7. - a (y), -gin, -sin, -aylik, -ing (iz), -sinlar qo‘shimchalari yordamida hosil qilinadigan fe’l mayli… A) maqsad mayli;
B) shart mayli;
C) buyruq - istak mayli;
D) xabar mayli.
8. Shart maylidagi fe’llar “kerak” so‘zi bilan qo‘llanganda qanday ma’noni anglatadi? A) istak ma’nosini;
B) faraz ma’nosini;
C) maqsad ma’nosini; D) bajarilishi shart bo‘lgan ish-harakatni.
9. Berilgan gapdagi fe’l maylini aniqlang. Biror ziyon-zahmat yetkazib yurmasin tag‘in. A) shart mayli;
B) buyruq - istak mayli;
C) maqsad mayli;
D) xabar mayli.
10. Kunlar isib ketdi-ku! Gapdagi fe’l mayli… A) xabar mayli;
B) maqsad mayli;
C) shart mayli;
D) buyruq - istak mayli.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq
1. Fe’l mayllarining har biriga ikkitadan gap tuzing.
2. Qanday ma’nolarni anglatganini tushuntiring.