5.2.3.2.- Jadval.
Adrenergik va xolinergik innervatsiyaning yurakka bo‘lgan ta’siri.
Yurak bo‘limi
|
Parametr
|
Adrenergik stimullar
|
Xolinergik stimullar
|
Sinus-bo’lmacha tuguni
|
Yurak qisqarishlari chastotasi
Avtomatizm
Samarali refrakter davr
O‘tkazuvchanlik tezligi
|
Oshishi
Oshishi
Qisqarishi
Oshishi
|
Qisqarilishi
Tushishi
Qisqarishi
Kamayishi
|
Bo’lmacha mushaklari
|
Avtomatizm
Samarali refrakter davr
O‘tkazuvchanlik tezligi
Qisqaruvchanligi
|
Oshadi
Qisqaradi
Oshadi
Ortadi
|
Kamayadi
Qisqaradi
Kamayadi
Tushadi
|
Bo’lmacha-qorincha tuguni
|
Avtomatizm
Samarali refrakter davr
O‘tkazuvchanlik tezligi
|
Oshadi
Qisqaradi
Oshadi
|
Kamayishi
Uzayishi
Kamayishi
|
Gis bog‘lami (Bo’lmacha-qorincha bog‘lami) Purkine tolalari
|
Avtomatizm
O‘tkazuvchanlik tezligi
Samarali refrakter davr
|
Oshishi
Ko‘payishi
Qisqarishi yoki o‘zgarishlarsiz
|
Bu bo‘limlar xolinergik innervatsiyaga ega emas deb hisoblanadi.
|
Qorincha mushaklari
|
Samarali refrakter davr
O‘tkazuvchanlik tezligi
Avtomatizm
Qisqaruvchanlik
|
Qisqaradi
Oshadi
Oshadi
Oshadi
|
Kardiomiotsitlar m-xolinoretseptorlariga ta’sir qiluvchi vositalar. Yurakka sezilarli ta’sirni xolinergik innervatsiya ham o‘tkazadi. O‘ng adashgan nerv sinus-bo’lmacha tugunini, chapdagi nerv esa – bo’lmacha- qorincha tugunini sustlashtiradi. Adashgan nerv tonusi oshganda yurak qisqarishlari chastotasi pasayadi, bo’lmachalar, balki, qorinchalarning ham qisqaruvchanligi kamayadi. Yurak avtomatizmi va o‘tkazuvchanlik tezligi kamayadi. Adashgan nervning haddan tashqari yuqori tonusida bo’lmacha-qorincha blokadasi kuzatilishi mumkin.
Sinus-bo’lmacha yoki bo’lmacha-qorincha blokadasida yoki bradiaritmiyalarda adashgan nervlarning yurakka bo‘lgan tormozlovchi xususiyatini bartaraf etuvchi vositalar bo‘lmish – m-xolinoblokatorlar tavsiya qilinadi. Ularning ichidan gohida atropin qo‘llaniladi. MNSga o’ta olmaydigan atropinning to‘rtlamchi ammoniy tuzlari va skopolaminni (yoki boshqa m-xolinoblokatorlarini) qo‘llash maqsadga muvofiqroq hisoblanadi. Ayrim hollarda, masalan supraventikulyar aritmiyalarda adashgan nervlar tonusini (effektini) oshirishga ehtiyoj tug‘iladi. Bu maqsadda gohida qisqa muddatli antixolinesteraz preparat – edrofoniy yoki α-adrenomimetiklar guruhidagi vazopressor vositalar (mezaton) qo‘llaniladi.
Turli antiaritmik vositalar. Yurak qisqarishlari ritmining turli o‘zgarishlarida, ayniqsa qon plazmasi (masalan ayrim diuretiklar qo‘llanilganda) va miokarddagi (yurak glikozidlarining miqdori oshib ketishi tufayli) kaliy ionlarini kamayishi sababli paydo bo‘luvchi patologiyalarni davolashda kaliy xlorid samarali hisoblanadi. Kaliy ionlari yurakka atsetiloxin yoki adashgan nerv qo‘zg‘alishi kabi ta’sir qiladi. Ular yurak qisqarishlari ritmini pasaytirib, qisqaruvchanlikni sustlashtiradi, o‘tkazuvchanlikni, avtomatizmni va qo‘zg‘aluvchanlikni kamaytiradi. Kaliy ionlarini kardiotrop ta’sirini atropin bartaraf qilmaydi. Kam miqdorlarda kaliy ionlari koronar tomirlarni kengaytiradi, katta miqdorda esa toraytiradi.
Oshqozon-ichak traktidan kaliy ionlari tez va to‘laqonli so’riladi. Buyraklar orqali tanadan chiqib ketadi. Kaliy xlorid eritmasi ichga qabul qilinadi yoki venaga yuboriladi. Miqdori haddan tashqari oshirilganda paresteziyalar, dispepsik buzilishlar, bo’lmacha qorincha tugunida o‘tkazuvchanlikni blokada darajasiga etguncha sustlashtiradi, buyraklar faoliyatini yomonlashtiradi. Kaliy bir qator kombinatsion preparatlar tarkibiga kiradi, misol -“Asparkam” tabletkalari, panangin va b. Magniy preparatlari ham antiaritmik faollikka ega (magniy sulfat, magniy xlorid, magniy orotat, magniy asparaginat). Ular ayniqsa gipomagniemiyada samarali hisoblanadi. Vena orqali magniy sulfat (xlorid) yurak glikozidlari bilan zaharlanganda yuboriladi.
Ayrim aritmiyalar kuzatilganda yurak glikozidlari ham qo‘llaniladi (ayniqsa digitalis preparatlari). Qo‘llanilishning asosiy sababi – supraventikulyar taxiaritmiyalar (paroksizmal taxikardiya, bo’lmachalarning xilpillashi). Bu preparatlarning antiaritmik ta’sir mexanizmi bir qator komponentlarni o‘z ichiga oladi. Qorinchalar ritmini yurak glikozidlari ta’siri ostida sustlashishi, bo’lmacha-qorincha tuguni o‘tkazuvchanligini kamayishi va samarali refrakter davrini uzayishi bilan bog‘liq.
Antiaritmik faollikka adenozin ham ega. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra adenozin organizm xujayralarida paydo bo‘luvchi nukleoidlar qatoriga kiradi. Purenergik tolalar mediatori hisoblanadi; mahalliy gormon vazifalarini bajarishi mumkin. Adenozin retseptorlari bilan o‘zaro aloqaga kirishadi (A1-A4) ularning agonisti sifatida va G-oqsillari orqali adenilatsiklazaga faollashtiruvchi yoki sustlashtiruvchi ta’sir o‘tkazadi. Ko‘plab to‘qimalarga ta’sir qiladi, shu jumladan silliq mushaklar va asab tolalariga ham. Adenozin atrioventikulyar o‘tkazuvchanlikni (A1) sustlashtiradi va koronar tomirlarni kengaytiradi (A2), miokard qisqaruvchanligini kamaytiradi (A1), trombotsitlar agregatsiyasini sustlashtiradi (A2). Bronxiolalar tonusini oshirishi mumkin (A1). Xujayralarning A3-retseptorlarini qo‘zg‘atadi va ularning biologik faol moddalar ishlab chiqarish xususiyatini faollashtiradi. MNSga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Adenozin antagonistlari sirasiga metilksantinlar (teofillin, kofein) kirib, ular adenozin retseptorlarini (A1 A2) bloklaydi. To’qimalar tomonidan adenozinni qayta ushlanishini susaytiruvchi dipiridamol uning ta’sirini kuchaytiradi. Adenozin supraventikulyar taxiaritmiyalarda qo‘llanilishi mumkin. Adenozin qisqa muddat ta’sir qiladi: - 10 s. Uni venaga yuboriladi. Nojo‘ya ta’sirlari sirasiga yuz terisi qizarishi, nafas olish buzilishi, qisqa muddatli atrioventikulyar blok kiradi.
5.2.3.3.- Jadval
Antiaritmik dorilarning farmakokinetikasi
Preparat
|
Ta’sirining boshlanishi
|
Yuqori miqdor-ga erishish vaqti Cmax, s
|
Ta’sir davo-miyligi, s
|
T1/2, s
|
Oqsillar bilan bog’lanishi %
|
I A. Xinidin
Novokainamid
Dizopiramid
|
0,5
0,5
0,5
|
2-4
0,5-1,5
2
|
6-8
3
6-7
|
6-7
2,5-4,5
4-10
|
60-80
15-20
20-60
|
IB. Lidokain
Difenin
Meksiletin
|
Tez
0,5-1
0,5-1
|
12
2-4
|
0,25
24
8-12
|
1-2
6-24
8-10
|
60-80
87-93
55-65
|
IC. Flekainid
Propafenon
Etmozin
|
0,5
0,5-1
2
|
3-4
2-3
0,8-2
|
12
8
10-24
|
10-16
5-8
10-32
|
75-85
97
95
|
II. Propranolol
Metoprolol
Atenolol
|
1
1
1
|
1-1,5
3-6
2-4
|
6
12
24
|
3-6
3-4
5-10
|
80-90
10-12
<5
|
III. Amiodaron
Ornid
Sotalol
|
7-21 kun
6-8
1
|
5-6
3
2,5-4
|
6-8
12
|
25 kun
5-10
8-12
|
99
0-8
0
|
IV. Verapamil
Diltiazem
|
1,5-2
0,5
|
5
3-5
|
6-8
6
|
4-8
5
|
90
80
|
ANTIARITMIK DORI VOSITALARI
Novokainamid (Novocainamidum)-0,25 va 0,5 g tabletka, 5 ml 10 % eritma ampulada
Etmozin (Aetmozinum) – 0,025 g. qobiqli tabletkalar, 2 ml 2,5 % eritma ampulada
Etatsizin (Aethacizinum) - 0,05 g. qobiqli tabletkalar, 2 ml 2,5 % eritma ampulada
Lidokain gidroxlorid (Lidocaini hydrochloridum) - draje 0,25 g dan; 2 ml 10% eritma; 2 va 10 ml 2% eritma; 10 va 20 ml 1% eritma ampulalarda
Difenin (Dipheninum) - 0,117 g tabletkalar
Verapamil (Verapamil) – 0,04 va 0,08 g. qobiqli tabletkalar, 2 ml 0,25% eritma ampulada
Amiodaron (Amiodarone) – 0,2 g tabletkalar, 3 ml 5% eritma ampulalarda
Sotalol (Sotalol) - 0,08 va 0,16 g tabletkalar
Kaliy xlorid (Kalii chloridum) – kukun, 0,5 va 1 g tabletkalar, 50 ml 4% li eritma ampulada.5>
Do'stlaringiz bilan baham: |