"Yo birodarlar, bu holim Yor ishi!" –
Deyman-u, oshiq bilan kim bor ishi?
Yozdim anga noma: "Ko‘ngil yozgali
Qo‘ymading", – jonona deydi: "Bori – shu!"
Ahli ushshoq mahramin oydin so‘rur,
Tun – visol anga, jabr – kun yorishi.
Lablarin g‘uncha dedim. Lab – g‘unchalab
Tegsa derdim. Tegdi xor – ozor ishi.
Qomatim dol, ulfatim hajru alam,
Yoqdi yoqo yengni yoshga qorishi.
Yor qaror bergay visolning onig’a,
Shul sabab Anvarni bekor nolishi.
***
Ul qiyolab kunda sori kunda boshim keltirur,
Keltirur chog‘i nafaslab ul tomon, jim keltirur.
Unga jon bermak – faxr. Dov bermagay dil xohishi,
Men faqirni undan o‘zga kundaga kim keltirur?
Men dedim: -Bir qatra may ber dil ufqqa sachramay,
“Xo‘p”, dedi zum ketdiyu hovuchida lim keltirur.
Do'stlaringiz bilan baham: |