Апрель 2021 17-қисм
Тошкент
FIZIKA FANIDAN O‘QITISH METODLARI
Smetova Elmira Kewnimjaevna
Qoraqalpog’iston Respublikasi
Nukus shahar 25-sonli maktabning
Fizika fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada o‘qituvchilarni o‘qitish metodlari bilan qurollantirishning bosh yo‘li-bu
o‘quv ishlarining strategiyasini, ya’ni o‘qitish tarbiyalash va o‘stirishning vazifalari, fundamental
fizik nazariyalar va o‘quv predmetining o‘ziga xos o‘qitish metodlarini amalga oshira bo’yisha
tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: o‘qituvchi, o’quvchi, o‘qitish metodlari, o‘qitish vazifalari, mashina va
mexanizmlar, harakat printsiplari
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda.
O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka
erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash
maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini
faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi
o’sishiga olib keladi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini
kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini
tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari
hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan
metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib,
ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun
moslari hozirda mavjud.
Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin.
Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri
tanlash muammosini keltirib chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi,
ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida
faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib,
ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli
vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni
amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi va fizika o‘qitish vazifalariga ham
yangicha yondoshildi va fizika ta’limning ajralmas qismi deb alohida ta’kidlandi. Belgilangan
vazifalarni amalga oshirirsh esa o‘quvchilarni yuksak salohiyatli, bilimli, o‘z aqli tafakkuri bilan
ongli mushohada yuritadigan ozod va hur fikrli insonlar bo‘lib yetishishi uchun muhim hissa
qo‘shadi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, hamdo’stlikdagi davlatlar orasida faqat bizning
mamlakatimizda ta’lim-tarbiyaga shunday yondoshish amalga oshirilmoqda.
Fizika o‘qitishning vazifalari haqida gapirilganda, fizika o‘quv predmeti sifatida ta’lim
oluvchilarda ilmiy tafakkurni shakllantirishda asosiy o‘rin egallashini ta’kidlash zarur. Ilmiy-
tabiiy bilish tsikli to‘liq keltirilgan: faktlarni kuzatishdan muammoni ta’riflashgacha va undan
gipotezani taklif etish (hodisa modeli, tushunchalar, qonunlar va printsiplar) gipotezani mantiqiy
rivojlantirish va nazariy bashorat qilish, nazariy xulosalarni eksperimental tekshirish va ularni
amalda qo‘llash. Shuning uchun o‘rganiladigan predmet asosiy fanining metodologiyasi o‘qitish
metodlarining manbai va tashkil etuvchi qismi bo‘lib hisoblanadi.
O‘qitish metodlarini takomillashtirish o‘quvchilarni fizikadan olgan bilimlarini sifatini
oshirishgagina yordam berib qolmasdan, ularning iqtidorli, iste’dodli, zukko va ma’naviy yetuk
kishilar bo‘lib yetishishlari uchun ham xizmat qiladi. Maktab va o‘rta maxsus ta’limi fizika
kursida politexnik ta’limni shakllantirish va o‘quvchilarning mehnatga tayyorlashning muhim
vositalari amaliy fizika masalalarini o‘rganish hisoblanadi.
Bularga fizika asboblarining ishlash printsipi, mashina va mexanizmlarning harakat printsiplari,
ularni ishlatishning fizik asoslari, xalq xo‘jaligining turli sohalarida fizik hodisalarining qo‘llanilishi
kiradi. Bu materiallarni sistemalashtirishda takomillashtirilgan dastur va darsliklarda fan-texnika
taraqqiyotining turli yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lgan darslarni tashkil etish muhim ahamiyat
15
Do'stlaringiz bilan baham: |