Aqsh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Skandinaviya mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport



Download 18.5 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi18.5 Kb.

Aim.uz

AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Skandinaviya mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport

Demokratiya vakillari deb yuritilgan AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Skandinaviya mamlakatlarida sport-gimnastika harakati birmuncha o‘zgacha rivojlana boshladi. Ular haqida quyidagi ma’lumotlar guvohlik qilishi mumkin.

AQSH. Urushlar oralig'i davrida AQSHda moliyaviy iqtisodiy holatga katta e’tibor berildi, bu jahonda taraqqiy etgan kapitalistik dunyoni vujudga keltirdi. AQSH jahonda hokim bo‘lish siyosatini olg‘a surdi. Boshqa davlatlarga amerikacha yashash tarzini targ'ib qila boshladi. Bu yo‘lda sportchilaming xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi maq- sadga qaratilgan tadbirlardan biri bo'lib xizmat qildi.

Yoshlami tarbiyalashning muhim vazifasi sifatida sportga alohida ahamiyat berildi va sport tashkilotlari faoliyatini qat- tiq nazorat ostiga oldi. Ko'pgina shtatlardagi maktablarda jismoniy tayyoigarlik haqida qonunlar qabul qilishdi. Shu qonunlar asosida moliyaviy yordam berish, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlash, jismoniy tarbiya darslariga ajratil- gan vaqtlami belgilash ko'zda tutildi. Shu tariqa umumiy tarbiyaning bir bo'lagi sifatida jismoniy tarbiya qonunlashtirildi.

17 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar maktablar sport skaut tashkilotlarida jismoniy taibiyani olishadi. Bunda gimnastikaga nisbatan sport o'yinlariga ko'proq e’tibor ku- chaytirildi. Boylaming bolalari kollejlar, universitetlarda ta’lim olib, jismoniy taibiya bilan sport klublarida mashg'ul bo'lishdi. Amerikada kollejlar va universitetlar asosan sport ishlarining markazi hisoblanar edi.

Amerikaning kollej va universitetlarida ko'proq yengil atletika, suzish, basketbol, eshkak eshish sporti, tennis, beys- bol, amerikacha futbol bilan shug'ullanish tashkil qilindi.

Oliy o'quv yurtlariaro universitet sportining milliy assot- siatsiya' (NKAA) yetkachi tashkilot hisoblanar edi. Bu tash- kilot 1906-yilda tuzilgan edi.

Amerikada havaskorlik spoiti harakatida 1888-yilda tashkil etilgan atletika uyushmasi (soyuz) asosiy rol o'ynadi. Bu

tashkilot Amerikada mavjud bo'lgan barcha sport tashkilotlari ustidan rahbarlik qildi, faqat universitet sporti mustaqil edi. Atletik uyushma boshida yirik moliyaviy va ishlab chiqarish kapitali turar edi. Amerikada 1894-yilda Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) tashkil etilib, u mamlakat Olimpiya hara- katini boshqardi. Ikki urush oralig'ida Amerika sport bo'yicha jahondagi eng yirik va kuchli davlatga aylandi. Amerika sportchilari yozgi va qishki Olimpiya o'yinlari hamda jahon miqyosida o'tkazilgan sport musobaqalarining doimiy qat- nashchisi bo'lib qoldi.

Mamlakatda sport taraqqiyotiga asosan 1932-yil Los- Anjelesda o'tkazilgan X yozgi va Leyk-Pleisidda o'tkazilgan

IV qishki Olimpiya o'yinlari sababchi boidi. Amerikalik sportchilar Olimpiya o'yinlarida yengil atletika, o'q otish, boks, tramplindan sakrash, tennis, regbi, bobsley, eshkak eshish, suzish kabi turlarda ancha ustunlik qildi. Suvda suzish bo'yicha Jon Veysmyuller 1924 va 1928-yildagi Olimpiya o'yinlarida 5 ta oltin medalga sazovor bo'lgan. 1936-yil Ber- lindagi Olimpiya o'yinlarida Neyer Jessi Ouens 4ta oltin medal bilan mukofotlandi, ya’ni 100 va 200 m.ga yugurish, uzunlikka sakrash va 4x100 m. estafetada qatnashdi. Amerikada irqiy kamsitishlarga qaramasdan, mamlakat shuhrati uchun terma jamoalar tarkibiga negrlar ham kiritildi. Ular Olimpiya o'yinlarida g'olib kelib, keyin professional sportga o'tib ketishardi. Bu davrda Amerikada professional sport amerikacha turmush tarzmiug xususiyatlaridan biri boiib hisoblangan.

Professionallik negizida sport ancha rivojlanib, bunda turli xil reklamalar, matbuot, radio va keyinchalik televideni- yeda uzluksiz targ'ibot olib borish muhim rol o'ynadi. Bu o'z navbatida sport trestlari, kompaniyalar, yirik stadionlar qurish kabi maxsus tijorat ishlab chiqarish sohasini yuzaga keltirdi. Bunday sharoitlarda o'tkazilgan matchlar (uchra- shuv) va tadbirlar tadbirkorlarga ulkan boyliklar keltirdi. Amerikada professional sport biznesga (savdo, tijorat) aylandi. Ishbilarmonlar sportchilami ekspluatatsiya qilish yo'li bilan katta boyliklar to'plashdi. Masalan, 1927-yilda boks

bo'yicha jahon chempionati o'tkazilib, Tunney va Demis uchrashuvi uyushtirildi va undan 2 min.dan ortiq dollar foyda olinadi. Shu tariqa Amerikada bokschilar, basketbol- chilar, futbolchilar, regbichilar, beysbolchi va xokkeychi sportchilar tovar sifatida sotiladigan va sotib olinadigan dara- jaga yetib, bu jarayon keng tarmoqlanib ketdi.

Fransiya. Yoshlar jismoniy tarbiyasi va sporti Fransiyada o'ziga xos tarzda rivojlanib bordi. 1920-yilda maktab yoshi- gacha bo'lgan bolalar va maktab o'quvchilarining jismoniy tarbiyasi haqida qonun qabul qilindi. Harbiy vazirlik o'quv yurtlarda jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi nizomni tas- diqladi. Jismoniy tarbiyaning vosita va usullari asosi uchun Joij Eberining tabiiy-tayanch gimnastikasi tizimi qayta ish- langan holatda va shvedlar gimnastikasining ba’zi qismlari olingan edi. Ko'p sonli sport klublari va tashkilotlarida Olimpiya o'yinlari turlari, ayniqsa, futbol, tog' chang'isi sporti va figurali uchish kabilar keng rivojlandi.

20-yillar oxiri va 30-yillar boshida mamlakatda faol dam olish jarayonida sportdan foydalanishga katta e’tibor berildi. Bunda rekreatsion sport keng quloch yozdi. 1936-yilda sport ishlari va faol dam olish davlat boshqarmasi tashkil etilishi bilan rekreatsion sport o'z maqomiga ega boidi.

Fransiyada Olimpiya harakatini rivojlantirishda baron Pyer de Kubertenning nomi bilan bog'liq faoliyatlar ko'p. 1894-yilda Parijda Xalqaro Olimpiya qo'mitasini (XOQ) tuzishga harakat qilindi. Shu asosda Fransiya Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ, 1894) tashkil etildi. Parijda ikki maro- taba Olimpiya o'yinlari o'tkazildi, ya’ni 1900-yilda — II, 1924-yilda — VIII o'yinlari. Shuningdek, 1924-yilda Sha- moni shahrida I qishki Olimpiya o'yinlari tashkil etildi. Bu davrlarda Parijda ko'pgina xalqaro sport uyushmalarining shtab-kvartiralari joylashgan edi.

Fransiya sportchilari 1904-yilda Sent-Luisda boiib o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlaridan tashqari, barcha yozgi va qishki Olimpiya o'yinlarming qatnashchisi hisoblanadi. 1924—1936-yildagi o'yinlarda velosipedchilar g'oliblikka ega bo'lishdi. 1920—1932-yildagi o'yinlarda — fransuzlar og'ir at-

letika va 1920—1924— 1928-yildagi Olimpiya o'yinlarida qilichbozlik bo'yicha shuhrat qozongan edilar.

Ikkala jahon urushi oralig'i davrida Fransiya sobiq Ittifoq bilan xalqaro sport tashkilotlari va ba’zi klublar orqali sport bo'yicha yaqin aloqada bo'lgan.

30-yillaming boshida Fransiyada sovet yengil atletikachi va suzuvchilari musobaqalarda ishtirok etadi. «Spartak» va «Dinamo» sport jamiyatlaridan tashkil etilgan futbol terma jamoasi Fransiyaning «Resing» va «Red Star» kabi kuchli sport futbol klublari bilan uchrashuv o'tkazadi. Fransiyaning taniqli yuguruvchisi Jyul Lyadumeg sovet yuguruvchilari Georgiy va Serafim Znamenskiylar bilan bahslashish uchun Rossiyaga keladi. Fransiyada 1934-yilda sportchilaming fa- shistlaiga qarshi slyoti boiib, unda SSSR vakillari ishtirok etadi.

Slyot qatnashchilari jahondagi barcha sportchilami fashizmga qarshi faol kurashga chaqiradi. Bu bilan tinchlik va osoyishtalikni barcha yerlarda ta’minlash ko'zda tutiladi.

Buyuk Britaniya birlashgan qirolligiga Angliya, Shot- landiya, Uels va Shimoliy Irlandiya kiradi. Bu hududlaming har birida sport markazlari mavjud edi, ya’ni Angliyada — 4 ta, Shotlandiyada — 2 ta, Uelsda — 1 ta va Shimoliy Irlandi- yada — 1 ta. Ulami jismoniy dam olish markaziy kengashi (sovet), o'yin maydonlari milliy tashkiloti va Britaniya Olimpiya assotsiatsiyasi birlashtirar edi.

O'sha davrlarda Buyuk Britaniya maktab, kollej va uni- versitetlarda jismoniy tarbiyaning yaxshi yoiga qo'yilganligini va sportning rivojlanish surati bilan ajralib turar edi. Bernard Shou o'zining «Mafusailga qaytish» pyesasida buni shunday ifodalaydi: «Yopiq maktablarning taibiyalanuvchilariga faqat foyda keltiruvchi, jismoniy chiniqish va harbiy mahoratga o'igatish asosiy yoi. Bu esa o'q otish, samolyotlardan bomba tashlash, begunoh kishilaiga qiig'in keltirishdan boshqa narsa emas. Urush — din, oidirish esa jasoratga o'xshaydir» deydi.

17 yoshgacha boigan yoshlar orasida XX asr boshida tashkil topgan Skaut harakati keng tarqalgan edi. Skaut ot- ryadlarida yigit va qizlar axloq bo'yicha va jismoniy tarbiya

olishar, har bir a’zo har kuni biron-bir ma’qul ish qilishi, sport va o'yinlar bilan shug'ullanishi shart edi.

Buyuk Britaniya jahon sport va Olimpiya harakati rivo- jiga munosib ravishda o'z hissasini qo'shdi. Ular hisobida anchagina jahon va Olimpiya yutuqlari mavjud . Ikkala jahon urushi oralig'ida o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida — Antver- penda — 42 ta va Parijda — 34 ta Olimpiya medallariga sazo- vor bo'lgan.

O'zlarida tashkil etilgan jahon, Yevropa chempionatlari va xalqaro musobaqalarda Angliya, Uels va Shimoliy Ir- landiya mustaqil temia jamoalari bilan ishtirok etishgan. Faqat Olimpiya o'yinlaridagina Buyuk Britaniya bayrog'i ostida terma jamoalar tarkibida qatnashdi. Buyuk Britaniya sportchilari Olimpiya o'yinlarida boks, velosport, chim xok- keyi, tennis, (1920), shuningdek, akademik eshkak eshish, suzish va boshqa turlar bo'yicha g'oliblikka erishgan. 1936- yildagi Olimpiya o'yinida Buyuk Britaniya shaybali xokkey bo'yicha chempioniikni qo'lga kiritgan. Shu davrlarda u ko'pgina xalqaro sport uyushmalarining a’zosi bo'lgan.

Skandinaviya mamlakatlari va Finlyandiya. Ikkala jahon urushi oralig'ida bu mamlakatlarda sport-gimnastika harakati rivoj topadi. Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Finlyandiya mamlakatlari qadimdan sport an’analari bilan jahonda mash- hur edi.

Bu hududlarda jismoniy taibiya va sport awalgi shved gimnastikasi, daniyalik Nils Bukning tabiiy gimnastikasi, Io- gann Molleming shaxsiy (individual) gimnastikasi kabi tizim- lami qayta ishlash va ulami amalda bajarish evaziga rivoj topadi.

Maktablarda iqlim sharoitidan maqsadli foydalanish natijasida qishki sport turlari keng rivoj topadi. Ayniqsa, chan- g'i va konkida uchish sporti, to'pli xokkey (bendi), shaybali xokkey, chang'ida ikki kurash, konkida figurali uchish, tram- plindan chang'ida sakrash kabi turlar bu xalqlar hayotiga chuqur singib ketgan.

Mazkur mamlakatlaming hukumat doiralari maktablar, bilim yurtlari, institutlar, universitetlarda jismoniy taibiyani

tashkil etishga juda katta e’tibor berishgan. Shimoliy mam- lakatlaming sportchilari xalqaro sport va Olimpiya harakat- larida faol ishtirok etib kelgan. Sportchilami tayyorlash maqsadida yirik sport inshootlari qurildi. Shvetsiya, Nor- vegiya, Daniya va Finlyandiya milliy Olimpiya qo'mitalari tashkil etilib, milliy sport uyushmalari (soyuz) va klublar xalqaro sport uyushmalari tarkibiga kiritilgan. Bu mamlakat- laring sportchilari jahon, Yevropa chempionatlari va Olimpiya o‘yinlarining doimiy qatnashchilari hisoblanadi. Shu yil- larda eng yaxshi sportchilar tayyorlandi. Finlyandiyaning ja- honga tanilgan yengil atletikachilari X.Komxmaynen 1912, 1920 yildagi Olimpiya o'yinlarida 4 ta oltin medal olishga er- ishgan. P.Nurmi 9 ta oltin medalni (1920, 1924, 1928) qo'lga kiritgan bo'lsa, konkida uchish bo'yicha K.Tunbeig, nayza uloqtirishda M.Yarvinen mashhur edilar.

Shvedlar sporti o'sha paytda dunyoda tengi yo'q figu- rachi G.Grafstremni, ya’ni to'rtta Olimpiya o'yinlari qat- nashchisi, 3 ta oltin medal (1920, 1924, 1928) va bir kumush medal sohibini (1932) jahonga yetkazib berdi.

Jahon urushlari oralig'i davrida Shimoliy davlatlarda ishchilar sport klublarining faoliyatlari e’tiboiga loyiq edi. Shvetsiyada sport klublari Shved ishchilar sporti uyushmasiga (AIF), Finlyandiyada — Fin ishchilar sporti uyushmasi (TUL)ga birlashgan edi. Bu mamlakatlaming sportchilari 1928-yilda Moskvadagi 1-spartakiadada ham ishtirok etish- gan.

Jahonning boshqa mamlakatlari va hududlari (region).

Ikki jahon urushi oralig'ida sport-gimnastika harakati Yevro- paning boshqa bir qator davlatlari va hududlarida ham ma’- lum darajada rivojlandi.

Olimpiya sport turlari va boshqa sport turlari ham Chexoslovakiya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Poitugaliya, Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya va boshqa davlatlarda rivoj topganligi ma’lum. Bu davlatlar shu oraliq davrida o'tkazilgan Yevropa, jahon birinchiliklari va Olimpiya o'yinlarida ham ishtirok etishgan.

Yer yuzasining boshqa hududlarida (Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi) sport-gimnastika harakati hali rivoj topmagan edi. Ba’zi davlatlarda hoziigi zamon sport turlari, ya’ni chim xokkeyi, yengil atletikaning ba’zi turlari, kurash va h.k., shuningdek, milliy jismoniy mashqlar hamda o'yinlar bir- muncha rivojlangandi.

Ba’zi bir davlatlar o'sha paytlarda Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishgan. Hind chim ustida xokkeychilari VIII, IV va

X Olimpiya o'yinlarida chempionlik unvoniga sazovor boi- ganlar.

Misr sportchilari 1928, 1936, 1948-yilgi Olimpiya o'yinlarida 6 ta oltin medalni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Amerika mintaqasidagi Braziliya, Argentina, Kanada mamlakatlari sportchilari ham o'yinlarda ulkan yutuqlaming sohibi bo'lishgan. Kanada xokkeychilari 1920, 1924, 1928, 1932-yildagi Olimpiya o'yinlarida chempionlik shohsupasiga ko'tarilib, qishki sport turlari bo'yicha o'zlarining dovrug'ini butun jahonga taratganlar.

Xulosa qilib aytganda, Birinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda (20 y.) sport-gimnastika harakati Yevropa va boshqa qit’alardagi mamlakatlarda tez rivoj topdi. Buning negizida yoshlami harbiy-jismoniy jihatdan tarbiyalash, ularning jismoniy barkamolligini oshirishda sport turlaridan foydalanish faoliyatlari yangi tartibda amalga oshirildi.

Mamlakatlaming o'zaro sport aloqalari mustahkamlanib, xalqaro sport uyushmalari faoliyatlari kuchayib bordi. Olimpiya o'yinlari qiziqarii ravishda tashkil qilindi.



Aim.uz



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa