Аҳоли турмуш даражаси


O‘zbekistonda minimal iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdorni hisoblash tartibi



Download 0,52 Mb.
bet19/23
Sana31.12.2021
Hajmi0,52 Mb.
#216721
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
AHOLINING TURMUSH DARAJASI KO’RSATKICHLARI

O‘zbekistonda minimal iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdorni hisoblash tartibi

O‘zbekistonda “minimal iste’mol savati” va “kun kechirish uchun eng kam zarur miqdor” tushunchalari joriy qilinadi va ularni hisoblash tasniflari aniqlanadi. Bu haqda Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasiga qo‘yilgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida minimal iste’mol savati va eng kam miqdordagi iste’mol savatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjatda ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, mazkur tashabbus 1 iyulgacha amalga tatbiq etilishi rejalashtirilmoqda. Loyihani Iqtisodiyot vazirligi taqdim etgan.

Rejaga ko‘ra, 2021 yilga borib eng kam ish haqi miqdori tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorga nisbatan 100 foizga yetkaziladi. Pensiyalar va nafaqalar esa 2025 yilgacha tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor doirasida 100 foizga yetkaziladi.

Hujjatda qayd etilishicha, birinchi navbatda hozirgi kundagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati va iste’mol qilishning kunlik o‘rtacha minimal tibbiy me’yorlari bugungi iste’mol darajasiga mos kelmaydi.

Ikkinchidan, eng kam iste’mol savatchasi va eng kam miqdordagi iste’mol savatining qiymati va tarkibi haqida jamoatchilikni xabardor qilish uchun ochiq va oshkora mexanizm yo‘q. Uchinchidan, hisob-kitob qilishning metodologiyasi yo‘q va to‘rtinchidan, aholining ayrim qatlamlari pensiya, nafaqa va to‘lanadigan ish haqining miqdoridan norozi.

Shu nuqtai nazardan, vazirlik to‘la-to‘kis va sog‘lom ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatlanishning o‘rtacha bir kunlik minimal tibbiy me’yorlarini tayyorladi.

Asosiy ijtimoiy-demografik guruhlar (bolalar, mehnatga layoqatli aholi, pensionerlar) uchun bir sutkalik oziq-ovqat mahsulotlari qiymati oziq-ovqat mahsulotlari iste’molining o‘rtacha bir sutkalik normativini bir oylik o‘rtacha iste’mol narxlari haqidagi tegishli ma’lumotlarga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi.

Umumiy hamda asosiy ijtimoiy-demografik guruhlar bo‘yicha aholi uchun minimal iste’mol savati qiymati oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar to‘plami narxini jamlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Kun kechirish uchun zarur miqdor qiymati minimal iste’mol savati hamda majburiy xarajatlar va yig‘imlar narxini jamlash bilan aniqlanadi.

Minimal iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdor qiymatlari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan oylik asosda kelasi oyning 15-sanasigacha hisoblab chiqiladi.



XULOSA
Turmush darajasi deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik hamda ularni iste’mol qilish darajasi tushuniladi.

Millat (aholi)ning farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush tarzi", "mehnat faoliyati sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar qo‘llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o‘rtasidagi farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. SHu bilan birga, mazkur tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligini qayd etish lozim.

Minimal iste’mol byudjeti – shaxsning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ma’naviy ehtiyojlar iste’molining ijtimoiy asoslangan minimal darajasini ta’minlaydigan iste’mol tovarlari va xizmatlari turlarining qiymati.

Kambag‘allik ko‘rsatkichi aholining turmush darajasini baholash uchun foydalaniladigan mezonlardan biridir. Jahon amaliyotida kambag‘allik darajasini ta’riflashga yondashishda uchta asosiy konsepsiya: mutlaq, nisbiy va sub’ektiv kambag‘allik konsepsiyasidan foydalaniladi.

Mutlaq kambag‘allik konsepsiyasi shaxs yoki oqilona minimal hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan daromadni ta’riflashga asoslanadi. O‘zbekistonda insonning minimal ehtiyojlarini ta’riflash uchun shunday tirikchilik minimumi belgilanganki, uni hisoblab chiqishda kaloriyalar, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar zaruriy iste’molining fiziologik me’yorlaridan foydalaniladi.

Iqtisodiy adabiyotlarda «daromad» tushunchasi ishlab chiqarilgan mahsulot narxining mahsulotni ishlab chiqarish sarf-xarajatlaridan oshishi deb, shuningdek, har bir sinf, ijtimoiy guruh yoki alohida shaxsning yangi yaratilgan qiymatda mavjud bo‘lgan va uning tomonidan o‘zlashtirilgan ulushi deb tushuniladi.

Aholi daromadlari nominal va real ko‘rinishda bo‘ladi. Nominal daromadlar - pul ko‘rinishida olingan daromadlardir. Real daromadlar iste’mol narxlarining indeksiga qarab tuzatilgan joriy davrdagi nominal pulli daromadlardir.

Uy xo‘jaligi - bitta xonadonda yashaydigan, o‘zining barcha daromadlari va moddiy boyliklarini (yoki ularning bir qismini) birlashtirgan va tovarlar hamda xizmatlar iste’moliga, asosan turar joy va oziq-ovqat mahsulotlariga sarf-xarajatlarni birgalikda amalga oshiradigan shaxslar guruhi (yoki bir shaxs)dir.

    O`zbekistonda gender statistikasi bo`yicha ma`lumotlarni yig`ish bir qator manbalarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Jinsiy guruhlar, aholini ro`yxatga olish va statistik kuzatuvlar bo`yicha mavjud ma`muriy hisobotlarga qo`shimcha ravishda, ko`p ko`rsatkichli klaster kuzatuvi (MICS), hamda DHS, LSS va uy xo`jaliklari kuzatuvi asosida shakllangan ma`lumotlar mavjud.

Xalqaro tashkilotlarning jamiyatda ayollar va erkaklarning holatini taqqoslama tahlil qilishga imkon yaratadigan yangi ko`rsatkichlarni ishlab chiqish, ularni yuritish va tizimlashtirishga yo`naltirilgan tavsiyalari inobatga olingan. Mazkur ishlar jamiyatni demokratlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish bilan shart qilingan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yangi jihatlarini xolisona aks ettirishga yo`naltirilgan, milliy statistika sohalarini rivojlantirishning bir qismi sifatida amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizning eng katta boyligi — insonlar hisoblanadi. Shu bois davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida aholining yashash darajasini yuksaltirish, har bir yurtdoshimizning baxtli hayot kechirishini ta'minlash maqsadi yotibdi. Shu ma'noda O‘zbekistonda keyingi yillarda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar inson manfaatlariga xizmat qilmoqda. Ammo oldinda qilinajak ishlar bir dunyo. Davlatimiz rahbari yaqin kelajak uchun belgilab berayotgan qator muhim chora-tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mamlakatimizning Inson taraqqiyoti indeksida ko‘zlangan pog‘onaga ko‘tarilishini kafolatlaydi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shiddati esa ushbu orzumizning haqiqatga aylanishiga bizni ishontirmoqda.




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish