Antik davr faylasuflari Aflotun, Suqrot, Arastu asarlarida
adolatli jamiyat g`oyalari
Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab, asta-sekin jismoniy va intellektual (aqliy) jihatdan takomillashib bordi. Odamzotning jamiyat bo‘lib yashashi uchun ma'naviy madaniyat kerak edi. Ana shu ehtiyojlar sababli hozirgi odam (Homo sapiens)da axloq normalari shakllanib bordi. Fuqarolik jamiyati tushunchasi insoniyatning asrlar davomida shakllangan tafakkur mahsulidir.Natijada dunyoning turli mintaqalarida vujudga kelgan odamlar jamoasida “ruxsat” va “ta’qiq” tizimi shakllandi.
Diniy dunyoqarashning shakllanishi tufayli ruxsat va ta’qiqlar o‘rniga “savob” va “gunoh” haqidagi tushunchalar tarkib topdi. Insonlar jamoasining keyingi uch ming yillik ma'naviy madaniyati ana shu qarashlar doirasida takomillashib bordi.
Fuqarolik jamiyati ta`limoti qadimgi yunon falsafasi bilan uzviy bog`liqdir. Xususan Platonning “Davlat” asarida jamiyatning shaxsiy va ijtimoiy hayotini bir-biridan ajratishni o`zigina emas balki unga hozirgidek qarashni nazarda tutib o`tgan. Platon murakkab ijtimoiy-siyosiy muhitda yashaganligi sababli ideal davlat qurilishi orzusida yashagan.Uning ezgulik asosiga qurilgan ideal davlat tuzumi quyidagi fazilatlarga ega bo`lishi lozim edi:
1)donishmandlik;
2) jasorat
3)har ishda me`yor
4)adolat.
Fuqarolik jamiyati ta`limotiga oid keyingi izlanishlarni Platonning shogirdi Aristotel davom ettirgan.Aristotel ustozining izidan borib, mukammal jamiyat g`oyasini ilgari suradi. Biroq uning qarashlari Platonnikidan farqli o`laroq ko`proq siyosiy qarashlardan iborat edi. Aristotel o`z qarashlarni amaliy jihatdan ham tahlil qilib bordi va uning qarashlari boshqalarnikiga qaraganda mukammalroq ekanligi ravshanlashdi.
Jumladan u insonlarni xususiy mulkka egalik qilishi haqidagi g`oyalarni ilgari surdi, chunki xususiy mulk insonlar o`rtasidagi munosabatning asosi hisoblanadi. Shuningdek o`zining “Siyosat” asarida jamiyatning sotsial strafikatsiyasi haqida ham fikr bildirib o`tgan. Aristotel, eng yaxshi hayot tarzi haqidagi ta’limot bevosita davlat tuzilishi va siyosatining maqbul shakliga bog‘liq, deya ta’kidlaydi. Ungako‘ra, ezgulik aniq-maqsad va unga doimiy intilish bilan birga amalga oshiriladi. Ezgulik tug‘ma sifat bo‘lmasdan, unga ta’lim-tarbiya va mehnat orqali erishiladi. Aristotel adolatsizlik deganda qonunni buzuvchilar, va barchaga teng munosabatda bo‘lmaydigan kishilarni tushunadi. Qonunga yarasha ish qiladigan, barchaga bir ko‘zda qaraydigan kishilarni adolatli deb hisoblaydi. Uning fikricha, barcha kishilar tenglikka amal qilishi lozim. Aristotelning buyuk xizmati shundaki, u ilk bor erkinlikka intilish - insonga xos tug‘ma xususiyat ekani va bu hol uning o‘zligini anglashi, yuksak maqsadlar va ezgu amallar sari xatti-harakatlari bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidlaydi.
Qadimgi yunon faylasufi Suqrot esa qonunlarni davlatning poydevori, inson va jamiyat hayotining, yashash tarzining kafolati sifatida ko‘rgan. Suqrot o‘z ta’limotini og‘zaki ravishda ko‘cha-ko‘yda, maydonlarda, hiyobonlarda o‘z shogirdlari va izdoshlari bilan suhbatlarda bayon qilgan, lekin bironta ham asar yozmagan. Suqrot ta’limoticha, axloq masalalari jamiyatda ustuvor bo‘lishi lozim. Suqrot inson bilimining cheksizligi, haqiqatning nisbiyligi, olamning bepoyonligini anglab yetgan.
Suqrotning nuqtai nazariga ko`ra, inson faoliyati uning yaxshilik, savob, oriyat, insof haqidagi tushunchalari mazmunidan iborat bo`lib, bu tushunchalarni shaxs qanday tushunishi katta ahamiyatga ega. Shunday ekan inson faoliyatini yaxshilash uchun uning fe`l atvorini va tarbiya to`g`risidagi qarashlari, tushunchalarini tartibga solish zarurdir.
Sivilizatsiyaning barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish insonlarning eng asosiy maqsadlaridan biri edi. Fuqarolik jamiyatining ildizini ya`ni kelib chiqish tarixiga oid manbalarni har kim turlicha tahlil qiladi ba`zilar u yevropada paydo bo`lgan desa yana kimdir uni ildizini Sharqqa tutashganini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |