Simple PowerPoint
Simple PowerPoint
Simple PowerPoint
Simple PowerPoint
M.S.Pevzner oligoffenlar orasidan patologik holatlarning markazida turuvchi bilish faoliyatlarining murakkab jarayonlarining nuqsonlari mavjud bo‘lgan, lekin ruhiy-iroda sohasida hech qanday nuqsonli yo'q ma’lum bir analizatorlardagi sohalar defektga ega bo‘lgan bolalarni ajratib berdi (engil shakl). M.S.Pevzner boshqa shaklga quyidagi holatlarni kiritdi, ruhiy nuqsonlar bilan birgalikda keluvchi o‘zini tuta bilish kamchiliklari, ruhiy iroda sihasidagi og‘ir nuqsonlar ma’lum bir analizatorlar sohasidagi lokal defektlar (nutq nuqsonlari, eshitish nuqsonlari, mayda qo‘l motorikalarining rivojlanmaganligi va boshqalar). Muallif oligofreniyaning maxsus variantini ajratadi, ularga xos hususiyat shuki, bilish faoliyati bilan birgalikda
bosh miyaning peshona boMimining buzilishi bilan bog’liq bo‘lgan murakkab shaxs nuqsonlari ham qo‘shiladi.
O.E.Freyerovning, ayrim chet el olimlarining oligofrenlarni ruhiy ma’ lumotlarga asoslanib tasniflash g'ova lari xato ekanligini ta'kidlaydi. Masalan, oligofrenlarni jinsiy tomondan o‘ziga tormaydigan, urishqoq, o‘ziga ishongan, tirishqoq va boshqa shakllariga bo‘lish mumkin deb K.Shneyder hisoblagan. Bunday bo‘lish noto‘g‘ri, chunki, sogMom bolalarni ham shunday guruhlarga bo‘lish mumkin.
O.E.Freyerov klinik tasnif tuzish uchun oligofrenlarning patofiziologik hususiyatlarini bilish kerak. Psixiatriyada oligofrenlarni qo'zg'aluvchan va tormozlangan tiplarga bo‘lgan, bunday bo‘lish klinik tasnifni tuzishda asos bo‘ladi. Freyerov oligofrenlarning bir necha guruhini ajratadi: birinchi guruhni giperdinamik oligofreniya deb ataydi. Bu guruh bolalariga aqliy nuqson bilan bir qatorda, iroda buzilishlari, tormozlanish jarayonlarining sustligi. Bu guruhni 2 guruhchaga boMadi:
1-guruhga eksploziv distimik sindromli oligofrenlarni kiritdi. Bu guruhdagi oligofrenlarda intellektual nuqsonlar, tormozlanish, impulsivlik turg‘un emas, qayfiyatning tez tez o‘zgarib turishi, ishtiyoqning pastligi ustunlik qiladi. Janjal va bahslarga tez kirishadilar.
2-guruhga kiritilgan oligofrenlarda ko‘tarinki qayfiyat, tormozlanish holati, bolalarga xos jinnilik holatlari kuzatiladi. Ular ko‘pincha ko‘p va qattiq kuladilar, o‘rinsiz masharabozlik va hazil qiladilar. Ko‘pincha ularning harakatlarida masharabozlik elementlari va bu harakatlarni atrofdagilarga ko‘rsatish holatlari kuzatiladi.
2-guruhdagilar adinamikdirlar klinik simptomlari jihatdan 1-guruhga qarama- qarshidir. Bu guruhdagi oligofrenlarda umumiy harakat va ruhiy tormozlanish xosdir. Вu guruh ham 2 ta guruhga bo‘linadi:
1-guruh uchun xos bo‘lgan belgilar: sustlik. Lanjlik, atrof olamga e’tiborsizlik. Ruhiy jarayonlar sur’ati sekinlashgan, iroda impulsi sezilarli darajada zaiflashgan. 2- guruhdagi oligofrenlarda adinamik holat yaqqol ko‘zga tashlanadi.
D.E.Melexov ruhiy iroda sohasidagi siljishlarga katta ahamiyat bergan, lokal deffektlarning rolini ham hisobga olgan. Chet el tadqiqotchilari tomonidan tuzilgan bir qator tasniflar (Tredlogt, Xoler, Djervis) bir-biridan bir umumiy belgi bilan farq qilgan. G.E.Suxaryovaning fikricha, bu tasniflar mualliflari dalillarsiz “oligofreniya” tushunchasini kengaytirishgan. Ular oligofreniya guruhiga neyropsixik kasalliklar va vaqtinchalik rivojlanishdan orqada qolishni kiritadilar.
Sovet psixonevrologiyasi “oligofreniya” terminini tor ma’noda tushunishgan. Ular tomondan faqatgina hayotning boshlang‘ich rivojlanish davrida biror-bir kasallik asorati natijasida kelib chiqqan aqliy nuqsonlarni ko‘rsatib o'tganlar.
G.E.Suxaryova o‘zining tasnifida 3 ta mezonni hisobga oladi: sabablar, zararlanish vaqti (ya’ni, miyaning rivojlanishining qaysi davrida patogen omilning ta’siri), harakatning klinik hususiyatlari, bu uchta mezonga asoslanib, oligofreniyaning klinik holatlari 3 ta guruhga boMinadi. 1-guruhga irsiyatga yomon faktorlarning ta’siri natijasida kelib chiqqan kasalliklarning Daun kasalligi, mikrotsefaliya, moddalar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqqan oligofreniya (galoktosemiya) teri va suyak kasalliklari bilan birga keladigan aqli zaiflik.
1-guruhga homilaga turli xil faktorlarning ta’siri natijasida kelib chiqqan oligofreniya. Qizilcha, gripp, sifilis, toksoplazmos kabi turli xil infeksiyalar patogen faktor bo‘lishi mumkin. Ona organizmidagi toksoplazmos va garmonlarning ta’siri, chaqaloqlarning gemolitik kasalliklari ham oligofreniyaga sabab bo’ladi.
2-guruhga tug‘ruqning og‘ir kechishi va neyroinfeksiyalar (meningit, meningoensifalit) bolalik davrida bosh miya suyaqlarining jarohatlanishi natijasida kelib chiqqan oligofreniyani kiritganlar. Keltirilgan tasniflar bu murakkab muammoni ishlab chiqishda boshlang‘ich bosqich hisoblanib, bu kelajakda yanada o’rganishga muhtoj. Oligofreniyaning ayrim shakllari kamdan-kam kuzatiladi. Ayniqsa, yordamchi maktablarda bunday oligofreniyaning shakllari kam uchraydi. Oligofreniyaning ayrim shakllariga klinik tasnif berish kerak chunki ular pedogog- defektolog amaliyotida ko‘p uchraydi. Bu shakllarni tasniflashda G.E.Suxaryovaning tasnifiga tayanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |