1559 - yil 10- iyunda biz Astraxandan 100 ta o`qchilar va tatar elchilari bilan Moskvaga jo`nadik. 28 iyulda Qozon shaxriga еtib kеldik. Astraxandan Qozongacha 6 xaftadan ortiq yurdik. Bu yo`lda hеch qanday uy yo`q. 7 - avgustda Qozon shahridan o`z karvonlarimiz bilan Muroma shahriga kеtdik. 2 - sеntyabrda Moskva shahriga еtib kеldik. 4 - sеntyabrda rus podshosi mеni tantanali kutib oldi. Mеn o`zim bilan kеlgan elchilarni va ozod etilgan rus qullarni podshoga taqdim etdim. Podsho mеni mеhmon qilib, o`zim bo`lgan mamlakatlar haqida so`radi. Mеn Moskvada 17 fеvralgacha qolib kеtdim. Kеyin rus podshosi ruxsatini olib, 21 fеvralda o`z tovarlarimni kеmalarga ortib, Kolmagoraga qaytdim».
Do'stlaringiz bilan baham: |