Ommabop antivirus mahsulotlari haqida gapirganda, aytib bo'lmaydi bepul antivirus COMODO. Ehtimol, bu eng kuchli antivirus mahsuloti emas, ammo uning asosiy ustunligi shundaki, u butunlay bepul. U uyda ham, korxonada ham bepul ishlatilishi mumkin. Bepul bo'lishiga qaramay, antivirus COMODO vositalarining etarlicha ta'sirchan doirasini taqdim etadi.
COMODO shuningdek pullik xavfsizlik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Ushbu kompaniyaning pullik antiviruslaridan eng qudratlisi, hatto katta ishlab chiqarishda yoki idorada ham xavfsizlik uchun javob beradigan Comodo Internet Security Complete hisoblanadi.
3.3.ANTIVIRUS DASTURLARNI O’RNATISH VA SOZLASH
Operatsion tizimni turli virus va hujumlardan himoya qilish maqsadida turli antiviruslar mavjud. To'g'r bular sizni butunlay himoya qila oladi demaymiz lekin ma'lum darajada operatsion tizim xavfsizligini ta'minlay oladi. Bunday antivirus dasturlar juda ko'p bo'lib ularning mashhurlaridan misol sifatida ko'rsak, Kasperskiy, Doctor Web, Eset Nod32, Avast kabi antiviruslarni ko'rishimiz mumkin. Bugun biz Eset Nod32 Antivirusining o'rnatish va ish prinsipini ko'rib chiqamiz.
Antivirus dasturini o‘rnatish uchun uning o‘rnatiluvchi paketini tanlaymiz
So'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi. Bunda biz quyidagilarga e'tibor qaratishimiz kerak:
1. Agar buni belgilasak dastur o'rnatilayotgan vaqtda agar sizda internet mavjud bo'lsa, yangilangan versiyani birdaniga o'rnatib ketiladi;
2. Bu tugma keyingi oynaga o'tish uchun bosiladi.
Bu ochilgan oynada biz antivirusdan foydalanish litsenziyasini qabul qilgan holda davom etamiz. Qabul qilish uchun «Я принимаю» tugmasini bosamiz
Endi ba'zi sozlamalarni sozlab olamiz. Ular quyidagilar:
1. Bu bo'lim ishlash prinsipi bizdagi shubhali bo'lgan ya'ni virus deb ko'rmaydigan lekin hatti harakatlari virusga o'xshashni boshlaydigan dasturlar haqida ma'lumot yig'adi va buni antivirusning viruslarni o'rganuvchi bazasiga yuboradi. Agar bunday funksiya ishlamasligini xoxlasangiz buni o'chirib qo'yishingiz mumkin;
2. Kompyuterning ba'zi dasturlari bo'lib, ular virus hisoblanmaydi lekin tarkibida ba'zi funksiyalar virus ko'rinishida bo'lishi yoki kompyuterga o'rnatilgandan so'ng uni sekinlashuviga yoki xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin shu kabilar haqida ogohlantirish olishni xoxlasak buni belgilash kerak.
Bulardan o'tganimizdan so'ng " Установка" tugmasini bosamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |