agar AQSH FRS yordamida katta miqdorda pul bosib chiqarib muomalaga qo`yib yuborsa, dollar qadri tushishi evaziga dunyo iqtisodiyoti zarar ko`ra boshlaydi. Shuning uchun ham bunday bir qancha richaglar mavjudligi AQSH ning jahon arenalarida ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan ustunligini ta`minlamoqda.

E’tiboringiz uchun rahmat!

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish