Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Unli tovush deb nimaga aytiladi?
2. Unli tovushning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Tovush va harf xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
4. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida nechta unli harf bor?
Test
1. Javoblarning qaysi birida unli tovushlar ko‘rsatilgan?
A) b, f, k, t;
C) sh, ch, ng;
B) a, u, o‘, i, o, e;
D) d, t, n, l, r, ch, j, s, sh, z.
2. Qo‘sh unli qaysi so‘zda noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) inshoot;
C) istehzoomuz;
B) taаsarruf;
D) koordinat.
3. “Yam-yashil” so‘zida nechta unli va nechta undosh tovush
bor?
A) 3 ta unli, 3 ta undosh;
C) 3 ta unli, 5 ta undosh;
B) 5 ta unli, 5 ta undosh;
D) 4 ta unli, 4 ta undosh.
4. Unli tovushlardan qaysi biri so‘zga qo‘shilib, uning shaklini
o‘zgartiradi?
A) i, a;
C) o, a;
B) u, o‘;
D) i, u.
Do'stlaringiz bilan baham: |