108-mashq. Berilgan gaplardagi sifat darajalarini aniqlab, namunada ko‘rsatilganidek yozing. 1. Oppoq nur yuqoridan poyandoz singari tushib oyoqlar ostida
to‘xtadi. (T.M.). 2. Ulardan chiqayotgan qora tutunlar butxona ustini xuddi
kufr va isyon zulmati kabi qoplab yotardi.(A.N.). 3. Menimcha, adolat
bilan adolatsizlik o‘rtasida katta maydon emas, kichkinagina ariqcha
bor.(T.M.). 4. U yo‘g‘on, chorpaxil gavdali, yakkam-dukkam qizg‘ish
mo‘ylabli, keng, qoramtir yuzining yonoqlari bo‘rtgan.(O.). 5. Tashqarida
107
havo bulut bo‘lgani uchun, oqish qandillar ertalabdan yoqib
qo‘yilibdi.(O‘.Q.).
Namuna: Uning yonoqlari uzunchoqroq edi. (uzunchoqroq – qiyosiy
daraja)