Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


 - rasm. Aholini ro‘yxatga olish vazifalari



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

2.3. - rasm. Aholini ro‘yxatga olish vazifalari 
 
Demografik  jarayonlarni  doimiy  ro‘yxatga  olib  borish  aholini  hisobga 
olishning  muhim  turlaridan  bo‘lib,  bu  jarayon  asosan  fuqarolik  holati 
dalolatnomalarini  yozish  organlari  tomonidan  bajariladi.  Bu  tashkilotlar  tug‘ilish, 
o‘lim,  nikoh  va  ajrimlar  holatlarini  doimiy  ravishda  qayd  etib,  ro‘yxatga  olib 
boradilar.  O‘zbekistonda  fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  yozish  (FHDYO) 
organlari tuman, viloyat, shaharlar doirasida tashkil etilgan va ularda tug‘ilganlar, 
o‘lganlar, qayd etilgan nikohlar, ajrimlar, ularning aniq sanalari va shaxslari haqida 
to‘la  ma’lumotlar  doimiy  qayd  etilib  boriladi.  Umuman  demografik  jarayonlarni 
ro‘yxatga  olish  dasturidagi  savollarni  ikki  guruhga  ajratish  mumkin.  Birinchi 
guruhga jarayonlar manzili, sodir bo‘lgan va qayd etilgan vaqti, ikkinchi guruhga 
esa  jarayon  o‘tgan  shaxslar  haqidagi  savollar  kiritiladi.  Masalan,  tug‘ilishni 
ro‘yxatga  olishda-chaqaloqni  otasi,  onasining  millati,  yoshi,  ish  joyi  kabi 
ma’lumotlar ham qayd etiladi.  
Nikoh  jarayonini  ro‘yxatga  olishda  ham  nikohga  kiruvchilarning  millati, 
yoshi  va  ijtimoiy  holati  haqida  ma’lumotlar  ko‘rsatiladi.  Ushbu  ma’lumotlar 
asosida  juda  ko‘p  ko‘rsatkichli  jadvallar  tayyorlanadi.  Ana  sunday  jadvallarga 
tug‘ilganlarni  onasining  millati,  yoshi,  otasining  millati,  yoshi  bo‘yicha 


 
43 
taqsimlanishi,  vafot  etganlarning  hududlar,  millatlar,  yosh  guruhlari  bo‘yicha, 
nikoh,  ajrimlarni  ham  ana  Shu,  holatlar  bo‘yicha  taqsimlanishini  misol  qilish 
mumkin. 
Aholi  migratsiyasi  davlatlarning  maxsus  militsiya  organlarida  muntazam 
hisobga  olib  boriladi.  Ularda  migratsiyada  ishtirok  etgan  shaxsni  demografik  va 
ijtimoiy  holatini  ifodalovchi  ma’lumotlar  bilan  birga,  kelish  va  ketish  sabablari 
manzillari haqida ham ma’lumotlar qayd etiladi. Aholini doimiy ro‘yxatga olishda 
ishonchli  va  to‘la  ma’lumotlar  bo‘lishi  muhimdir.  Chunki,  ushbu  ma’lumotlar 
asosida  har  bir  hududning  demografik  holati,  rivojlanishi  o‘rganiladi,  qator 
ijtimoiy-iqtisodiy  muammolar  echimi  ishlab  chiqiladi.  Shuning  uchun  har  bir 
demografik  jarayonni  o‘z  vaqtida  qayd  etilishi  maxsus  qonunlar  orqali  nazorat 
etiladi.  
Aholi  ro‘yxati  va  aholini  doimiy  hisobga  olish,  har  birini  to‘ldirib  aholi 
haqida to‘la ma’lumot olishga imkonini beradi, lekin ularni farq etuvchi tomonlari 
ham  mavjuddir.  Aholi  ro‘yxati  ma’lum  muddatlarda  (aksariyat  holatlar-10  yilda) 
maxsus  tashkilotlar,  mutaxassislar  tomonidan  va  bir  vaqtda  o‘tkaziladi.  Aholini 
doimiy hisobga olishda esa qonun bo‘yicha belgilangan muddatda aholining o‘ziga 
tegishli tashkilotlarga kelib, demografik jarayonlarni qayd ettiradilar.  
Aholi  soni  va  tarkibidagi  o‘zgarishlarni  muntazam  aniqlab  borishda  aholi 
ro‘yxati ma’lumotlari asosdir. Ma’lum yilda aholi ro‘yxati o‘tkazilib aholi soni va 
tarkibi haqida aniq ma’lumot olinadi. Undan keyingi yildagi aholi soni va tarkibini 
aniqlash  uchun  shu  yilda  tug‘ilganlar  va  ko‘chib  kelganlar  sonini  ro‘yxatda 
aniqlangan  aholi  soniga  qo‘shib,  vafot  etganlar  va  ko‘chib  ketganlar  sonini  esa 
ayirib tashlanadi. Ana shunday uslub bilan navbatdagi aholi ro‘yxati o‘tkazilgunga 
qadar har yil uchun aholi soni va tarkibi haqida ma’lumotlar aniqlanadi. 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish