JAN BATIST LAMARK Fan tarixida odamning tabiiy yo`l bilan paydo bo`lganligini birinchi bo`lib aytgan va uni isbotlashga uringan mashhur fransuz olimi Jan Batist Lamark hisoblanadi. U dastlabki odamlar daraxtlardagi shoxdan – shoxga ko`chib yuruvchi maymunlarning erda yurishga o`tgan ajdodolaridan kelib chiqqan degan fikrni ilgari surgan. Lamark uqtirishicha maymunlarning tik xolda yurishga o`tishi tananing o`zgarishiga va to`g`rilanishiga olib kelgan. To`da-to`da bo`lib hayot kechirish esa nutqni rivojlantirgan. Odamning paydo bo`lishini Lamark muhitning o`zgarishi bilan maymunlarning talab istagini o`zgarishi, organlarning mashq qilish va qilmasligi bilan tushuntirgan.
CH.DARVIN Odamning paydo bo`lish muammosini hal etishda evolyutsion ta‟limotning asoschisi CH.Darvinning 1859 yil nashr qilingan “Turlarning kelib chiqishi” asari muhim o`rin tutadi. Qayd etilgan asarda olim organik olamning harakatlantiruvchi omillari bo`lmish irsiy o`zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish g`oyasi yaqin o`rtada odamga ham tatbiq etilishini bayon etgan. Bu bilan cheklanib qolmay, 1871 yili “Odamning paydo bo`lishi va jinsiy tanlanish” maxsus asarini nashr ettirgan. Darvin ushbu asarida yer yuzida odamning paydo bo`lishi tasodifiy xodisa bo`lmay, balki hayvonot dunyosining million yillar davom etgan tadrijiy taraqqiyoti natijasi ekanligini asoslab bergan. U odamlarni hayvonlarga o`xshashligini solishtirma anatomiya, morfologiya, embriologiya, paleontologiya, biogeografiya dalillariga tayangan holda isbotlab berishga harakat qilgan. Darvin dastlabki odamlar ehtimol kaynazoy erasining uchlamchi davrida yashab so`ng qirilib ketgan maymunlardan kelib chiqqan bo`lishi mumkin degan.
ANTROPOLOGIK ILMIY JAMIYATINING TASHKIL QILINISHI 1859-yili Parijda Antropologik ilmiy jamiyat tuzildi va Antropologik muzey tashkil etildi. Antropologik jamiyat 1963-yili Londonda, 1964-yili esa Moskvada, shuningdek, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham tashkil etildi.
Parijdagi Antropologiya Insituti
O’ZBEKISTONDAGI TADQIQOTLAR Arxeologlar va antropologlar olib borgan tadqiqotlar natijasida 1935 yil Surxondaryo viloyatining Bo`ysun tog`idagi Teshiktosh g`oridan neandertal bolaning, 1950 yillarda Farg`ona vodiysi xududida Chashma, So`x, Selengur, Toshsan manzilgoxlarida 1,5 yarim million yillar oldin yashagan eng qadimgi odamlarni (Nomo erektus - tik yuruvchi) odamining suyak qoldiqlari 2003 yili Toshkentdan 100km uzoqdagi Obi Raxmat g`oridan 50 ming yil muqaddam yashagan odamning suyak qoldiqlari topildi. Hozirgi vaqtda ham Respublika Fanlar akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti O`rta Osiyo Davlat Universitetining arxeologiya kafedrasi ilmiy xodimlari tomonidan O`zbekistonning turli hududlarida arxeologik, antropologik tadqiqotlar olib borilmoqda.
ANTROPOLOGIYANING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
ANTRAPOLOGIYANING TADQIQOT METODLAR
ANTROPOMETRIYA Bu usul yordamida odamning tana og`irligi, kalla suyagining hajmi, qo`l, oyoq, umurtqa pog`ona ko`krak qafasining shakli, hajmi va boshqalar o`rganiladi.
TAQQOSLASH USULI Bu usul yordamida qazilma xoldagi maymunlar, xozirgi davrdagi ularning vakillarini gavda tuzilishi, eng qadimgi, qadimgi, xozirgi zamon qiyofasidagi odamlarni tashqi qiyofasi kalla, qo`l oyoq, tana suyaklarining shakli ular o`rtasidagi o`xshashlik va tafovutlar aniqlandi.
KRANIOLOGIYA Bu usul kalla suyagining tuzilishini o‟rganadi.
OSTEOLOGIYA Suyak tuzilishi va skeletni o`rganish
ODONTOLOGIYA Tish sistemasini o`rganish
DERMATOGLIFIKA Terining tuzilishini o`rganadi
ANTROPOLOGIYANING YANGI SOHALARI Rossiyalik antropologlarning ko‘pchiligi antropologiya fanini biologik fanlar sistemasiga kiritadilar. G‘arbiy Evropa va AQSH olimlari esa antropologiyani gumanitar fanlar qatoriga kiritadilar. Ularning talqinicha odamning ijtimoiy madaniy hayoti anatomiya, fiziologiyasi antropogenezni tarkibiy qismlari sanaladi. Fransuz olimlarining ta’kidlashicha antropologiya ijtimoiy fan hisoblanadi, chunki odam hayotining moddiy va manaviy tomondan o‘rganadi. Inglizlar esa antropologiya ko‘p sohalardan antropobiologiya, sotsiologiya, tarixgacha bo‘lgan arxeologiya va etnolingvinitistikalardan iboratligini e’tirof etadilar. Mana shunday bahslar oqibatida antropologiyaning yangi soxalari paydo bo‘lgan
YURIDIK ANTROPOLOGIYA Yuridik antropologiya - u har xil tarixiy davrlarda yashagan odamlarning qoldirgan og`zaki va yozma ma‟lumotlarini taxlil qilish orqali ijtimoiy hayotini yuridik asoslari ya‟ni odamlarning o`sha davrdagi burchlari, xuquqlari haqida taasavur xosil qiluvchi fandir.
SOTSIAL ANTROPOLOGIYA Odam faqat uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot mobaynida faqat biologik omillar ta‟sirida paydo bo`lmay, bu jarayonda ijtimoiy omillarning roli ham nihoyatda zarur bo`lgan. Shu sababdan ham antropologiya fani fanlar sistemasida tutgan o`rni olimlar orasida turli baxslarni avj olishiga sababchi bo`lmoqda. Sotsial antropologiya esa qadimgi odamlarni hayot kechirish shakllari to`da, guruh bo`lgan jamoa oila bo`lib yashash ular ichidagi va orasidagi munosabatlarni o`rganuvchi fandir.
PEDAGOGIK ANTROPOLOGIYA Pedagogik antropologiya turli yoshdagi odamlar (ham o`quvchi ham o`qituvchi) bilan olib boriladigan ta‟limtarbiyani atrofidagi ijtimoiy muhiti bilan bog`liq holda o`rganuvchi fan bo`lib, u pedagogika fanining tayanchi sanaladi.
Inson organik olamning eng kenja farzandi shu bilan birga mo``jizasi bo`lib, uning qanday shakllanganligini o`rganish ham biologik ham gumanitar ijtimoiy fan oldida turgan hal etilishi lozim bo`lgan muammolarning eng yirigi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |