Glenarvan:
— Janoblar, rostimni aytsam, men mehmondo'stligingizdan foydalanib, sizlarni ishdan qo'yishdan cho‘chib turibman... — deb gap boshlagan edi Maykl Paterson:
— Ser, iltimosimizni qaytarmasangiz, bizni juda xursand qilasiz, — deb javob berdi.
Glenarvan ularning taklifini qabul qilganini bildirib, ta’zim qildi.
— Ser, — deb Maykl Patersonga murojaat qildi Paganel, — aybga buyurmasangiz, sizdan bir narsani so‘ramoqchi edim: kecha Motsartning jozibali ariyasi-ni siz kuyladingizmi?
— Ha, ser,— deb javob berdi jentlmen.— Royalda menga amakivachcham Sendi jo‘r qilib turdi.
— Unday bo'lsa, ser, muzikaning chin ixlosmandi bo‘lgan fransuzning tabriklarini qabul qilg‘aysiz! — dedi Paganel, yigitga qo‘lini cho‘zib.
Do'stlaringiz bilan baham: |