Bilib oling! Sonning nomini, narsa-buyumning son-sanog‘ini,
tartibini bildirib, qancha? necha? nechta? nechanchi? so‘roqlariga javob
bo‘ladigan so‘zlar turkumi son deyiladi.
Sonlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘ra dastlab ikkiga
bo‘linadi: miqdor sonlar va tartib sonlar. Miqdor sonlar predmetning
miqdori, sanog‘iga ko‘ra belgisini, tartib sonlar esa ularning tartibga ko‘ra
belgisini bildiradi.
Tartib sonlar -nchi(-inchi), -lamchi qo‘shimchalari yordamida sanoq
sonlardan hosil qilinadi: birinchi, ikkilamchi, beshinchi Miqdor sonlar
quyidagi turlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |