Apellyatsiya tartibida ish yuritish tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati. Reja



Download 54 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi54 Kb.

Aim.uz

Apellyatsiya tartibida ish yuritish tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati.

Reja:

1.Apellyatsiya tartibida ish yuritish tartibi.

2.Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish tartibi.

3.Sud ajrimlari.

Apellyatsiya tartibida ish yuritish tartibi jinoyat-protsessual qonunchiligiga O'zbekiston Respublikasining 2000- yil 14- dekabr qonuni bilan 55 bob qilib kiritilgan. Apellyatsiya so'zi lotincha so'z bo’lib, yordam so'rash, murojaat qilish degan ma'noni anglatadi. Apellyatsiya sudi apellyatsiya tartibida berilgan shikoyat yoki protest asosida qonuniy kuchga kirmagan hukm va

ajrimlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi. Apellyatsiya sudining asosiy vazifasi hukm va ajrimlarning qonuniy, asosli va adolatli bo’lishini ta'minlash maqsadida qonunbuzarliklarni, jinoiy ishdagi xato va kamchilikiarni tez muddat ichida bartaraf qilishdan iborat. Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi vaqtida chiqarilgan ajrimi ustidan apellyatsiya tartibi shikoyat berish yoki protest keltirish, hukm ustidan shunday harakatlarni sodir etish bilan bir paytning o'zida amalga oshiriladi.

Apellyatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudi tomonidan va jinoyat protsessining bundan oldingi bosqichlarida yo'l qo'yilgan buzilishlarni aniqlash va tuzatishdan iborat aniq vazifalarni hal qiladi. Bu bilan apellyatsiya instansiyasi ayni bir vaqtda fuqarolarning huquqlari himoyasini ta'minlaydi, tergov va sud organlarining faoliyatida qonunchilikni mustahkamlashga yordam beradi, noqonuniy hukmlar ijro etilishining oldini oladi, qonunning quyi bosqichidagi sudlar tomonidan to'g'ri va bir xilda talqin qilinishiga va qo'llanilishiga ko'maklashadi.

-Apellyatsiya instansiyasi hal etadigan bunday vazifalar ishlarning sudlarda ko'rib chiqilishi oldida turgan umumiy vazifalardan kelib ciliqadi.

Apellyatsiya tartibidagi shikoyatning keltirilishi qonuniy manfaatlarni hukm bilan bog'liq bo'lgan. Fuqarolarning huquqlarini hirnoya qilishga doir huquqiy mexanizmni ishga tushiradi va ikkinchi instansiya sudi zimmasiga hukmning adolatliligini belgilash, shikoyatdagi har bir vaJga asoslangan javob

berish, shikoyat bergan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash, shikoyat bildirilgan sud qarorining qonuniy va asosli bo'lishi mta'minlash vazifasini yuklaydi.

Sud apellyatsiya tartibida ish yuritganida nafaqat hukmni bekor qilish va ishni yangitdan tergov qilishga yoki yangitdan sudda ko'rib chiqish uchun yuborishga, shu bilan birga hukmni bevosita o'zgartirish, jinoyat ishini tugatishga ham haqli bo'ladi.

Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat erishga prokuror va uning o'rinbosari esa protest bildirishga haqlidir. Fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy da'voga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.

Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.

Mazkur moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida ko'rsatilgan shaxslar apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga haqlidir.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlari va protestlari hukm e'lon qilingan kundan e'tiboran o'n sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning nusxasi topshirilgan kundan e'tiboran shunday muddat ichida berilishi mumkin.

Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat va protest bildirish u chiqarilgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda yuqorida qayd etilgan shaxslar tomonidan xususiy shikoyat yoki xususiy protest bildirish bilan amalga oshiriladi. Sud muhokamasida chiqarilgan quyidagi ajrimlar ustidan

shikoyat va protest bildirilishi mumkin emas:

—dalillarni tekshirish tartibiga;

— protsess ishtirokchilarining iltimosnomalariga;

— ehtiyot chorasini tanlash, uni o'zgartirish yoki bekor qilishga;

— sud majlisi zalida tartib saqlashga oid ajrimlar.

Bularga qarshi e'tirozlar apellyatsiya shikoyati yoxud apellyatsiya protestiga kiritilishi mumkin.



Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish tartibi.

Birinchi instansiya sudining raisi apellyatsiya shikoyati yoki protesti tushgan ishni yuqori turuvchi sudda ko'rib chiqiladigan kun va joyni belgilaydi. Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish birinchi instansiya sudidagi ish yuritish qoidalari bo'yicha o'tkaziladi. Ish ko'riladigan joy va sana haqida vaqtida xabardor qilingan shaxslarning hozir bo'lmasligi ishni ko'rish va qaror (*chiqarishga monelik qilmaydi. Sud majlisining tayyorgarlik qismida:

1. Raislik qiluvchi qanday ish ko'rilishmi ma'lum qiladi va taraflarning kelgan-kelmaganligini aniqlaydi.

2. Sud tarkibi a'zolarining, prokurorning, sud kotibining, agar tarjimon majlisda ishtirok etayotgan bo'lsa, tarjirnonning hamda himoyachining famliyasi va ismini e'lon qiladi, rad qilish haqida arziar bor-yo'qligini tekshiradi.

3. Raislik qiluvchi hozir bo'lgan protsess ishtirokchilariga ularning apellyatsiya instansiyasida ishni ko'rish chog'idagi huquqlarini tushuntiradi.

4. Raislik qiluvchi hozir bo'lgan taraflardan iltimoslari bor - yo'qligini so'raydi va bildirilgan iltimoslar bo'yicha apellyatsiya instansiyasi ajrim chiqaradi.

Sud majlisining tergov qismi:

1) sudyalardan birining ma'ruzasi bilan boshlanadi. U ishning mohiyati, shikoyat yoki protestning vajlari hamda ularga qarshi bildirilgan e'tirozlarning mohiyatini bayon qiladi;

2) sudga qo'shimcha materiallar taqdim etilgan yoxud sudning o'zi bunday materiallarni talab qilib olgan hollarda raislik qiluvchi yoki sudya ularni o'qib eshittiradi va ishda ishtirok etayotgan shaxslarga tanishish uchun taqdim qiladi;

3) raislik qiluvchi apellyatsiya shikoyati bergan shaxsga, apellyatsiya shikoyati va protesti kimga nisbatan berilgan bo'lsa o'sha shaxsga, ularning himoyachilari va vakillariga, so'ngra esa prokurorga so'z beradi. Agar berilgan apellyatsiya shikoyatlari orasida prokuroniing apellyatsiya protesti bo'lsa, so'z birinchi navbatda unga beriladi;

4) sud taraflarning so'zlarini eshitib, hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirib ko'rishni ta'minlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshiriladigan dalillar hajmini aniqlash to'g'risida; sud majlisiga sudlanuvchini, jabrlanuvchilarni,.guvohlarni, ekspertlar va zarurat bo'lsa, boshqa shaxslarni chaqirish to'g'risida;

sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini saqlab qolish, tanlash, bekor qilish yoki o'zgartirish to'g'risida qaror qabul qiladi;

5) sud sud majlisiga chaqirilgan sudlanuvchini, guvohlarni, jabrlanuvchilarni so'roq qilish yo'li bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek. taraflarning iltimosi bo'yicha harnda o'zining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga oid boshqa materiallarni o'qib-eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish

tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi;

6) birinchi instansiya sudida so'roq qilingan guvohlar, agar sud taraflarning iltimosi bo'yicha yoki o'zining tashabbusi bilan ularni chaqirishni zarur deb topgan bo'lsa, apellyatsiya instansiyasi sudida so'roq qilinadilar;

7) taraflar yangi guvohlarni chaqirish, ekspertiza o'tkazish, ularga birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirib ko'rish rad etilgan ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish to'g'risida iltimos qilishga haqiidir. Arz qilingan iltimoslarni hal etish JPK ning 438- moddasi qoidalari asosida amalga oshiriladi, bunda apellyatsiya instansiyasi sudi iltimos birinchi instansiya sudida qanoatlantirilmagan degan asosda iltimosni qanoatlantirishni rad

etishga haqli emas;

8) dalillarni tekshirish tugagach, sudya taraflardan sud tergoviga qo'shimcha qilish haqida iltimoslari bor-yo'qligini surishtiradi, sud bu iltimoslarni hal etadi.

Shundan so'ng, sud taraflarning muzokarasiga o'tadi. Sud muzokaralari tamom bo'lganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga, agar u ishtirok etayotgan bo'lsa, oxirgi so'z beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi. Sud quyidagi ajrimlarni chiqarishga haqli:


  1. birinchi instansiya sudining hukmini o'zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;

  2. birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmni chiqarishga;

3) birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va ishni tugatishga;

4) birinchi instansiya sudi hukmini o'zgartirishga;

5) birinchi instansiya sudining hukmni bekor qilish va JPK ning 419- moddasi birinchi qismida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha ishni qo'shimcha tergov yuritish uchun yuborishga;

6) birinchi instansiya sudining hukmini yoki ajrimini bekor qilish va ishni yangitdan sudda ko'rish uchun yuborishga haqli.


Mavzu bo’yicha nazorat savollari va topshiriqlar:

  1. Apellyatsiya, kasatsiya va nazorat tartibida shikoyat bildirish hamda protest keltirish huquqiga ega bo’lgan sub’yektlarni sanab bering.

  2. Apelyatsiya instansiyaning ahamiyatini bilasizmi.

  3. Apelyatsiya instansiyada qanday tartibda ish yurtidi.

  4. Apelyatsiya instansiya sudining ajrimi haqida so’zlang.

  5. Kasatsiya instansiyaning o’ziga xos hususiyatlari haqida so’zlang.




Aim.uz


Каталог: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa