Kompyuterni ishga tayyorlash SETUP BIOS dasturini sozlash Operatsion tizimni qattiq diskdan o‘rnatish Ilovalarni o‘rnatish va o‘chirish
Kompyuterni ishga tayyorlash
Ishlashga tayyor bo‘lgan kompyuter ko‘p pog‘onali tizimni ifodalaydi. Eng quyi pog‘onani apparat vositalari tashkil qiladi, yuqori pog‘onalarda esa dasturiy vositalar joylashadi. Yangi kompyuter ishga tayyor bo‘lishi uchun quyida keltirilgan bosqichlarni bosib o‘tishi talab qilinadi.
Kompyuterning dastlabki apparat qismining sozlanishi. Bunda barcha mavjud apparat komponentlari ko‘rsatkichlarining kelishuvi kompyuterning tizimli platasida joylashgan doimiy xotira qurilmasiga yozilgan (PZU) BIOS SETUP vositasi yordamida amalga oshiriladi.
Operatsion tizimni o‘rnatishdan oldin qattiq diskni ma’lumot yozish uchun tayyorlash kerak bo‘ladi. Buning uchun uni formatlash lozim.
Operatsion tizimning o‘rnatilishi kompyuterni ishga tushirishga va foydalanuvchi bilan muloqatni amalga oshirishiga imkon beradi.
Qurilmalarning drayverlarini o‘rnatishdan iborat bo‘lgan qo‘shimcha sozlash operatsion tizim tomonidan amalga oshiriladi. Bu drayverlar kompyuterning barcha dasturlarida mavjud qurilmalarga murojaat qilish imkonini beradi.
Oxirgi bosqich kompyuter bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha dasturlarni o‘rnatishdan iborat.
Ushbu keltirilgan bosqichlardan har qaysisi ishlab turgan kompyuterda ham bajarilishi mumkin. Xususan, apparat yoki dasturiy konfiguratsiyani o‘zgartirishga bo‘lgan zaruriyat har doim mavjuddir. Bunda kompyuterning dastlabki tayyorgarligida amalga oshirilgan bosqichlardan foydalaniladi.
BIoS. Basic Input/Output System –kiritish chiqarishning asosiy tizimi. Bu kompyuterning diskka murojaat qilmasdan foydalanadigan, apparatli joylashtirilgan dasturiy ta’minotidir. BIOS mikrosxemasida klaviaturani, videokartani, disklarni, portlarni va boshqa komponentlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan dasturiy kod saqlanadi.
Odatda, BIOS kompyuterning tizimli platasiga joylashtirilgan ROM BIOS deb ataluvchi doimiy xotira qurilmasi (DXQ) (ROM, Read-Only Memory) mikrosxemasiga o‘rnatiladi. Bunday texnologiya tizimli plataga nisbatan tashqi qurilma hisoblangan komponentlarning ishlash xususiyatidan qat’iy nazar BIOSdan doimiy foydalanishni ta’minlash imkonini beradi (masalan, yuklovchi disklar).
Kompyuter tizimini bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiluvchi bir nechta apparat va dasturiy vositalarning qatlami ko‘rinishida ifoda qilish mumkin. Asosan to‘rtta qatlam mavjud bo‘lib, ularning har birini nimbosqichlarga ajratish mumkin
Apparat ta’minoti bilan operatsion tizimning ilovalar orasidagi interfeys sifatida BIOSdan foydalangan ikkita har xil kompyuterlar tasvirlangan. Bu kompyuterlarda bir xil dasturiy ta’minotni ishga tushirish imkoni bo‘lgan har xil qurilmalarni (protsessor, qattiq disk, monitor va boshqa) o‘rnatish mumkin. Operatsion tizim va ilovalarning o‘zaro aloqasi mos bo‘lgan API (Application Programming Interface) yordamida amalga oshiriladi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |