- Antarktidaning geografik o ‘rni,
- o ‘rganish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi
Doimiy muz bilan qoplangan yagona materik, eng sovuq, o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland (2040 m), Janubiy qutbda Quyoshning chiqishi va botishi bir yilda faqat bir marta kuzatiladi, Yer yuzidagi eng kuchli shamol shu yerga xos, chuchuk suv zaxirasi bo‘yicha (80%) yagona materik, o‘simlik va hayvonot olamiga eng kambag‘al, muzsiz zaminning cho‘kmasi bo‘yicha birinchi o‘rinda (-2555 m), yagona yirik yarimoroli bor, Yer yuzasining «sovuqlik qutbi» («Vostok» stansiyasi, -89,2°C) va «magnit qutbi» shu yerda, bironta mamlakatga tegishli bo‘lmagan va tinchlik hamda ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan yagona materik. - Doimiy muz bilan qoplangan yagona materik, eng sovuq, o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland (2040 m), Janubiy qutbda Quyoshning chiqishi va botishi bir yilda faqat bir marta kuzatiladi, Yer yuzidagi eng kuchli shamol shu yerga xos, chuchuk suv zaxirasi bo‘yicha (80%) yagona materik, o‘simlik va hayvonot olamiga eng kambag‘al, muzsiz zaminning cho‘kmasi bo‘yicha birinchi o‘rinda (-2555 m), yagona yirik yarimoroli bor, Yer yuzasining «sovuqlik qutbi» («Vostok» stansiyasi, -89,2°C) va «magnit qutbi» shu yerda, bironta mamlakatga tegishli bo‘lmagan va tinchlik hamda ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan yagona materik.
Geografik o‘rni va o‘rganish tarixi. - Antarktida yunoncha «anti» - qarama-qarshi, teskari, «arktika» - shimoliy, ya'ni Arktikaning teskari tomoni degan ma'noni anglatadi. Antarktika - muzli qit'a, uning maydoni 52,5 mln km2. Antarktida - yaxlit muzli materik bo‘lib, maydoni 14 mln km2.
Antarktidani 1820 yilning 16 yanvar kuni rossiyalik dengizchilar F.Bellinsgauzen va M.Lazarevlar kashf etishdi. Norvegiyalik R.Amundsen 1911 yilning 14 dekabr kuni birinchi bo‘lib, undan bir oycha keyin ingliz R.Skott ikkinchi bo‘lib qutbga bordi. Hozir Janubiy qutbda Amundsen-Skott nomi bilan ataladigan ilmiy stansiya (AQSh) ishlab turibdi. - Antarktidani 1820 yilning 16 yanvar kuni rossiyalik dengizchilar F.Bellinsgauzen va M.Lazarevlar kashf etishdi. Norvegiyalik R.Amundsen 1911 yilning 14 dekabr kuni birinchi bo‘lib, undan bir oycha keyin ingliz R.Skott ikkinchi bo‘lib qutbga bordi. Hozir Janubiy qutbda Amundsen-Skott nomi bilan ataladigan ilmiy stansiya (AQSh) ishlab turibdi.
Geologik tuzilishi. - Antarktida qadimgi Pangeya, keyinchalik Gondvana yirik materiklaridan ajralib, mustaqil materikka aylangan. Alp tog‘ burmalanishida ko‘tarilgan Transantarktida tog‘ tizmasi Antarktidani ikki qismga bo‘lib turadi. Bu tog‘ tizmasi o‘tgan faol mintaqada harakatdagi vulqonlar (Erebus, Terror va b.) ham bor.
Foydali qazilmalari. - Materik zaminida qora va rangli metallar rudalari (mis, qo‘rg‘oshin), toshko‘mir, olmos, uran va boshqa qazilma boyliklar topilgan. Neft, gaz, grafit, slyuda va tog‘ xrustali kabi foydali qazilmalarning borligidan dalolat beruvchi belgilar aniqlangan.
Relyefi. - Materik o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland hisoblanadi. Muz qoplamining o‘rtacha qalinligi 2000 m atrofida. Muzning eng qalin joyi 4500 m ga boradi. Lekin muz tagi relyefining deyarli 70% i dengiz sathidan pastda joylashgan. Berd tekisligidagi Bentli cho‘kmasining muzsiz mutlaq chuqurligi -2555 m, muz tagi relyefining o‘rtacha balandligi esa 110 m. Bu jihatdan, Antarktida eng past materik hisoblanadi.
Materikning eng baland qismi Elsuerd tog‘laridagi Vinson massividir. - Materikning eng baland qismi Elsuerd tog‘laridagi Vinson massividir.
- Janubiy Amerikadagi And tog‘larining bevosita davomi tariqasida Transantarktida zanjirli tizma tog‘lari materikni ikkiga bo‘lib turadi. Materikda uchta harakatdagi vulqon bor. Shulardan eng balandi - Erebus vulqoni (3794 m). Tog‘larning muzlardan chiqib turgan cho‘qqilarini fanda nunutaklar deb atashadi.
Topshiriq - 1. Mavzuni o`qish
- 2. Yozuvsiz xaritadan Antarktida mavzuni bo`yab kelish
- 3. Muhim ma’lumotlarni yozish
Do'stlaringiz bilan baham: |