Apparat va dasturiy



Download 17,77 Mb.
bet172/183
Sana06.01.2022
Hajmi17,77 Mb.
#321083
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   183
Bog'liq
SHAXSIY KOMPYUTERGA TXK

Portativ kompyuterlar (noutbuklar) – bunday turdagi kompyuterlaning ekrani va asosiy bloki birlashgan bo‘lib mobil foydalanishga juda qulay

Ko‘tarib olib yuriladigan kompyuterlar juda rang-barangdir: qo‘pol va og‘ir (15 kg gacha) ixcham ishchi staniyalardan to 100 g gacha og‘irlikdagi miniatyurali elektron yozuv kitobchasigacha mavjud. Ko‘tarib olib yuriladigan ShK larning ba’zi tiplarini ko‘rib chiqamiz.

Ixcham ishchan staniyalar — eng quvvatli va yirik ko‘tarib yuriladigan shaxsiy kompyuterlardir. U ko‘pincha chemodan ko‘rinishda tayyorlanadi va nomadic — «ko‘chmanchi» nomiga ega. Ularning tavsiflari qo‘zg‘almas ShKishchi staniyalarning tavsiflariga o‘xshashdir: ko‘pincha RISC tipidagi, 300 mGz gacha taktli chastotali kuchli mikroproessorlar, 64 Mbayt gacha sig‘imli tezkor xotira, gigabaytli diskli yig‘uvchilar, tezkor interfeyslar va kuchli, 4 Mbayt gacha videoxotirali videoadapterlar.

Aslini olganda, bu oddiy tarmoqdan ta’minlanuvchi ishchi staniyalaridir, lekin konstruktiv jihatdan ko‘tarib olib yurishga qulay korpusga yig‘ilgan va barcha ko‘tarib olib yuriladigan ShK lar kabi VGA sinfidan yuqori bo‘lmagan tekis suyuq kristalli videomonitorga egadir. Nomadik odatda modemlarga ega va hisoblash tarmog‘ida ishlash uchun aloqa kanallariga tezda ulanishi mumkin.

Bu tipdagi ixcham kompyuterlar ko‘chma taqdimotlar uchun, ayniqsa multimedia vositalari mavjud bo‘lganda, samarali ishlatilishi mumkin, lekin ish stolida joyni tejashga imkon berib, qo‘zg‘almas variantda ham muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin.

Ixcham Notebook kompyuterlari, bu «tizzada ishlatiladigan» degan ma’noni bildiradi, uncha katta bo‘lmagan «diplomat» o‘lchamidagi chemodan ko‘rinishda tayyorlanadi, ularning og‘irligi odatda 5-10kg oraliqda bo‘ladi.

Apparat va dasturli ta’minoti ularga eng yaxshi qo‘zg‘almas ShK lar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashish imkonini beradi. Zamonaviy Notebook da ko‘pincha yuqori taktli chastotali (200 mGz gacha) Pentium, Pentium pro mikroprotsessorlari ishlatiladi; tezkor xotirasi 64 mbayt gacha; 1200 mbayt gacha sig‘imli qattiqdiskdagi yig‘uvchi, ko‘pincha olinadigan bo‘ladi; R-ROM va boshqa multimedia ta’minoti ishlatilishi mumkin.

1-Mukammallashgan parallel port;

2-Ketma-ket 16550 porti;

3-222x279 mm o‘lchamli asos;

4-Balandlik 50 mm;

5-Ikki marta skanerlanadigan aktiv yoki passiv rangli 24 santimetrli

ekran;

6-Lokal shinada va 1 mbayt videoxotirali grafik akseleratordagi videotizim;

7-Ichiga sozlangan 19 millimetrli shartli manipulyator;

8-Buyurtma shaklidagi klaviatura;

9-Klaviaturaning yoki PS/2 sichqonchaning porti;

10-Tashqi monitorga chiqish;

11- Advaned Port Repliator asbobini ulash uchun raz’yom;

12-Buriladigan oyoqchalar;

13-Almashtiriladigan qattiq disk;

14-Bitta III tipidagi yoki ikkita II tipidagi PMIA kartochkalari uchun uyacha;

15-Ta’minot manbaidan o‘zgich;

16-Manipulyatorning katta knopkalari;

17-«Intellektural» lithium ion akkumulatorlari; 18-Qo‘l barmoqlari uchun tayanch;

19-3,5 dyuymli 1,44 Mbaytli diskovod.

Notebook ta’minoti 3-4 soat davonida avtonom ishlashni ta’minlovchi ixcham akkumulatorlardan amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda Notebook ning uchta asosiy ko‘rinishi qaror topdi:



  • Boshlang‘ich darajali kompyuter-yon daftarcha; • Yuqori unumdorli mobil ishchi staniyalar;

  • Ko‘p qatlamli kompyuter-yon daftarchalar.

Boshlang‘ich darajali kompyuter-yon daftarchalar shu qism sinfdagi ixcham kompyuterlarning eng ko‘p tarqalgan klassik variantidir. Bu kategoriyaga 1997 yilda Pentium 133 mg gacha mp li, 8 mbayt gacha sig‘imli tezkor xotirali, 1,08-1,3 gbayt sig‘imli vinchesterli, 11,3" displeyli va sozlangan faks-modemli kompyuterlar to‘g‘ri keladi.

Bu kategoriyadagi kompyuterlarni hozirda deyarli barcha asosiy kompyuter firmalari: IBM, Toshiba, ompac, acer ishlab chiqarmoqdalar.

Notebooklar orasida peshqadami bu qims sinfdagi ShK lar orasida standartni belgilovchi IBM Think Pad modellaridir. Lekin ko‘pgina boshqa firmalarning ham mashhur Notebook vakillari mavjuddir. Hozirgi kunda yuzlab, minglab noutbuklarning turlari mavjud, shuningdek, o‘nlab brend ostidagi noutbuklar bozorni egallashga ulgurgan. Birinchi mezon sifatida narxiga qaralsada, baribir ko‘pchilik noutbuk ehtiyot qismlarining sifati va imkoniyatini inobatga olishadi.

Protsessor

Ko‘pchilik portativ kompyuterlarga Intel kompaniyasining protsessorlari o‘rnatilgan. Noutbuklar protsessori odatiy kompyuterlar protsessoridan Speed step texnologiyasi asosida ishlovchi energiya tejamkorligi bilan farqlanadi. Bunday protsessorlar uzoqroq vaqt avtonom tarzda ishlashga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan.

Biroq elektr ta’minot tizimiga ulangan vaqtida noutbuk protsessori maksimal samaradorlikni ta’minlash uchun to‘liq quvvat bilan ishlashga o‘tadi. Akkumulator bilan ishlashni boshlashi bilanoq yana yarim quvvatli rejimga o‘tadi.

Aksariyat zamonaviy noutbuklar protsessorida yadrolar soni 1, 2 yoki 4tani taShKil etadi. Yadrolar sonining ko‘pligi bir vaqtning o‘zida ko‘plab dasturlardan samarali foydalanish imkonini beradi.

Kesh-xotira — o‘ta tezkor operativ xotira bo‘lib, hajmi 1dan 8 Mbaytgacha etadi. Katta hajmli kesh-xotira multimediyali ilovadasturlar, o‘yin o‘ynash va videolarni tomosha qilishda ahamiyatga ega.

Noutbuklarda bir yadroli ((Intel Pentium M, Intel core solo, AMD Turion 64) va ko‘p yadroli (Intel core 2 Duo, Intel core 2 Cuad, Intel core i7, AMD Turion X2) protsessorlar qo‘llaniladi. Arzon mahsulotlarda esa protsessorlarning “yengillashtirilgan” Intel celeron M va AMD Mobile Sempron kabi namunalari ishlatiladi. Ular kichik hajmli kesh-xotira, imkoniyati sun’iy cheklangan sistema shinalari bilan ta’minlangani bois samaradorligi ham pastroq bo‘ladi.

Shuningdek, ayrim noutbuklarda odatiy kompyuterlarning protsessorlari o‘rnatiladi.

Operativ xotira (OZU)

Operativ xotira yoki sistema xotirasi protsessor ishlayotgan vaqtda ma’lumotlar va vazifalarni saqlab turish uchun zarur. Agarda kompyuterni avtomobil bilan solishtirsak, protsessor uning motori, operativ xotirani esa transmissiya (tezlik uzatmalar qutisi) ga o‘xshatish mumkin.

Kuchli, ko‘p yadroli protsessor 512 Mbli operativ xotirada ancha “qiynalib” qoladi. Unga yaxshisi 4Gb operativ xotira zarur. Aks holda noutbuk sekin ishlaydi.

Shuningdek, operativ xotiraning yaxshi ishlashi noutbukka qaysi operatsion sistema o‘rnatilganiga ham bog‘liq. Masalan, 32-bitli Windows XP va Windows Vista faqatgina 4Gb operativ xotirada ishlashi mumkin. 64-bitli Windows XP, Windows Vista va Windows 7 namunalari esa

128Gbgacha bo‘lgan operativ xotirani qo‘llaydi.

Ekran (monitor)

Ekran hajmi odatdan dyum o‘lchov birligi bilan belgilanadi (1 dyuym — 2,54 sm). Bugun displey diagonali 7″ (mitti netbuklar) dan 18″ gacha bo‘lgan noutbuklarni topish mumkin. Yupqa ultraportativ noutbuklar displeyi esa odatda 13,3″dan oshmaydi.

Suyuq kristalli displey (Jidkokristallicheskiy displey — JK-

displey yoki LD-displey, ingl. LD – Liquid rystal Display) piksel (angl. piture element ili piture sell — naimenshiy logicheskiy element izobrajeniya) deb nomlangan mayda katakchalardan iborat matritsadan tashkil topgan bo‘lib, ekranning asosiy xususiyati ushbu katakchalar miqdoriga bog‘liq. Ya’ni, ekran imkoniyati katakchalarning gorizontal va vertikal sanog‘i bo‘yicha baholanadi. Masalan, 1440×900 hajmli matritsaga ega ekranda piksellar gorizontaliga 1440, vertikaliga 900tani tashkil etadi.

Zamonaviy noutbuklar displeyi 1024×600 dan 1920×1080 gacha pikselni tashkil etadi. Piksellar soni tasvir sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, qanchalik sig‘im katta bo‘lsa, sifat ham shunchalik yaxshilanadi. Ammo bundan ekran ko‘p energiya talab etishi bilan ham ajralib turadi.

Videotizim

Ushbu tizimga videoxotirali grafika kontrolleri va kompyuter displeyi kiradi. Portativ kompyuterlar asosan idora ishlaridan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ular yordamida murakkab grafik amallarni bajarish noqulay. Shu bois ham hattoki eng zamonaviy noutbuklarda ham “almisoqdan qolgan” 4-8Mb hajmli grafik adapterlar qo‘llaniladi. Biroq grafik chiplarning yangi avlodlari mazkur vaziyatni keskin o‘zgartirmoqda va superzamonaviy GE-Fore texnologiyasiga ega noutbuklar paydo bo‘lmoqda.

Videokarta (grafik plata) — tasvirlarni shakllantirib, ekranga chiqarib beruvchi qurilma. Noutbukdagi videokarta yuqori sifatli tasvirlar (HD-video) ni tomosha qilishga imkon beradi.

Qattiq disk (Hard disk drive — HDD)

Energiya ta’minoti qattiq disk hajmiga aloqador bo‘lmagani bois imkoniyatingizga qarab kattaroq hajmli qattiq diskka ega noutbuk olishingiz mumkin. Biroq bugungi kunda noutbuklarga yanada kamroq energiya talab qiluvchi maxsus 2,5″ vinchestrlari o‘rnatilmoqda.

Qattiq disk hajmi qanchalik katta bo‘lsa, unda shunchalik ko‘p ma’lumotlarni saqlash mumkin.

Kommunikatsion imkoniyatlar

Bugun barcha noutbuklarda tashkil olam bilan axborot almashishga mo‘ljallangan qurilmalar mavjud. Ular noutbuk ichiga o‘rnatilgan bo‘lishi ham mumkin, yoki maxsus chiqish portlari orqali amalga oshiriladi.

Demak, noutbuklarning kommunikatsion imkoniyatlari:

Modem. RJ-11/RJ-12 chiqish yo‘li bilan simli telefon tarmog‘i orqali internetga ulanish imkonini beradi. Unda axborotlarning maksimal almashish tezligi 56 Kbit/sek (7 Kbayt/sek) ni tashkil etadi. Bunday past ko‘rsatkich bois modemlar qariyb iste’moldan chiqqan.

Internet. Noutbuklardagi RJ-45 chiqish yo‘li kabelli internetga ulanishga xizmat qiladi. Keng tarqalgan mazkur texnologiya ancha arzonga tushadi va uy yoki idorada ma’lumotlarni 1 Gbit/sek (taxminan 128 Mbayt/sek) gacha almashishga imkon beradi.

WI-FI. Internetga simsiz ulanish texnologiyasi. Odatda 90 metr radiusda unga ulanish mumkin. Biroq devor, metal konstruksiya va boshqa to‘siqlar bu masofani sezilarli darajada qisqartirishi mumkin. WiMAX. Keng qatorli, tobora rivojlanib borayotgan simsiz internet texnologiyasi. Ma’lumotlarni 70 Mbit/sek tezlikda 50 km radiusgacha qabul qila oladi.

Bluetooth. Yaqin atrofdagi mobil telefoni, noutbuk, garniturlar, o‘yin qurilmalari va joystik, raqamli foto va video kameralari, printer, faks va boshqa qurilmalarga ulanib, ma’lumotlar almashishga xizmat qiladi. Odatda noutbuklarda 10 metr radiusda soniyasiga 2,1 Mbgacha tezlikda ma’lumot uzatuvchi Bluetooth. Yaqin atrofdagi mobil telefoni, noutbuk, garniturlar, o‘yin qurilmalari v 2.0 texnologiyasi o‘rnatiladi.


Download 17,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish