Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq
1. "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" dan o‘zingizning ona
shahringiz haqidagi ma’lumotni topib daftaringizga ko‘chirib oling.
2. Kutubxonadan kirib o‘zbek tilidagi filologik lug‘atlardan birini
tanlab, o‘sha lug‘at haqida ma’lumot yozing.
3. Alpoz-alfoz, omonim-anonim, bob-bop, davo-da’vo so‘zlarni
"Paronimlar lug‘ati" dan izohi bilan daftaringizga ko‘chiring.
60
BIR TILLI VA IKKI TILLI LUG‘ATLAR
Bilib oling! Ko‘p tilli yoki tarjima lug‘atlar
.
Bunday
lug‘atlarda bir tilga oid tushuncha ikki, uch, ba’zan hatto to‘rt tildagi
muqobillari bilan beriladi va, asosan, til o‘rganish hamda tarjima
ishlarida manba sifatida xizmat qiladi. Ko‘p tilli lug‘atning ilk
namunasini buyuk vatandoshimiz va betakror leksikograf Mahmud
Zamaxshariy tuzgan edi. Uning 1137-yilda tugatgan "Muqaddimat ul-
adab" ("Adabiyotga kirish") lug‘ati 4 tilli bo‘lib, forsiy so‘z
chig‘atoy, mo‘g‘ul va turk tillaridagi muqobillari bilan beriladi. Jahon
lug‘atshunosligi o‘shandan beri Mahmud Zamaxshariyning lug‘atni
alifbe asosida tartib berishi an’anasiga amal qilib keladi. Ikki tomlik
"Ruscha-o‘zbekcha" (1983-84), "O‘zbek-ruscha lug‘at" (1959 va
1988), "Ruscha-tojikcha lug‘at" (1985), shuningdek, inglizcha-
ruscha-o‘zbekcha; nemischa-o‘zbekcha; o‘zbekcha - tojikcha;
arabcha - o‘zbekcha lug‘atlar ham shunday xususiyatga ega.
XIX asr oxiri va XX asr 1-choragida turli xil sabab va
ehtiyojlar, davr taqozosi bilan Turkistonda ikki tilli lug‘at rivoj topdi,
o‘nlab ruscha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-ruscha lug‘atlar, so‘zlashgichlar
nashr ettirilgan. V.I.Nalivkin va M.Nalivkinalarning 1884-1912-yillar
mobaynida bir necha marta nashr etilgan "Russko-sartovskiy i
sartovsk-russkiy slovar" (Ruscha-sartcha va sartcha-ruscha lug‘at),
Ashurali Zohiriy tomonidan 1927-yilda nashr ettirilgan 2 jildli
"Ruscha-o‘zbekcha
mukammal
lug‘at"
keyingi
davrlarda
O‘zbekistonda yaratilgan ikki tilli lug‘atlar uchun asos bo‘ldi.
Ayniqsa, o‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan mustaqillik yillarida
o‘zbek lug‘atchiligi yanada shiddatli rivojlanish pallasiga kirdi. Bu
davrda lug‘atchilikning yangidan yangi ko‘rinishlari paydo bo‘la
boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida
lug‘atchilikni tartibga soluvchi maxsus Atamalar qo‘mitasi tuzildi.
Qo‘mita qisqa muddatda qator xayrli ishlarni amalga oshirdi. Natijada
hozirgi kungacha 10 ga yaqin xorijiy til bilan o‘zbekcha qiyoslovchi
xilma-xil tarjima lug‘atlari, fan sohalariga oid 100 dan ziyod lug‘at
bir, ikki va uch tilli terminologik lug‘atlar bunyodga keltirildi. XX asr
o‘zbek lug‘atchiligi rivojiga A.Zohiriy, A.Qodiriy, Y.D.Polivanov,
A.K.Borovkov,
V.V.Reshetov,
S.Ibrohimov,
Olim
Usmon,
Z.Ma’rufov,
Sh.T.Rahmatullayev,
N.Mamatov,
A.Hojiyev,
T.Aliqulov va boshqalar munosib hissa qo‘shdilar.
61
Do'stlaringiz bilan baham: |