Bilib oling! Ot, sifat, son va ravish o‘rnida qo‘llanadigan so‘zlar
turkumi
olmosh deyiladi. Olmoshlarning o‘ziga xos bo‘lgan so‘roqlari
yo‘q. Olmosh ma’nosiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.
Kishilik olmoshlari shaxsni bildiradi:
men, sen, u, biz, siz, ular .
Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi.
Men, sen olmoshlariga qaratqich,
tushum kelishigi va xoslikni bildiruvchi
-niki qo‘shimchasi qo‘shilganda
bir
n tovushi tushib qoladi:
seni, mening, meniki . U kishilik olmoshiga
jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda bir
n
tovushi orttiriladi: unda, unga, undan.
2.
O‘zlik olmoshi shaxs yoki predmetning tanholigini bildirish
uchun ishlatiladigan
o‘z so‘zidir: o‘z uyi, o‘z akasi. O‘zlik olmoshi egalik
115
qo‘shimchasini olib, har uchala shaxs o‘rnida ishlatiladi va kishilik
olmoshlariga sinonim bo‘ladi: