FE’L ZAMONLARI
Bilib oling!
Harakatning nutq paytiga munosabatini ko‘rsatuvchi
kategoriya
zamon kategoriyasi
deyiladi. Fe’l zamonlari uch ko‘rinishga
ega:
1. O‘tgan zamon. 2. Hozirgi zamon. 3. Kelasi zamon.
O‘tgan zamon
fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan
oldin bajarilgan yoki bajarilmaganligini ifodalaydi.
O‘tgan zamon fe’li quyidagi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi:
- di
qo‘shimchasi yordamida (yozdim, yozding, yozdi, o‘qidim,
o‘qiding, o‘qidi. M: Rustam akasiga xat yozdi);
-gan
qo‘shimchasi
yordamida (yozganman, yozgansan, yozgan, o‘qiganman, o‘qigansan,
o‘qigan. M: "O‘tkan kunlar" romanini berilib o‘qiganman
); -i(b)
qo‘shimchali ravishdoshni shaxs-son bilan tuslash orqali
(yozibman,
yozibsan, yozibdi, o‘qibman, o‘qibsan, o‘qibdi.
M: Manzura darsdan so‘ng
kutubxonaga boribdi
Do'stlaringiz bilan baham: |