Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


 Qishloq aholi manzilgohlarini o‘lchami bo‘yicha tavsiflash



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

 
14.2. Qishloq aholi manzilgohlarini o‘lchami bo‘yicha tavsiflash 
 
O‘tgan  asrning  ikkinchi  yarmidayoq  qishloqlarda  ishni  tashkil  etish 
maqsadida  G‘arbda  nemis  geograflari  V.Kristallyor  va  A.Lyosh  “markaziy 
o‘rinlar” g‘oyasini o‘ylab topishgan edi. Ularning g‘oyasiga binoan, shu rayondagi 
boshqa barcha aholi manzilgohlarini xizmatlar va mahsulotlar bilan ta’minlaydigan 
aholi  manzilgohi  markaziy  o‘rinda  bo‘lishi  lozim.  Eng  kichik  markaziy  joy,  deb 
aholisi  1000  kishidan  iborat,  kunlik  ehtiyoj  uchun  kichik  bozor,  militsiya 
uchastkasi,  mayda  ustaxonalari  bor  posyolkani  hisoblashdi.  Navbatdagi  yirikroq 
markaziy  joyda  bank,  boshlang‘ich  maktab,  kutubxona,  ixtisoslashgan  do‘konlar 
joylashadi.  Har  bir  keyingi  markaziy  joy  bajaradigan  funksiyasiga  ko‘ra  eniga  va 
bo‘yiga  kengayib  boravyeradi  yoki  bu  aholi  manzilgohlarida  turli  soha  va 
tarmoqlarning murakkab tizimlari o‘rin olgan bo‘ladi. 
Qishloq 
aholi 
manzilgohlarini 
klassifikatsiyalashganda 
aholiyligi 
ko‘rsatkichidan  foydalaniladi.  S.A.Kovalyov  tomonidan  qishloq  aholi 
manzilgohlari aholiyligiga ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalangan (1963. 36 bet). 
1) aholisi 10 kishidan kam aholi manzilgohlari (yakka hovli, yakka yashash 
joyi);  
2) 100 kishigacha yashovchilari bor kichik aholi manzilgohlari; 
3)  200-500  kishigacha,  bunga  fyermyer  xo‘jaligi,  bir  xo‘jalik  brigadasi 
misol bo‘la oladi; 
4) 1000-2000 aholisi bor qishloq aholi manzilgohi, bular endi nisbatan yirik 
hisoblanadi. Xo‘jalik markazi, qishloq markazi misol bo‘la oladi; 


 
277 
5) 3000-5000 aholisi bor yirik qishloq aholi manzilgohlari. Bularga shahar 
darajasidagi qulayliklarga ega aholi manzilgohlarini kiritish mumkin. 
 
Qishloq  aholi  manzilgohlarini  geografik  tadqiq  etishda  ularda  yashovchi 
aholi soniga, o‘sishi, joylashishi, zichligi va taqsimlanishiga alohida e’tibor berish 
talab  etiladi.  Demografik  jarayonlarni  aholining  mexanik  harakati,  tarkibi  kabi 
xususiyatlarini  ham  tahlil  qilish  aholi  geografiyasining  muhim  vazifalaridan 
biridir.  Aholisining  rivojlanishi  va  joylanishiga  daxldor  jarayonlarni  geografik 
nuqtai-nazardan  o‘rganish  o‘sha  hududdagi  qishloq  aholi  manzilgohlari  ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini belgilash, muammolarini hal etish imkonini beradi. Bundan 
tashqari,  qishloqlar  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishida  ularning  iqtisodiy  geografik 
o‘rni  muhim  o‘rin  tutadi.  Holbuki,  qishloq  aholi  manzilgohlari  aholisi  hayotida 
uning ahamiyati shaharlar singari o‘ta yuqori emas.  
Qishloq aholi manzilgohlari, ayniqsa qishloq xo‘jaligi uchun yer hosildorligi 
alohida  rol  o‘ynaydi.  “Qishloqlar  shaharlarga  nisbatan  tabiiy  sharoit  bilan 
chambarchas  bog‘liq  bo‘ladi.  Modomiki,  qishloq  xo‘jaligi  bevosita  geografik 
sharoit  ta’sirida  rivojlanar  ekan,  uning  qishloqlar  geografiyasiga  ta’siri  ham  hech 
qanday  shubha  qoldirmaydi.  Qolavyersa,  mahalliy  qurilish  matyeriallar-qum, 
shag‘al, ohak, tosh va boshqalar ham qishloqlar qiyofasining shakllanishida muhim 
rol  o‘ynaydi.  Soy  va  boshqa  gidrologik  shahobchalar,  tor  tog‘  vodiylarida 
joylashgan  qishloqlar  uylari  tyerrassasimon,  aholi  manzilgohlari  esa  cho‘zinchoq, 
tasmasimon  hududiy  shaklga  ega  bo‘ladi”
1
.  Umuman  olganda  tabiiy  sharoit 
xususiyatlari, ya’ni suv bo‘ylari, vodiy, demografik sig‘im kabilar qishloqlar katta-
kichikligini belgilovchi omillardan hisoblanadi. 
Qishloq  aholisi  yashashi,  tumush  tarzi,  moddiy  ta’minoti  kabi  masalalar 
bevosita 
yer 
bilan 
chambarchas 
bog‘liq.  Shuningdek,  shahar  aholi 
manzilgohlaridan  farqli  ravishda  qishloqlar  uchun  tabiiy  muhit,  tabiiy  sharoit 
xo‘jalik yuritishi (dehqonchilik, chorvachilik, o‘rmon xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati), 
umuman  qishloq  aholi  manzilgohlari  shakllanishida  yetakchi  omil  hisoblanadi. 
                                                 
1
 Солиев А, Назаров М. Ўзбекистон қишлоқлари (Қишлоқ жойлар географияси).-Т.: “fan va texnologiya”- 
2009. Б.10. 


 
278 
Tabiiy  muhit,  sharoit  qishloq  aholisi  joylanishida,  xo‘jalik  yuritishida,  aholi 
manzilgohi  uchun  joy  tanlanishida  yaqqol  kuzatiladi.  Masalan,  Mirzacho‘lning 
iqlimi,  tabiiy  sharoiti  dehqonchlik,  xususan  paxtachilik  va  polizchilik  uchun 
qulayligi,  aholini  hududiy  tashkil  etishga  sabab  bo‘ldi,  natijada,  qishloq  aholi 
manzilgohlari  shakllandi,  rivojlandi.  Qolavyersa,  qadimdan  aholi  suv  bo‘ylarida, 
yashash  uchun  qulay  joylarda  o‘rnashganligi,  tabiiy  sharoiti  yaxshi  hududlarda 
turli  kattalikdagi  aholi  manzilgohlarining  tarkib  topishiga  va  to‘planishiga  olib 
kelgan. 
Yuqorida  aholisining  soniga  qarab  qishloq  aholi  manzilgohlari  tabaqalarga 
ajratilgani hamma vaqt va hamma joyda bir xil degani emas. Qolavyersa, bunday 
tabaqalanish  bugungi  qishloq  aholi  manzilgohlari  talabiga  javob  byermaydi. 
Sababi, 10 kishigacha bo‘lgan aholi manzilgohi hozir deyarli uchramaydi. Odatda, 
ovchilik, qoramolchilik kabi tarmoqlarda aholi tarqoq holda joylashishi kuzatiladi. 
Bunday  aholi  manzilgohlaridagina  yashovchilar  soni  10  kishigacha  boradi.  Shu 
boisdan, boshqa adabiyotlarda qishloq aholi manzilgohi aholisining quyi chegarasi 
200,  ayrimlarida  500  kishi,  deb  qabul  qilingan.  Barcha  hollarda  ham 
tabaqalashtirish  qishloq  aholi  manzilgohlari  sharoitlaridan  kelib  chiqqan  holda 
amalga  oshiriladi.  Jumladan,  qishloq  aholi  manzilgohlarini  ularning  katta-
kichikligiga qarab quyidagi sinflarga (klasslarga) bo‘lishimiz mumkin: 
kichik - aholisi 200 kishigacha; 
o‘rta - 201 – 500 kishigacha; 
katta - 501 – 1000 kishigacha; 
yirik  –  1001  kishi  va  undan  ko‘p.  Bizning  respublikamiz  qishloqlarining 
aholiyligi ham aynan shu mezonga birmuncha mos keladi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo‘mitasi  ma’lumotlariga  ko‘ra, 
2018  yilda  11831  ta  qishloq  aholi  manzilgohlari  bo‘lgan,  ulardagi  aholi  soni 
17374,0  ming  kishini  tashkil  etgan.  Mazkur  qishloq  aholi  manzilgohlarining  54 
foizi  kichik,  o‘rta  va  katta  qishloqlardan  iborat,  qolgani  yirik  qishloqlardir. 
Mamlakat  qishloq  aholisi  demografik  salohiyatining  yildan-yilga  ortib  borishi 
qishloqlarning tobora yiriklashuviga, ular orasidagi masofalarning yaqinlashishiga, 


 
279 
kichik va mayda qishloqlarning qo‘shilib kyetishiga olib kelmoqda. Bu esa katta va 
yirik  qishloqlar  miqdori  ortishiga  sabab  bo‘ladi.  Kelajakda  qishloq  aholi 
manzilgohlarini  shahar  aholi  manzilgohlariga  nisbatan  alohida  olib  tadqiq  qilish 
dolzarb  masaladir.  Binobarin,  aksariyat  qishloqlar  nafaqat  mahsulot  etkazib 
byeruvchi,  balki  uni  qayta  ishlovchi,  xizmat  ko‘rsatuvchi  vazifalarni  ham 
bajarilishini unutmaslik lozim.  

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish