10
O‘ZBEK TILI YOZUVLARI. LOTIN ALIFBOSI
5-mashq. Yozuvlar haqidagi ma’lumotlarni o‘qing.
Piktografik,
ideografik, logogramma, ieroglifik yozuvlar haqidagi ma’lumotlarni
daftaringizga ko‘chirib yozing. O‘zbek tili yozuvlari xususida fikr bildirib,
dialog matnini tayyorlang.
Yozuv jamiyat taraqqiyotining muhim belgilaridan biridir. Insoniyat
tomonida yaratilgan buyuk kashfiyotlardan hisoblanmish yozuv o‘zining
bugungi taraqqiyot darajasiga erishguncha necha ming yillar o‘tgan.
Har bir narsaning rivojlanish, taraqqiyot bosqichlari bo‘lgani kabi,
yozuv ham bir necha taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan. Dastlabki
yozuv shartli ravishda buyum yozuvi deb nomlangan. Buyum yozuvi vaqt
o‘tishi bilan piktografik - rasm yozuvi bilan almashgan. Bunday yozuvda
har bir rasm ma’lum ma’no ifodalagan. Necha asrlar o‘tib, rasm yozuvi o‘z
o‘rnini ideografik tushuncha yozuviga bo‘shatib berdi. Bunday yozuvda
har bir turdagi tushunchalarga ma’lum ramziy shakllar tanlangan. Belgilar
logogrammalar deb ham ataladi. Logogrammaning piktogrammadan farqi
shundaki, u so‘zning ma’nosini izohlaydi. Piktogramma esa buyumning
o‘zini aks ettiradi. Shunga ko‘ra, logogramma buyum shakli bo‘lmay, u
so‘z ma’nosini aks ettiruvchi shartli belgidir. Logografik yozuvning
anchayin mukammallashgan shakli ieroglofik yozuvdir. U muqaddas
yozuv ma’nosini anglatadi. Fonografik tovush yozuvining dastlabki
ko‘rinishlari - bo‘g‘inlab o‘qiluvchi yozuv paydo bo‘ldi va bu yozuv
tovush yozuvining kelib chiqishi uchun asos bo‘ldi. Fonografik yozuvda
har bir tovush bir harf bilan ifodalanadi.
Harf-tovush yozuvi hozirgi vaqtda butun dunyoda foydalanilayotgan
to‘rt xil yozuv tizimidan iborat bo‘lib, ular lotin yozuv, arab yozuvi, hind
yozuvi va kirill yozuvlaridir. Harf-tovush yozuvining kelib chiqishi Misr,
Finikiya va Gretsiyaning uzoq o‘tmishiga borib taqaladi.
Finiki yozuvi bilan miloddan oldingi XII-X asrlarga oid manbalar
yozib qoldirilgan. Keyinchalik oromiy yozuvi paydo bo‘lgan va uning
asosida yahudiy, suriya, eron, arab yozuvlari yuzaga keldi. Eron yozuvi
uyg‘ur, mo‘g‘ul, buryat yozuvlarining paydo bo‘lishi uchun asos bo‘lgan.
Milodddan oldingi 403-yildan boshlab grek alifbosi qo‘llana
boshlagan. Grek yozuvi asosida lotin, kirill, gruzin, arman va boshqa
alifbolar yaratilgan.
O‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, o‘zbek xalqi o‘zining ko‘p asrli
tarixi davomida oromiy, yunon (grek), karoshta, sug‘diy, xorazmiy,
kushon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, turk-runiy (dulbarjin), moniy,
braxma, uyg‘ur, arab, lotin va kirill yozuvlarida ish yuritib keldi.
11
Turk-runiy yoki do‘lbarjin hamda uyg‘ur yozuvlari turkiy xalqlar
ijod qilgan alifbolar hisoblanadi. Bu yozuvda bitilgan yodgorliklar Enasoy
(hozirgi Yenisey, Rossiyada) va O‘rxun (Mo‘g‘uliston) daryolari
bo‘ylaridan topilganligi uchun ilmiy adabiyotlarda "O‘rxun-Enasoy
yodgorliklari yozuvi" nomi bilan ham mashhurdir. Bu alifbodagi matnlar
yuqoridan pastga yoki o‘ngdan chapga qarab yozilgan va shunday
o‘qilgan. Yuqoridan pastga qarab yozilganda qarflar chap yoniga
yotqizilgan va satrlar ham o‘ngdan boshlangan (Mardonqul Boltayevning
“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi” kitobidan).
Bilib oling! O‘zbekistonda lotin harflariga asoslangan o‘zbek
alifbosi qo‘llanishining ikki davri bor: 1929-1940-yillargacha bo‘lgan
birinchi davr; O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingandan
(1991-yil 31-avgust) keyingi ikkinchi davr. 1993-yil 2-sentabrda bo‘lib
o‘tgan O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining o‘n uchinchi sessiyasida “Lotin yozuviga asoslangan
o‘zbek alifbosi”
31 harf va
1 ta tutuq belgisi (apostrof) bilan
tasdiqlangan. Mazkur alifboda 1995-yil 6-may Oliy Kengash qarori
bilan o‘zgartirish kiritilgan. Shundan so‘ng alifboda harflar soni
29 ta
bo‘lib qolgan.
6 tasi unli, 23 tasi undosh tovushlar sanaladi.
Sh, Ch,
Do'stlaringiz bilan baham: