Kiritish-chiqarish porti
BIOS (Basic input output system) - o‘z tarkibidagi bir marta yozib qoldirilgan ma’lumotlar majmuasini saqlab turuvchi va alohida mikrosxema hisoblangan xotira turi hisoblanadi. Odatda bu xotiradagi ma’lumotlarni, uni ishlab chiquvchi korxona (firma) yozib qoldiradi. Bu ma’lumotlar kompyuter elektr manbadan o‘chirilgan holda ham saqlanadi va aloxida mikroakkumlyatorli batareyalardan oziqlanadi. Bu xotira turi faqat ma’lumotlarni o‘qish rejimida ishlaydi. SHuning uchun bunday xotiraga kompyuterning qurilmalarini tekshiruvchi test dasturlar, operatsion sistemalarning yuklovchi dastur modullari saqlanadi.Mikroprosessor dasturlarning ishlashini ta’minlaydi va kompyuter boshqa qurilmalari ishini bajaradi. U kompyuterning tezligini ta’minlaydi. Zamonaviy mikroprosessorlar uch guruhga bo‘linadi:
-to‘la buyruqlar bilan ishlaydigan CISC (Complex Instructtion Set Computing) mikroprosessorlari;
-qisqartirilgan buyruqlar bilan ishlaydigan RISC (Reduced Instruction Set Computing) guruhiga mansub mikroprosessorlar;
-minimal buyruqlar bilan ishlaydigan o‘ta tezkor MISC (Minimum Instrution Set Computing) guruhiga mansub mikroprosessorlar.
IBM PC kompyuterlarida odatda Intel firmasi va unga muvofiq boshqa firmalarning mikroprosessorlari o‘rnatiladi. Kompyuterlar mikroprosessor turlari bilan ham farqlanadi. Mikroprosessorlar Intel - 8088, Intel -80386, Intel -80286, Intel -80386 Sx, Intel -80486,
Intel Pentium kabi turlari mavjud.Dastlabki kompyuterlar Intel - 8088 asosida qurilgan bo‘lib, ularning ishlash tezligi juda sekin edi. Intel - 80286, Intel - 80386 mikroprosessorlari ham keyingi turlarga nisbatan tezligi sustligi sababli hozirgi kunda ishlab chiqarilmayapti.1991 yildan boshlab IBM, Motorola, Fire, Power va boshqa firmalar birgalikda Power PC mikroprosessorini ishlab chiqishga kirishda va bu borada muvaffakiyatga erishdi. 1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium asosidagi Pentium Pro mikroprosessori o‘rnatilgan kompyuterlari ham sotila boshlandi. Pentium Pro ning amallarni bajarish chastotasi 150 MGs bo‘lib, u Pentium ga nisbatan ishlash tezligi 40 ga ko‘proqdir.
SHunday bo‘lsada, Pentium narxining arzO’nligi va imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni o‘ziga ko‘proq jalb qilmoqda. Notebook kompyuterlar 120 MGsli Pentium mikroprosessorlari asosida ishlaydi. Pentium mikroprosessorlaridan murakkab hisoblar va tasvirlar uchun foydalangan maqsadga muvofiq.
Mikroprosessorlar
Do'stlaringiz bilan baham: |