Bog'liq AHOLINING TURMUSH DARAJASI KO’RSATKICHLARI
Nisbiy kambag‘allik chegarasi. Qashshoqlik nafaqat mutloq, balki nisbiy tushunchadir. Odamlar o‘z iste’mol darajasini tegishli nazorat guruhidagi boshqa odamlar bilan taqqoslaganda o‘zlarining holatini sub’yektiv ravishda yomon baholashlari mumkin. Bu nisbiy mahrumlik tushunchasi tufayli odamlar o‘z mamlakatlari yoki jamoalaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan shaxsiy daromadlari yoki iste’mollar darajalariga ahamiyat berishadi. Nisbatan kambag‘allik chegarasini oddiy ijtimoiy- iqtisodiy faoliyatda munosib ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy integratsiya xarajatlari sifatida ham izohlash mumkin. Nisbiy kambag‘allik chegarasini qo‘llash Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Bu holda kam ta’minlanganlar sifatida mamlakatda eng kam iste’mol qiluvchi 25% odam tushuniladi.