So‘zlovchi xotirasida, so‘z yasash qoliplari va ularning
ma’nolari haqida ko‘nikmaning mavjud bo‘lishi har qanday yangi
yasalmaning oson tushunilishiga imkon beradi.
So‘z yasash qoliplari va ularning ma’nolari bir xil yasovchi
qo‘shimchali so‘zlarni ma’lum uyalarga birlashtirish asosida aniqlanadi.
Masalan:
etikchi
belgila
san’atkor
tarbiyachi
chopqila
g‘allakor
suvchi
qo‘lla
paxtakor
navbatchi
oqla
o‘ymakor
tikuvchi
ishla
sholikor
80-mashq.
Quyidagi so‘zlardan affiksatsiya usuli bilan yangi
so‘zlar yasang:
quvna, taraf, yaqin, tez, ish, top, yuza, bil, chiroy, tasodif,
foyda, dard, o‘t, olma, gul, mehnat, bog‘, hazil, baland, mehmon, ishon,
ko‘z, kuz, bahor, yulduz, supur, yashir, top, tut, chiz, suv, daromad, odam,
tutat, siyoh, tila, chaqir.
Do'stlaringiz bilan baham: |