Anorgul atajonova



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/286
Sana18.01.2022
Hajmi1,23 Mb.
#390297
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   286
Bog'liq
Anorgul atajonova

SON 
 
110-mashq.
  Matnni  o‘qing.  Unda  ishtirok  etgan  sonlarni  topib, 
ma’noga ko‘ra turini ayting. Matn mazmunini so‘zlab bering. Tushunilishi 
qiyin bo‘lgan so‘zlar lug‘atini tuzing. 
  
Temuriy malikalar 
 
Xonzoda begim Umarshayx Mirzoning qizi, Bobur Mirzoning opasi 
edi.  U  1478-yilda  Andijonda  tug‘ilgan.  Tarixiy  manbalarning  shohidlik 
berishicha,  Xonzoda  begim  did-farosatli,  o‘tkir  zehnli  va  aql-zakovat 
sohibasi bo‘lgan. 
Xonzoda  begim  ayni  balog‘at  yoshiga  yetganda  otasi  Umarshayx 
Mirzo  tasodifan  jardan  yiqilib,  olamdan  o‘tadi.  Ota  taxtiga  o‘tirgan  12 
yoshli  Bobur  Mirzoning  qismatida  darbadarlik  davri  boshlanadi.  Yosh 
Bobur Mirzoda bobokaloni Amir Temur taxtini egallash havasi uyg‘onib, 
Samarqandga  bir  necha  harbiy  yurishlar  qiladi.  Nihoyat,  1501-yili 
Samarqandni  qo‘lga  kiritishga  muvaffaq  bo‘ladi.  Ko‘p  o‘tmay 
Shayboniyxon  qo‘shin  tortib  kelib,  Samarqandni  qamal  qiladi.  Qamal 
ko‘pga cho‘zilib, shaharda dahshatli ocharchilik, o‘lim avjiga chiqadi. Ana 
shunday og‘ir vaziyatda Shayboniyxon Bobur Mirzoga sulh taklif qiladi.  
Bu  voqeani  Bobur  Mirzoning  qizi  –  Gulbadan  begim 
"Xumoyunnoma"  asarida  quyidagicha  tasvirlaydi:  "Shayboniyxon"  agar 
o‘z  egachingiz  Xonzoda  begimni  menga  xotinlikka  bersangiz,  oramizda 
sulh tuziladi va hamjihatlik aloqalari o‘rnatiladi", – deb aytgizib yubordi". 
Gulbadan  begimning  bu  fikrini  "Tarixi  Rashidiy"  asari  muallifi  Haydar 
Mirzo  ham  tasdiqlab,  "Shayboniyxon  bilan  sulh  tuzib,  o‘z  egachisi 
Xonzoda  begimni  unga  xotinlikka  berdi",  –  deb  yozadi.  Shunday  qilib, 
Xonzoda begim Shayboniyxon nikohiga kiradi va undan bir o‘g‘il ko‘radi. 
Ismini  Xurrambek  deb  ataydilar.  Shayboniyxon  qatlidan  so‘ng  Xonzoda 
begim  ukasi  Mirzo  Bobur  saroyiga  qaytib  keladi.  Ko‘p  o‘tmay,  o‘g‘li 
Xurrambek  ham  vafot  etadi.  Xonzoda  begim  o‘zining  aql-idrokligi, 
tadbirkorligi natijasi o‘laroq, saroy malikalari orasida yuksak e’tiborga ega 
bo‘ladi.  U  Boburshoh  va  Xumoyunshoh  saroyida  maslahatchi  vazifasini 
bajargan. 1544-yili Xonzoda begim Kobulhaq degan joyda olamdan o‘tadi. 
Oradan  uch  oy  o‘tgach,  uning  xokini  Kobulga  keltirib,  Boburshoh 
maqbarasiga dafn qiladilar.  
Gulbadan  begim  -  Bobur  Mirzoning  Dildor  begim  nomli  xotinidan 
tug‘ilgan  uchinchi  qizi.  U  1523-yili  Kobulda  tug‘ilgan.  Gulbadan  begim 
otasi  Boburshoh  farmoniga  ko‘ra  katta  onasi,  ya’ni  Xumoyun  Mirzoning 
onasi  Mohim  begim  qo‘lida  tarbiyalanadi.  Gulbadan  begim  har  ikkala 


 
110
onasini  ham  samimiy  e’zozlagan.  U o‘z  zamonasining  oqila,  donishmand 
ayollaridan  edi.  Jiyani  Jaloliddin  Akbar  podshohning  "Firdavs  makon  va 
jannat oshyon hazrat haqidagi voqealardan nimaiki bilsangiz, yozingiz", - 
degan  ishorasiga  muvofiq,  "Humoyunnoma"  nomli  muhim  tarixiy  asar 
yozadi. Bu asar Bobur podshoh va Humoyun podshohning hayot tarzi va 
sarguzashtlarining  muxtasar  tarixi  bo‘lib,  mantiqan  "Boburnoma"ning 
davomidir. 
Gulbadan begim o‘z asarida saroy ahlining hayot tarzi, shuningdek, 
tarixiy  asarlarda  uchramaydigan  Boburshoh  xonadonining  nozik 
xususiyatlari,  oilaviy  sharoitlari,  to‘y  va  aza  bilan  bog‘liq  udumlar,  uy-
ro‘zg‘or  asboblari,  kiyim-kechak  turlari  kabi  jihozlar  haqida  mufassal 
hikoya qiladi. 
"Akbarnoma"  asarining  muallifi  Abul  Fazlning  ma’lumotiga 
qaraganda, 1575-yilda Gulbadan begim Ka’ba ziyoratiga jo‘nab ketadi va 
1582-yilda  ko‘p  qiyinchiliklar  bilan  ziyoratgohdan  qaytib  keladi.  1603-
yilda 80 yoshida vafot etadi. Akbarshohning o‘zi Gulbadan begim tobutini 
o‘g‘il  sifatida  ko‘tarib,  dafn  marosimida  o‘g‘illik  burchini  oxiriga 
yetkazadi. (Turg‘un Fayziyevning "Temuriy malikalar" risolasidan). 
 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish