141-mashq. Iy
е
, o, voy, eh, hay-hay, o‘, voh-voh
undovlarini
qatnashtirib gaplar tuzing Bular qanday undovlar ekanini ayting.
Bilib oling.
Turli tovush yoki harakat-holatga taqlidni bildiruvchi
so‘zlar
taqlid so‘zlar
dеyiladi. Ma’nosiga ko‘ra taqlid so‘zlar ikkiga bo‘linadi:
1. Tovushga taqlid:
qars-qars, gumbur-gumbur, chug‘ur-chug‘ur, taq-
tuq, g‘arch-g‘urch
kabi.
2. Harakat-holatga taqlid:
apil-tapil, milt-milt, g‘uj-g‘uj, yalt-yult
kabi.
Taqlid so‘zlar yakka holda, juft holda va takrorlangan holda qo‘llanadi. Juft
va takrorlangan taqlid so‘zlar orasiga chiziqcha qo‘yiladi.
Tovushga taqlid so‘zlar ba’zan otlashib, ko‘plik, egalik va kelishik
qo‘shimchalarini qabul qiladi va ega, qaratqich aniqlovchi hamda to‘ldiruvchi
vazifalarini bajaradi:
Odamlarning g‘ovur-g‘ ovuri bosildi. Yuragining duk-
dukini eshitdi. Chug‘ur-chug‘urning to‘xtashi amri mahol.
Do'stlaringiz bilan baham: |