Ega: Opam
parrandachilik fermasida ishlaydi.
Kesim:
O‘zbekiston – kelajagi buyuk
davlat.
Aniqlovchi
:
Mehnatning
tagi rohat.
To‘ldiruvchi
: Bugungi
ishni
ertaga qo‘yma!
Hol: Bahorda
tog‘lar yam-yashil o‘t va alvon lolalarga burkanadi.
Undalma:
Yoshlar,
vatanimiz kelajagi sizning qo‘lingizda!
84
91-mashq.
Ot so‘z turkumiga taalluqli so‘zlarni toping. Egalik
qo‘shimchasi qo‘shilgach, o‘zagida o‘zgarish ro‘y bergan otlarni izohlang.
1. O‘rnimdan turib eshikni ochsam, o‘g‘lim o‘rtog‘i bilan qulog‘i -
burni qizargan holda kulib turardi. 2. Qishlog‘imiz yildan yilga
go‘zallashib boryapti. 3. Qizning o‘shandagi nidosi hali ham Tohirning
qulog‘iga eshitilib turganday bo‘ladi. 4. U karvonlarga qo‘shilib yurib, iloji
bo‘lgan joydan Robiyani qidirdi, "singlim edi", deb so‘roqladi, ammo hech
qaerdan daragini topolmadi. 5. Olacha to‘ni ham, oyog‘idagi chang bosgan
chorig‘i ham yirtilib ketgan novcha bir yigit ko‘zlari yaltirab, kulimsirab,
unga qarab yurdi. 6. Tohirning yoshligi va baquvvatligi ustun kelib, asta-
sekin tuzalib ketgan edi . 7. Istagim shul, o‘chmasin yongan chirog‘ing. 8.
Yulduzday nur sochsin chashming, qarog‘ing. 9. Magar chinor bo‘lsang
chinordek yasha, bevaqt uzilmasin biror yaprog‘ing. 10. Tohir bundan uch
yil oldin Quvasoy ko‘prigini buzib, yov qo‘shiniga katta talafot keltirgan…
11. Tohirning sherigi xo‘rjunidan o‘ram qilingan arqon oldi. 12. Cho‘qmor
zarbidan jarohatlangan bilagi qattiq og‘ri yotganini mavlono Fazliddin
qorong‘i bir hibsxonada yolg‘iz o‘zi qolganda sezdi (Pirimqul Qodirov
ijodidan).
92-mashq
. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar qaysi turkumga oidligini
aniqlang va gapda qanday bo‘lak vazifasida kelganini ayting.
1. Bashorat shosha-pisha sandal chetiga o‘tirdi (U.Q.). 2. Oyim
fabrikada tukuvchi. 3. Yomg‘irli tun saroyni cho‘lg‘ab olgan (P.Q.). 4.
Kunning ikkinchi yarmida Navoiy kutubxonasiga borishdi (M.). 5.
Mo‘rilardan chiqqan tutunlar erinibgina osmonga o‘ralaydi (N.F.). 6.
Dugonam kitob do‘konidan qiziqarli kitoblar sotib oldi. 7. Oyog‘imni
qo‘lga olib bostirmaga yugurdim (U.X.). 8. U otining bo‘shashib,
majolsizlanib borayotganligini allaqachon seza boshlagandi (Ch.A.). 9.
Ko‘cha tomondan bolalarning quvnoq qiyqiriqlari keldi (T.M.). 10. Balki
aqlingni ham yashirmoqdasan. 11. Go‘zal ko‘zlaringni yashirgan
misol…(R.B.)
93-mashq.
Topishmoqlarni o‘qing va javobini toping.
1. Ma’nosida narsa nomi,
Ham kim? nima? so‘rog‘i.
2. Atash bor ma’nosida,
Bosh harf bor imlosida
85
3. Mehnatsevarlik
Bu – farovonlik.
Odamsevarlik.
Qanday so‘z bo‘lar?
O‘ylab topaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |