Qattiq disklarni tahlil qiluvchi vositalar. Qattiq disklarni yuzasini tahlil qiluvchi dasturlar, ma’lumotlar ishonchli darajada saqlanayotganligini aniqlash uchun, o’qish-yozish operatsiyalari bajariladi. Murakkab algoritmlar asosida yaratilgan utilitlar, DOS o’qiy olmagan ma’lumotlarni tiklab beradi. Agarda, yuklanuvchi disk shikastlangan bo’lsa, unda operatsion tizim diskni aniklay olmaydi va tegishli xato to’risida ma’lumot beradi. Ko’pincha shunday hollarda kompyuter osilib qoladi. Agarda, FAT jadvali salgina shikastlangan bo’lsa, unda DOS dagi CHKDSK, shuningdek, uning o’zlashtirilgan versiyasi SCANDISK buyruqlari yoki maxsus utiliti ma’lumotlar klasterlarini aniqlaydigan ko’rsatkichlarni tiklashlari mumkin. Agarda FAT jadvali butunlay shikastlangan bo’lsa, ko’rsatkichlar va diskdagi ma’lumotlar yo’qoladi. Shuni aytib o’tish kerakki, ma’lumotlar diskda qoladi, lekin ulardan foydalanib bo’lmaydi.
CHKDSK DOS versiyalarida, keyinchalik esa Windowsning dastlabki versiyalarida mavjud bo’lgan. Windows 95/98 versiyalarida esa Microsoft kompaniyasi, yuqori funktsional imkoniyatlarga ega bo’lgan, SCANDISK dasturini tavsiya etadi. Windows XP da esa, ko’pgina yangi funktsiyalar, shuningdek, NTFS bo’limlarining tiklanishi va ular to’g’risida ma’lumot beruvchi, CHKDSK dasturning yangilangan versiyasi mavjud.
Tashqi ishlab chiqaruvchilarning kengrok imkoniyatlarga ega bo’lgan yuzani tekshiruvchi utilitlari. Bunday maxsulotlarga Norton Utilities va SpinRite kiradi. Ulardan yo’kolgan ma’lumotlar kismlarini anikdash uchun, ma’lumotlarni diskning ishonchli maydoniga olib utish, shuningdek, shikastlangan sektorlarni “yopish uchun” foydalaniladi. Bu dasturlar ishlatish uchun juda ham qulay, ular yordamida urta statik diskni kayta ishlash uchun, kamida bir soat vaqt ketadi. Ularning asosiy afzalliklari shundan iboratki, ma’lumotlarni yo’qotishdan oldin sektor shikastlanganligi to’grisida xabardor bo’lishingiz mumkin.
Birok, Norton SystemWorks yoki yoki Norton Utilities larning asosiy afzalliklari - FAT jadvali shikastlangan yoki boshqa muammolarga duch kelgan diskdagi ma’lumotlarni tiklash. Agarda, qattiq disk shikastlangan bo’lsa, hamma ma’lumotlarning rezerv nusxasini yaratib, uni yangisiga almashtiring.
Diskning fizik shikastlanishidan tashkari, uning eng muhim muammolaridan biri - katta faylning o’rtasidagi shikastlangan sektor. Agarda sektor butunlay o’qilmaydigan bo’lsa, faylning qolgan qismi yo’qoladi. DOS va Windows operatsion tizimi uncha katta bo’lmagan muammolarni, masalan, bitta belgini, bartaraf etish imkoniyatga ega. Lekin, hech qaysi foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan dastur hajmi 11 baytdan katta bo’lgan ma’lumotni tiklay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |