SIFAT
100-mashq. Alisher Navoiyning "Insonni so‘z ayladi judo
hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin" hikmatining mazmun-
mohiyatini quyidagi matnga tayangan holda izohlab bering. Xususiyat va
holatni bildiruvchi sifatlarni topib, daftaringizga ko‘chirib yozing.
So‘z qudrati
Shirinsuxanlik inson faoliyatining asosiy omillaridan biri
hisoblanadi. Chunki uning aql-sahovati, fikr-tuyg‘ulari, bilimi va
madaniyati, saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi.
Yaxshi so‘z bilan kishilarning ishonchi, qalbini egallash mumkin.
Yaxshi so‘z hayotning quroli bo‘lib, unda olam-olam ma’no yotadi.
So‘z tilning tayanchi hamda go‘zalligidir. So‘z tilning ko‘rki hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |