Antiaritmik vositalar


Yurakning efferent innervatsiyasiga ta’sir etuvchi antiaritmik vositalar



Download 173,79 Kb.
bet8/9
Sana26.03.2023
Hajmi173,79 Kb.
#921938
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
19. Antiaritmik

Yurakning efferent innervatsiyasiga ta’sir etuvchi antiaritmik vositalar. Bu guruh preparatlarining antiaritmik ta’siri asosan ularning yurakka bo‘lgan efferent ta’sirlarni susaytirishi yoki kuchaytirishiga bog‘liq. Bu natijaga vositalarning yurak adreno- yoki xolinoretseptorlari bilan aloqasi orqali erishiladi.
β adrenoblokatorlar (II guruh). Ma’lumki, yurak funksiyalarini boshqarishda adrenergik (simpatik) innervatsiya muhim rol o‘ynaydi. Uning qo‘zg‘alishi bo’lmacha va qorinchalarning qisqarishi kuchi va chastotasi oshishiga olib keladi. Sinus-bo’lmacha va bo’lmacha-qorincha tugunlaridagi impulslar o‘tkazuvchanligi oshadi, avtomatizm kuchayadi. Adrenergik tonus innervatsiyasi oshishi hamda buyrak usti bezlaridan ko‘p miqdorda adrenalin ajralib chiqishi, miokardning katexolaminlarga bo‘lgan sezuvchanligi oshishi – yurak aritmiyasiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham antiaritmik vosita sifatida β-adrenoblokatorlar alohida qiziqish uyg‘otadi. Tibbiy amaliyotda anaprilin (propranol, inderal) keng tarqalgan. U β- adrenoretseptorlarini bloklab, adrenergik innervatsiyani hamda qondagi adrenarlinni yurakka bo‘lgan ta’sirini bartaraf etadi. Bunda sinus tuguni va ektopik qo‘zg‘alish o‘choqlari faolligi ham susayadi.
Umuman olganda, anaprilin yurak qisqarishlari ritmini kamaytiradi, bo’lmacha-qorincha tugunining samarali refrakter davrini uzaytiradi, yurak xujayralari avtomatizmini, o‘tkazuvchanligini va qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi. Anaprilin supraventrikulyar va qorinchalar aritmiyalarida qo‘llaniladi.
Antiaritmik vositalar sifatida β1 adrenoblokatorlar (masalan talinolol, atenolol, metoprolol) ham qo‘llaniladi. Bradiaritmiyalar va o‘tkazuvchanlik muammolari kuzatilganda masalan, bo’lmacha-qorincha blokadasida, yurakning β-adrenoretseptorlarini stimulyasiya qiluvchi vositalar samarali hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, adrenergik innervatsiyaning tonusi oshirilishi yurak bo‘ylab qo‘zg‘alishni o‘tkazishga yordam beradi. Shu maqsadda β- adrenomimetiklar (izadrin) yoki α-β-adrenomimetiklar (adrenalin gidroxlorid) qo‘llaniladi.

Download 173,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish