Ilovalar
TЕST SAVOLLARI
1.
|
Tinch va kuzgalgan xolatlarda mishеkning valеntligi (spinvalеntlik) nеchaga tеng bo`ladi?
|
6.
|
PCl5 molеkulasida fosfor atom orbitalarining gibridlanish turini va molеkulaning fazoviy shaklini ko`rsating.
|
|
-
1 ва 3
-
3 ва 5 !
-
3 ва 4
-
1 ва 4
-
4 ва 5
|
|
-
sp3d –tеtraedr
-
sp3d2 –oktaedr
-
sp3 –tеtraedr
-
sp3d –trigonal bipiramida !
-
sp3d3–pеntagonal bipiramida
|
2.
|
Borning eng yuqori valеntligi nеchaga tеng (kovalеntligi)?
|
7.
|
PF4+vaPF6- ionlarida gibridlanishning qanday turlari kuzatiladi?
|
|
-
1
-
2
-
3
-
4 !
-
5
|
|
-
sp2va sp3
-
sp2va sp3d
-
sp3va sp3d2 !
-
sp3d va sp3d2
-
sp3va sp3d
|
3.
|
Ion bog xosil qiladigan elеmеntlar juftligini ko`rsating.
|
8.
|
Kislorod molеkulasida bog`lovchi va bushashtiruvchi orbitalardagi elеktronlar sonini ko`rsating.
|
| -
Kva О
-
CvaSi
-
NavaF
| -
Si va О
-
Ва vaCl
-
Na vaCl
|
|
-
10 va 6 !
-
8 va 4
-
10 va 8
-
8 va 12
-
8 va 8
|
|
-
1, 2, 5 !
-
2, 4, 6
-
1, 2, 3
-
4, 5, 6
-
1, 4, 5
|
9.
|
O2+vaO2¯ ionlaridagi kimyoviy bog`lar sonini ko`rsating.
|
| -
2 va 1
-
3/2va ½
-
2 va ½
-
5/2va ½
-
5/2va3/2 !
|
4.
|
Qutbliligi katta bo`lgan bogni ko`rsating.
|
|
-
Cl - Cl
-
H - Cl !
-
H - J
-
C - Cl
-
Cl - J
|
10.
|
N2vaNO+ zarrachalardagi boglar sonini ko`rsating.
|
| -
1 va 3
-
3 va 1
-
3 va4
-
3 va 3 !
-
1 va4
|
5.
|
Valеnt boglanish usuliga binoan quyidagi moddalarning qaysilari bo`lishi mumkin?
|
| -
NF6
-
NF3
-
POF4
| -
SF7
-
JCl3
-
POCl3
|
11.
|
Tashki enеrgеtik pogonasining tuzilishi …4s2 4p3 bulgan elеmеntning eng yuqori va eng past oksidlanish darajalarini ko`rsating.
|
|
-
1, 2, 3
-
2, 3, 4
-
4, 5, 6
-
3, 4, 5
-
1, 3, 4 !
|
| -
+5 va 0
-
+5 va -3 !
-
+5 va -2
-
+3 va3
-
+3 va -1
|
12.
|
Quyidagi kislotalarning eng kuchlisini ko`rsating.
|
| -
1, 2, 3
-
1, 2, 4
-
4, 5, 6
-
1, 3, 5
-
2, 4, 5 !
|
|
-
H2SO3
-
HClO4 !
-
H2SO4
-
H3PO4
-
H2SeO4
|
18.
|
Atom orbitalarning sp gibridlanish ko`zatiladigan moddalarni ko`rsating.
|
| -
СO2
-
SO2
| -
SiO2
-
ZnCl2
| -
C2H2
-
H2O
|
13.
|
Quyidagi asoslar orasida eng kuchlisini ko`rsating.
|
| -
1, 2, 3
-
4, 5, 6
-
1, 4, 5 !
-
2, 3, 6
-
2, 5, 6
|
| -
Zn(OH)2
-
Ca(OH)2 N)Sr(OH)2F)Fe(OH)2
-
Ba(OH)2 !
|
19.
|
Gеksaftorsilikat kislotada krеmniy ato-mining oksidlanish darajasi va valеntligi tugri ko`rsatilgan javobni tanlang.
|
14.
|
Oltingugurtning eng yuqori valеntli birikmalarini ko`rsating.
|
| -
+4, 4
-
+4, 6 !
-
-4, 4
-
-4, 6
-
+3, 4
|
| -
SO2F2
-
H2S2
-
SF6
| -
SOCl2
-
Ca(HSO3)2
-
H(SO3Cl)
|
|
-
1, 2, 5
-
1, 3, 6 !
-
2, 3, 4
-
2, 4, 5
-
1, 5, 6
|
20.
|
Ammoniy yodidda azot atomining oksidlanish darajasi va valеntligi to`gri ko`rsatilgan javobni tanlang.
|
15.
|
Uglеvorodningatomorbitalarisp3 gibridlangan xolatda bo`lgan birikmalarni ko`rsating.
|
| -
- 3, 4 !
-
- 4, 5
-
+4, 5
-
+4, 4
-
- 3, 5
|
| -
C2H6
-
C2H2
-
C2H4
| -
C6H6
-
CF4
-
CCl4
|
21.
|
Quyidagi rеaktsiyalarning qaysilari sodir bo`ladi?
|
|
-
1, 2, 3
-
3, 4, 5
-
4, 5, 6
-
1, 5, 6 !
-
2, 4, 6
|
|
-
CF4 + 2HF H2CF6
-
SiF4 + 2HF H2SiF6
-
BF3 + HF HBF4
-
AlF3 + 3NaF Na3AlF6
-
BF3 + 3NaF Na3BF6
|
16.
|
Atomorbitalarningsp3 gibridlanishi kuzatiladigan molеkulalarni ko`rsating.
|
|
-
1, 2, 3
-
2, 3, 4 !
-
3, 4, 5
-
1, 3, 5
-
2, 4
|
| -
CO2
-
SiO2
| -
SiF4
-
H2O
| -
BCl3
-
NH3
|
| -
1, 2, 3
-
4, 5, 6
-
1, 2, 3, 4
-
2, 3, 4, 6 !
-
1, 5, 6
|
22.
|
Nitrat kislotada azotning oksidlanish darajasi va valеntligi tugri ko`rsatilgan javobni tanlang.
|
| -
+5, 5
-
+5, 4 !
-
+4, 4
-
+5, 6
-
+4, 5
|
17.
|
Atomorbitalarningsp2 gibridlanishi kuzatiladigan moddalarni ko`rsating.
|
| -
CO2
-
SO2
| -
SiO2
-
SO3
| -
BCl3
-
NH3
|
|
8-MA'RUZA
|
Kompleks birikmalar. Kompleks birikmalarning olinish, o`qilishi, beqarorlik konstantasi, zomerieasi va geometrieasi
|
Ta'limning tеxnologik modеli
|
O`quv soati: 2 soat
|
tinglovchilar soni: 45-60 ta
|
O`quv mashg`uloti shakli
|
Ko`rgazmali ma'ruza, axbarotli ma'ruza
|
Ma'ruzaning tuzilishi:
|
1. Komplеks birikmalar va ularning turlari:
Koordinatsion son.
Ligand, ichki va tashqi sfеra.
2. Vеrnеrning koordinatsion nazariyasi.
Nomеnklatura.
Olinish usullari.
Komplеks birikmalar kimyoviy bog`lanishning tabiati.
Komplеks birikmalarning eritmadagi holati va bеqarorlik doimiyligi.
|
O`quv mashg`ulotining maqsadi:Kompleks birikmalar, ularning olinishi, nomenklaturasi, ularda kimyoviy bog’ning tabiati bilan talabalarni tanishtirish. Ularning tibbiyotdagi o’rnini yoritish.
| -
Pеdagogik vazifalar:
-
Komplеks birikmalar to`g`risidagi ma'lumotlar bilan tanishtirish.
-
Komplеks birikmalarning turlarini ko`rsatib bеrish.
-
Komplеks birikmlarni nomlash bilan tanishtirish .
-
Komplеks birikmlarni eritmadagi holatini o`rganish
-
Komplеks birikmalarni farmatsiyadagi ahamiyatini tushuntirish.
|
O`quv faoliyatining natijalari:
talabalar biladilar:
-
Komplеks birikmalar molеkulyar formulasini aniqlash usullarini bilish;
-
Komplеks birikmalarning turlarini farqlay bilish;
-
Komplеks birikmalarda izomеriya hodisasini tushunish;
-
Komplеks birikmalarda kimyoviy bog`lanish tabiatini tushunish;
-
Komplеks birikmalarni farmatsiyadagi ahamiyatini tushunish;
|
Ta'lim usullari
|
Ma'ruza, tеzkor so`rov, amaliy hujum, pinbord
|
Ta'lim vositalari
|
Ma'ruza matni, o`quv qo`llanmalar, kompyutеr, slaydlar, ko`rgazmali matеriallarlar, skotch, qog`oz,
|
O`qitish shakllari
|
Ommaviy, jamoaviy
|
O`qitish shart-sharoiti
|
Maxsus tеxnik vositalar bilan jixozlangan xona
|
Monitoring va baholash
|
Tеzkor so`rov, savol-javob
|
II. TA'LIMNING TЕXNOLOGIK XARITASI
Ta'lim shakli. Ish bosqichi
|
Faoliyat
|
|
o`qituvchiniki
|
talabalarniki
|
|
Ma'ruza: tayyorgarlik bosqichi
|
|
1-bosqich.
O`quv mashg`ulotiga kirish(3 daq)
|
1.1.Mashg`ulot mavzusi va maqsadini aytadi, talabalarning kutilayotgan natijalar еtkaziladi; Mashg`ulot ko`rgazmali ma'ruza shaklida borishini ma'lum qilinadi.
1.2. Aqliy hujum yordamida ushbu mavzu bo`yicha ma'lum bo`lgan tushunchalarning aytilishini taklif etiladi.
|
Tinglaydilar, yozib oladilar
Tushunchalarini aytadilar.
|
|
2-bosqich.
Asosiy bosqich
(70 daq)
|
2.1. Mavzu bo`yicha ma'ruza matni tarqatiladi va uning rеjasi, asosiy tushunchalar bilan tanishish taklif qilinadi.
Slaydlarni Pover point tartibida komplеks birikmalar haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtiriladi.
Komplеkslarning olinish usullari bеriladi.
|
O`qiydilar.
Tinglaydilar, rеaktsiya tеnglamalarini daftarga ko`chirib oladilar.
Savol bеradilar.
|
|
2.3. Komplеks birikmalardan tеzkor so`rov o`tkaziladi.
|
Savollarga tеzkor javob bеrishadi;
|
|
2.4. Komplеks birikmalarda kimyoviy bog`lanish tabiati tushuntiriladi.
|
Tinglaydilar, yozib oladilar. Savol bеradilar.
|
|
2.3.Komplеks birikmalarga tеgishli multimеdia matеriallari ko`rsatiladi.
|
Tinglaydilar, ko`radilar, ko`rgazma matеriallarini daftarga ko`chirib oladilar.
Savol bеradilar.
|
|
2.4. Komplеks birikmalarning eritmadagi holati va barqarorligi o`rganiladi.
|
Tinglaydilar, ko`radilar, rеaktsiya tеnglamalarini daftarga ko`chirib oladilar.
Savol bеradilar.
|
|
2.5. Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalarni takrorlash maqsadida pinbord usulidan foydalaniladi.
|
Asosiy tushunchalar muhokama qiladilar. Ma'lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
|
3-bosqich.
Yakuniy
(7 daqiqa)
|
Mavzu bo`yicha yakun qiladi, olingan bilimlarni kеlgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e'tibori qaratiladi.
Mustaqqil ish uchun topshiriq bеriladi.
Savollarga javob bеradi
|
Savollar bеrishadi
|
|
Tayanch so’zlar: kompleks birikmalar,ligandlar,koordinatsion son, ichki va tashqi sfera, kompleks birikmalarning dissotsilanishi va fazoviy tuzilishi.
Adabiyotlar:
1. Q. A. Ahmerov, A. T. Jalilov, Umumiy va anorganik kimyo, Tashkent,2006,390 b.
2.Anorganik kimyo: Farmatsiya-57230500-bakalavriyat ta’lim yo’nalishi uchin darslik)|H.R.To’xtayev (va bosqalar); O’zROliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.-T.:”Noshir”,20011.-520 b.
3.Umumiyvaanorganikkimyodanamaliymashg’lotlar.Farmatsevtikainstitutetalabalariuchun/ mualliflar: S.N.Aminov, R.Aristanbekov, H.R.To’xtaevvaboshqalar, Toshkent,2005. 368 b.
5.N.A.Parpiyev,A.G.Muftaqov,H.R.Rahimov , Anorganikkimyo- Toshkent. ”O’zbekiston”, 2003.-428 b.
6.N.S.Axmetov,Obshaya i neorganicheskya ximiya. Uchebnik dlya VUZov,
Vыsshaya shk. 1981. 679 s.
7.N.L.Glinka,Obshaya ximiya. Uchebnoe posobie dlya VUZov.- L.Ximiya
1980, 780 s.
Kompleks birikmalar
Kompleks birikmalar markaziy atomdan va ligandlar tutgan murakkab birikmalardir. Ular eritmada kompleks kation yoki anion, ba’zan neytral molekulalar hosil qiladi.
Yangi kimyoviy bog’ hosil qilmasdan yoki yangi elektron jufti yuzaga kelmasdan oddiy molekulalardan murakkab molekulalar hosil bo’lishi kompleks birikmalarni yuzaga keltiradi. Kompleks birikmalarda olingan va berilgan elektronlarning soniga qarab valentlikni bilib bo’lmaydi.
Kimyo tarixida birinchi marta olingan kompkeks birikma 1798 y. Tasser tomonidan olingan bo’lib, bu birikma [Co(NH3)6]Cl3hisoblanadi.
Kompleks birikmalar ikkita polyar molekulalarning o’zaro ta’siridan hosil bo’lishi mumkin.
1. Ammik gaz , vodorod xlorid ham gaz, lekin hosil bo’lgan kompleks birikma ammoniy xlorid qattiq moddadir:
NH 3 + HCl = [NH4]Cl
2.Kalsiy xlorid va ammiak ta’siridan hosil bo’lgan murakkab modda kompleks hisoblanadi:
CaCl2 + 8NH 3 = [Ca(NH3 )8]Cl2
Kristall
Ba’zan kompleks birikmalar hosil bo’lishida keskin rang o’zgarishi sodir bo’lib, cho’kma eritmaga o’tadi:
CuCl2 + 2NH4OH = Cu(OH)2¯ + 2NH4Cl
Agar havo rang cho’kmaga mo’l miqdorda NH4OH qo’shsak, cho’kma eriydi va ko’kish- siyoh rangdagi eritma hosil bo’ladi:
Cu(OH)2¯ + 4NH4OH = [Cu(NH3)4](OH)2 + 4H2O
to’q ko’kranglieritma
Ba’zan komleks birikmalar hosil bo’lishida cho’kmalar eritmaga o’tadi:
Fe(CN)2 + 4KCN = K4[Fe(CN)6] sariqqontuzi
Fe(CN)3 + 3KCN = K3[Fe(CN)6] qizil qon tuzi
3. Agar reaksiya sharoiti o’zgartirilsa ham kompleks birikmalar hosil bo’lib:
CrCl3 + 6H2O -® [Cr(H2O)6]Cl3
bu kompleks birikma ko’k binafsha rangli. Undan bir molekula suv ajralsa, to’q yashil rangli birikma:
[Cr(H2O)5Cl]Cl2
yana bir mol suv ajralsa och-yashil rangli birikmaga aylanadi:
[Cr(H2O)4Cl2]Cl
Ko’rinib turibdiki, sharoit o’zgarishi bilan komleks birikmalarning molekulyar formulasi va xossalarida o’zgarish ro’y beradi. Shunday qilib bir kompleks ikkinchisiga o’tadi.
4. Suvsiz eritmalardagi almashinish reaksiyalari orqali kompleks birikmalar olish so’ngi paytlarda keng ko’lamda ishlatilmoqda. Odatda kompleks hosil qiluvchi metal ionlarining suvga moyilligi yuqori bo’ladi.Ligandlard bo’lsa suvda eruvchanlik xossasi oz. Agar xrom(III) xloridga suvli eritmada etilendiamin (En) ta’sir ettirilsa quyidagi birikma hosil bo’ladi:
[Cr(H2O)6]Cl3+3 En = [Cr(H2O)3(OH)3] ¯ + 3EnHCl
siyoh rang yashil rang
Agar shu reaksiya suvsiz CrCl3 va En orasida efirda olib borilsa juda oson kompleks hosil bo’lishi kuzatiladi:
CrCl3 + 3 En = [Cr(En)3] Cl3
Qizil sariq rangli
5. Erituvchilar ishtirokisiz kompleks birikmalar olish ham ko’p qo’llaniladi. Agar ligand suyq bo’lsa va ko’p miqdorda olinsa, shu ligand erituvchi bo’lib xizmat qiladi. Masalan, [ Ni(NH3)6]Cl2 shu usulda olinishi mumkin, lekin bu compels ko’pincha suvli ammiak eritmasidan sintez qilinadi. Biroq [Cr(NH3)6]Cl3 olish uchun suvli eritma yaramaydi, chunki bu holda Cr(OH)3 hosil bo’lib qoladi.
6.Qattiq holatda bo’lgan kompleks birikmalarning termik parchalanishi orqali ham kompleks birikmalar olinadi.Ana shunday usulni qo’llash orqali 250 oS da qizdirish orqali trans- [PtA2X2] olinadi:
[Pt(NH3)4]Cl2 = trans[Pt(NH3)2Cl2] +2NH3
oq sariq
7. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ham kompleks birikmalar olish usullaridan biridir. Kobaltning (II) birikmalari kobalt(III) birikmalari olishda doim xom ashyo hisoblanadi. Kobalt (II) akva komplekslari uning(III) valentli amminli kompleksrga o’tkaziladi:
4[Co(H20)6]Cl2+4NH4Cl+20NH3+ 02 = 4[Co(NH3)6]Cl3+26H20
och pushti jigar rangli
Bundan tashqari kompleks birikmalar olishda katalizatorlar ishlatish, metal-ligand bog’ini uzmasdan kompleks birikmalar olish, va sis, trans izomerlar olish usullarini ham foydalanish mumkin.
Kompleks birikmalar asoslar, kislotalar, tuzlar holatida bo’lishi mumkin. Ular ichida elektrolitmas moddalar ham bor.
Asoslar Kislotalar Tuzlar
[Ag(NH3)2 ]OH H[AuCl4] [Ni(NH3)4]SO4
[Cu(NH3)2](OH)2 H2[SnF6] Na3[AlF6]
[Ni(NH3)4](OH)2 H2[PtCl6] K3[Fe(CN)6]
Elektrolitmas moddalar: [Pt(NH3)2Cl2], [Ni(CO)4], [Fe(CO)5].
1. Verner nazariyasi
Kompleks birikmalarning tuzilishini 1893 yilda shved olimi Alfred Verner o’zining koordinatsion nazariyasida tushuntirdi. Bu nazariyaga ko’ra:
1. Ko’pchlik elementlar asosiy valentliklaridan tashqari qo’shimcha valentliklarni ham namoyon etadi;
2. Har qaysi element o’zining asosiy va qo’shimcha valentliklarini to’yintirishga intiladi;
3. Markaziy atomning qo’shimcha valentliklari fazoda ma’lum yo’nalishga ega bo’lishga intiladi.
Kompleks hosil qiluvchi ion yoki atom atrofida u bilan bog’langan ma’lum sondagi anionlar yoki neytral molekulalar bilan o’ralgan . Bu anion yoki neytral molekulalar ligandlar deyiladi. Ularning soni esa, koordinatsion son (k.s.) deyiladi.Kompleks birikmalarda koordinatsion son qiymati 2-12 chegarasida bo’ladi.
Kompleks birikmalar markazida kompleks hosil qiluvchi ion bo’ladi. Kompeks hosil qiluvchi ion, odatda metall ionlari(Ag+, Cu2+, Cr3+, Fe2+, Fe3+, Pt2+, Pt4+ va boshqalar), yoki metallmaslar atomlari (N, Si, B, O) bo’lishi mumkin.
Kompleks hosil qiluvchi bilan bevosita bog’langan neytral molekulalar (H2O, NH3, CO, NO, Cl2, I2, va boshqalar), shuningdek ionlar (F-, Cl-, SO42-, NO2- , NO3-, OH-, CN-, CNS-, S2O3-, CO32-, C2O42- va boshqalar) olinishi mumkin.
Kompleks hosil qiluvchi ion va ligandlar ichki sferani tashkil etadi [Me(L)n] va ichki sfera kvadrat qavs ichiga olinadi.
Ichki sferaga kirmagan ionlar tashqi sferani tashkil etadi.
Kompleks birikmanining formulasini yozish uchun:
1) kompleks hosil qiluvchi ionning zaryadini;
2) ligandlarning zaryadini;
3) koordinatsion sonni;
4) tashqi sfera ionlarini bilish kerak.
Kompleks hosil qiluvchi ionlar asosan D.I.Mendeleev davriy jadvalidagi d -elementlarning ionlaridir. Ular: Ag 1+, Au1+, Au 3+ , Cu2+ , Cu1+, Zn 2+, Cd 2+ , Co2+ , Ni 2+ , Fe2+ , Fe 3+ , Pt 2+ , Pt 4+ , Pd 2+ , Pd 4+ . Ligandlar sifatida:
a) dipol xarakterga ega bo’lgan molekulalar: H2O, NH3, NO, CO , N2H4, NH2C2H4NH2 va boshqalar;
b) ionlar ham olinib, odatda ular kislotalarning qoldiqlaridir: SN-, NO 2 - , Cl - , Br- , I - , OH- , CO32- , SO4 2- ,CH3COO - , SO32- , PO4 3- , CNS- , CrO42- ;
Ligandlarning kompleks hosil qiluvchi ion atrofida nechta joyni egallashiga qarab ularning dentantligi yoki koordinatsion sig’imi aniqlanadi. Monodentant ligandlar, odatda bir valentli kislota qoldiqlaridir. Ular metall ioniga bir juft elektron berib donor-akseptor bog’ hosil qiladi.
Bidentant ligandlarga ikki valentli kislota qoldiqlari kirib, ularga etilendiamin (NH2-CH2CH2NH2), glisin yoki aminoasetat (NH2CH2COO-), oksalat ioni va boshqalar kiradi. Tetradentant ligand sifatida etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi (trilon B) olinishi mumkin:
Ichki sferadagi neytral molekulalar yoki ionlar ya’ni ligandlar sekin-asta boshqa ligandlarga almashinishi mumkin. Masalan: [Co(NH3)6]Cl3 molekulasidagi ammiak NO2- ionlariga almashinishidan [Co(NH3)5 NO2]Cl2, [Co(NH3)4Cl(NO2)]Cl, K [Co(NH3)2(NO2)4], K 3[Co(NO2)6] lar hosil bo’ladi.
Bunda kompleks birikma ichki sfera zaryadi 3+ dan 3- ga o’zgaradi. [Co(NH3)6]3+ dan [Co(NO2)6]3- ga aylanadi.
2. Kompeks birikmalarning nomlanishi
Kompleks birikmalarda tuzlarga o’xshash dastlab kation, so’ngra anion nomlanadi. Agar ligandlar bir necha marta takrorlansa grekcha di(2), tri(3), tetra (4), penta(5), geksa(6) so’zlari ishlatilib, avval manfiy zaryadli ligandlar, keyin neytral ligandlar o’qiladi.
Manfiy zaryadli ligandlar oxiriga “ o” qo’shimchasi qo’shiladi. F- - ftoro, Cl- - xloro, Br- -bromo,I- -iodo, CN- - siano, SO42- -sulfato, S2O32- -tiosulfato, CO32--kabonato, CH3COO--asetato,OH- -gidrokso, -O-O- -perokso, H—gidrido va hokazo. Neytral ligandlar suv –akva, ammiak – ammin, CO- karbonil, NO-nitrozil, I2-iodo, S-tio va hokazo.
Kompleks birikmalar kompleks ion zaryadiga qarab kation, anion va neytral komlekslarga bo’linadi.
Kation komplekslarni nomlashda dastlab ligandlar soni va nomi o’qilib, so’ngra kompleks hosil qiluvchining o’zbekcha nomi o’qiladi va qavs ichida uning valentligi yoki oksidlanish darajasi ko’rsatiladi. Ligandlarni nomlashda avval anion, so’ngra neytral ligandlar va oxirida tashqi sfera ionlari o’qiladi. Ular ikki so’zni hosil qiladi, masalan, [Cu(NH3)4]SO4 – tetramminmis(II) sulfat;
[Pt(NH3)5Cl]Cl3 -xloropentaamminplatina(IV) xlorid;
[Co(NH3)5Br]SO4 –bromopentaamminkobalt (III) sulfat.
Agar markaziy atom o’zgarmas oksidlanish darajasiga ega bo’lsa (Ag, Al, Mg, Zn) uning valentligi ko’rsatilmasa ham bo’ladi:
[Ag(NH3)2]NO3 diamminkumush nitrat;
[Al(H2O)6]Cl3 geksaakvaalyuminiy xlorid.
Anion komplekslarni nomlashda dastlab tashqi sfera kationi o’qilib, so’ngra ligandlar soni va nomi o’qiladi. Oxirida kompleks hosil qiluvchining lotincha nomiga - at qo’shimchasi qo’shiladi va oksidlanish darajasi ko’rsatiladi. Anionlarni nomlashda dastlab oddiy anion, keyin esa ko’p atomli anionlar aytiladi. Masalan:
K[Ag(CN)2] -kaliy disianoargentat;
K3[Fe(CN)6] - kaliy geksasianoferrat(III);
K4[Fe(CN)6]- kaliy geksasianoferrat(II);
H[CuCl2] -vodorod dixlorokuprat(I);
K2[Be(OH)4] – kaliy tetragidroksoberillat (II);
Na[BiJ4] - natriy tetraiodovismutat (III);
(NH4)2[Pt(OH)2Cl4] – ammoniy tetraxlorodigidroksoplatinat(IY);
Ba[Cr(NH3)2(SCN)4]2 - bariy tetrarodanidodiamminxromat(III).
Neytral kompleks birikmalarni nomlashda dastlab ligandlar soni va nomi o’qilib, songra markaziy atom o’qiladi, lekin uning valentligi yoki oksidlanish darajasi ko’rsatilmaydi. Neytral komplekslar bir so’z bilan nomlanadi.Masalan:
[Cr(H2O)3PO4] – fosfatotriakvaxrom;
[Cu(NH3)2(SCN)2] – dirodanidodiamminmis;
[Fe(CO)5] – pentakarboniltemir;
[Pt(NH3)2Cl4]-tetraxlorodiamminplatina.
3 Kompleks birikmalarning molekulyar tuzilishini aniqlash
Kompleks birikmalarning tuzilishini bir necha usul bilan aniqlash mumkin.
Almashinish reaksiyasi orqali quyidagi komplekslarning tuzilishi aniqlangan:
Agar CoCl3*5NH3 birikmaga sovuq holda kumush nitrat ta’sir ettirilsa 2 mol AgCl cho’kadi. Bu esa kompleks birikma formulasi [Co(NH3)5Cl]Cl2 bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.
Tarkibida 1 mol PtCl4 6NH3 tutgan eritmaga ortiqcha miqdorda AgNO3 eritmasidan qo’shilsa, 4 mol AgCl cho’kmaga tushgan. Demak, hamma Cl - ionlaritashqisferadajoylashgan.
[Pt(NH3)6]Cl4 « [Pt(NH3)6] 4+ + 4Cl-
geksaaminplatina (IY) xlorid
Agar CrCl3* 6H2O eritmasiga ortiqcha AgNO3 qo’shilsa, 3 mol AgCl cho’kmagatushgan. Demak, kompleks quyidagi formulaga ega:
[Cr (H2O)6] Cl3« Cr (H2O)63++3Cl-
Geksaakvaxrom(III) xlorid
PtCl4 *2NH3 eritmasiga kumush nitrat eritmasidan qo’shilsa, cho’kma hosil bo’lmaydi, chunki xlor ionlarining hammasi ichki sferada joylashgan.
[Pt(NH3)2 Cl4] diamintetraxloroplatina –neytral kompleksdir.
PtCl4* 2KCl eritmasida ham kumush nitrat ta’siridan cho’kma hosil bo’lmagan. Demak, barcha xlor ionlari ichki sferadadir:
K4[PtCl6] = 2K+ + [PtCl6] 2-
kaliy geksaxloroplatina (IY)
Bundan tashqari kompleks birikmalarning tuzilishini molyar elektr o’tkazuvchanlik (m) va rentgenstrukturaviy tahlil orqali ham aniqlash mumkin.
1 mol modda eritmasining elektr o’tkazuvchanligi molyar elektr o’tkazuvchanlik deyiladi. Uning birligi Om-1*sm2mol-1 ga teng.
m - qiymati 500 bo’lishi (26 jadval) uni tarkibidagi ionlar soni 5 ta ekanligini ko’rsatadi. [Pt(NH3)6]Cl4 yoki K4[(Fe(CN)6]–shu formulaga javob beradi. [Pt(NH3)5Cl]Cl3 –da yoki [Cr(H2O)6]Cl3 da ionlar soni 4 m - 400 ga teng. K2[PtCl4] dan [Pt(NH3)2Cl4] ga o’tgan sari m - ning qiymati kamayib bo’radi.
Ko’pincha kompleks birikmalar tuzilishini aniqlashda bir necha usullar ishlatiladi va ular bir-birini to’ldiradi. Masalan, molyar elektr o’tkazuvchanlik orqali PCl5*ReCl5(P-fosfor;Re-reniy) kompleksida ikkita ion borligi aniqlangan. Shu asosda birikmaning formulasi [PCl4]+[ReCl6]- deb taxmin qilingan, shu moddaning infra-qizil spektrini olish ana shunday formula to’g’riligini tasdiqlagan.
Kompleks birikmalarning krioskopik usulda molekulyar massasini eritmada aniqlash orqali tuzilishini tasdiqlash keng ishlatiladi. Bu moddalarning infra-qizil, ultra-binafsha, elektron spektrlarini, hamda yadro-magnit rezonans usuldagi tekshiruv usullarini ishlatib molekulyar tuzilishi yanada oydinlashtiriladi.
Ayniqsa infra-qizil spektrda adabiyotlar tahlili birikmalarda qanday koordinatsiya uzaga kelganini ham aniqlab berishi mumkin. Masalan, nitrit ionida koordinatsiya kislorod atomi orqali sodir bo’lsa infra-qizil spektrda 1460 sm-1 va 1065 sm-1 xos belgilar kuzatilsa, agar koordinatsiya azot orqali bo’lsa 1430,1315 va 825 sm-1 da yutilish manbalari kuzatiladi.
Rentgenostrukturaviy usulda kompleks birikmalarni tahlil qilish uchun kompeks birikmasini anchagina katta kristalli olingan bo’lishi kerak. Shunda kristall moddada joylashgan atom va molekulalarning joylanish tartibini aniqlash mumkin.
Kompleks hosil qiluvchi ionning koordinatsion soni o’zgarmas qiymat emas, ayni ligandning tabiatiga bog’liq, uning elektrik xossalari bilan belgilanadi. Bundan tashqari koordinatsion son ayni kompleks hosil qiluvchi va ligandning agregat holatiga, kontsentratsiyasiga va ular orasidagi ta’sirga ham bog’liq.
4. Kompleks birikmalarning turlari
Kompleks birikmalar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Ammiakatlar - ularda ligandlar rolida ammiak va aminlar ishtirok etadi.
[Cu(NH3)4]SO4, [Ag(NH3)2]Cl, [Ni(NH3)4]SO4, K3[Co(NH3)6]. Qyuyida geksaamminkobalt(III) va koordinatsion son 6 bo’lganda komplekslarning fazoviy tuzilishi keltirilgan(23-rasm).
2. Akvakomplekslar - ligandlar vazifasini suv molekulasi o’taydi.
[Co(H2O)6]Cl3 - geksaakvakobalt (III) xlorid
[Al(H2O)6]Cl3 - geksaakvaalyuminiy (III) xlorid
[Cr(H2O)6](NO3) 3-geksaakvaxrom(III) nitrat
[Co(NH3)6]Cl3-geksaammnkobalt(III)xlorid
23-rasm. Koordinatsion son 6 bo’lgandagi amminlarning tuzilishi.
Ba’zi kristall holidagi akvakomplekslar tarkibiga kristallizatsiya suvi ham kiradi. Kristallizatsiya suvlari bo’sh bog’langani uchun qizdirilsa chiqib ketadi.
[Cu(H2O)4]SO4*H2O- tetraakvamis (II) –sulfat gidrati
[Fe(H2O)6]SO4 *H2O- geksaakvatemir(II)-sulfat gidrati.
3. Asidokomplekslar-ligandlari kislota qoldig’i bo’lgan kompleks birikmalar.
K4[Fe(CN)6]- kaliy geksatsianoferrat (II)
K2[Pt(NO2)6] - kaliy geksanitritoplatinat (IY)
Ularning tarkibi qo’shaloq tuzlarga o’xshaydi.
K 4[Fe(CN)6] Fe(CN)2 *4KCN
K3 [Fe(CN)6] Fe(CN)3*3KCN
K 2[PtCl6] PtCl4*2KCl
K2[PtCl4] PtCl2*2KCl
4. Kompleks kislotalarda tashqi sferada vodorod ioni bo’ladi:
H 2[SiF 6] - geksaftorosilikat kislota
H 2[CoCl4] - tetraxlorokobaltat kislota
H 2[PtCl6] - geksaxloroplatinat kislota
5. Gidroksokomplekslarda ligand gidroksil ionidan iborat:
Na2[Sn(OH)4] - natriy tetragidroksostannat (II)
Na3[Al(OH)6] - natriy geksagidroksoalyuminat (III)
Na[Al(H2O)2(OH)4] - natriy tetragidroksodiakvaalyuminat (III)
6. Siklik yoki xelat kompleks birikmalar. Ular tarkibida ikki va ko’p dentantli ligandlar bo’ladi. Masalan, etilendiamin [Cu(NH2CH2CH2NH2)2]Cl2 va glisinning mis(II) bilan hosil qilgan kompleks birikmalari(24- rasm) ana shu komplekslarga misol bo’la oladi:
Cu(OH)2 + 2NH2CH2COOH = [Cu(NH2CH2-COO)2] + H2O
24-rasm. Dietilendiaminomis(II) va diglisinatomis(II) komlekslarining hosil bo’lish sxemasi.
Siklik yoki xelat komplekslar oksalatlardan ham hosil bo’ladi:
¤ O-C=O NH 2-CH2
Me │ │ (En)
\ O-C=O NH 2-CH 2
K3[Fe(C2O4)3] - kaliy trioksalatoferrat (III)
[Pt(En)3]Cl4 - tri(etilendiamin)platina (IY) xlorid
Trilon B - etilendiamintetrasirka kislotaning natriyli tuzi mis bilan kompleks birikma hosil qiladi:
Xelat kompleks birikmalar analitik kimyoda ishlatiladi. Xelat komplekslar organizmdan og’ir metallarni olib chiqib ketishda amaliy ahamiyatga ega(25-rasm).
25- rasm. Trilon B asosidagi xelat komplekslarning Hg2+ ionlarining ushlab qolishi va organizmdan olib chiqib ketishi.
Kompleks hosil qiluvchi ionlar o’rnida metallmaslar bo’lgan birikmalar. Bunday birikmalar juda ham ko’p. Kompleks hosil qiluvchi ionlar sifatida quyidagi metalmaslarni olish mumkin: azot, bor, kremniy, kislorod, fosfor, iod va boshqalar. Masalan, [NH4]Cl-ammoniy xlorid, [N2H4]Cl2 –gidrazin digidroxlorid, [NH4]OH- ammoniy gidroksid, Na[BF4]- natriy tetraftorborat, Na[BH4]-natriy tetragidroborat, H2[SiF6]- vodorod geksaftorosilikat, [H3O+]-gidroksoniy ioni, H[PF6]- vodorod geksaftorofosfat, K[I3]- kaliy triyodat, K[I5]-kaliy pentayodat va hokazo.
5. Kompleks birikmalarning eritmadagi barqarorligi
Kompleks birikmaning ichki va tashqi sferalarining barqarorligi bir-biridan keskin farq qiladi. Kompleks birikmalarda tashqi sferada turadigan ionlar elektrostatik ta’sir kuchlari orqali bog’langan, shuning uchun suvli eritmalarida ichki va tashqi sfera ionlariga to’la dissotsiatsiyalanadi:
[Cu(NH3)4]SO4 = [Cu(NH3)4]2+ + SO42-
K4[Fe(CN)6] = 3K+ + [Fe(CN)6]3-
Ichki sferadagi ligandlar markaziy atom bilan kuchli bog’langan bo’lib, ular kuchsiz elektrolitlarga o’xshab oz miqdorda dissotsiatsiyalanadi:
[Cu(NH3)4]2+ = Cu2+ + 4NH3
[Fe(CN)4] 3- = Fe 3+ + 6CN-
Kompleks ionning dissotsiatsiyasiga massalar ta’siri qonunini tatbiq etish mumkin.
[Cu2+ ] [NH3] 4 [Fe3+ ] [CN - ] 6
K beq =-------------- -------- K beq = -------------------
{ [Cu(NH3)4]2+} {[Fe(CN)6]3-}
Kompleks hosil qiluvchi ion va ligandlar kontsentratsiyalari ko’paytmasining kompleks ion kontsentratsiyasiga nisbati beqarorlik konstantasi deyiladi. Beqarorlik konstantasining qiymati qancha kichik bo’lsa, kompleks birikma shuncha barqaror bo’ladi(26-jadval). Beqarorlik konstantasi qiymatiga kora eng barqaror kompleks birikma sifatida [Co(NH3)6]Cl3 va K3[Fe(CN)6 ] olsa bo’ladi. Kumushning komplerks birikmalari ichida eng barqarori [Ag(CN)2]- , eng beqarori esa [Ag(NO2)2]- ekan.
Kompleks birikmalarning barqarorligini xarakterlash uchun oxirgi vaqtda beqarorlik konstantasi o’rniga barqarorlik konstantasi qo’llaniladi. Beqarorlik konstantasining teskari qiymati barqarorlik konstantasi deyiladi.
{ [Cu(NH3)4]2+} 1
K barkarorlik = ---------------------- = -------
[Cu 2+ ]* [NH3]4 K beqaror
K barqarorlik qancha katta qiymatga ega bo’lsa, kompleks birikma shuncha mustahkam bo’ladi.
Beqarorlik konstanasi qiymatlaridan foydalangan holda bir kompleks birikmadan ikkinchisiga o’tish mumkin, faqat hosil bo’lgan kompleks birikma dastlabkisidan barqaror bo’lishi kerak:
[Ag(NH3)2]Cl+ 2 KCN = K[Ag(CN)2]+KCl+2NH3
Agar kadmiy tuzlari eritmasiga ishqor qo’shilsa Cd(OH)2, vodorod sulfid qo’shilganida esa kadmiy sulfid (CdS) cho’kmaga tushadi. Tarkibida o,1 mol/l KCN 0,05 M K2[Cd(CN)6] eitmasiga ishqor qo’shilganda cho’kma tushmaydi, lekin vodorod sulfid qo’shilganida cho’kma tushishini sababi quyidagicha izohlanishi mumkin.
[Cd2+][OH-]2>EK(Cd(OH)2) = 4,5*10-15
[Cd2+][S2-]> EK(CdS)=8*10-27
Berilgan sharoitda kompleks birikma eritmasidagi kadmiy ionlari konsentratsiyasini hisoblaymiz:
[Cd(CN)4]2- = Cd2++4CN- ;K beqar.[Cd(CN)4]2-= 7,8*10-18
K beqar*[Cd(CN)42-] 7,8*10-18*0,05
[Cd2+]= ---------------------------=------------------=3,9*10-15 mol/l
[CN-]4 (0,1)4
Kadmiy gidroksid hosil bo’lishi uchun zarur bo’lgan OH- ionlari konsentratsiyasini hisoblaymiz:
Demak, eritmada OH- ionlarining konsentratsiyasi 1 mol/l dan kam bo’lsa, cho’kma hosil bo’lmaydi.Shuning uchun OH- ionlarining qo’shilishi cho’kma hosil bo’lishiga olib kelmaydi.
Bu muvozanat kompleks birikma hosil bo’lish tarafiga surilgan. CdS hosil bo’lishi uchun zarur bo’lgan sulfide ionlari konsentratsiyasini hisoblaymiz:
Bunday konsentratsiyadagi sulfid ionlari CdS hosil qilib cho’kmaga tushadi. Shuning uchun muvozanat cho’kma hosil bo’lish tarafiga surilgan:
Kompleks birikmalarni analitik kimyoda kation va anionlarni tahlil qilishda qo’llanishi ham komleks birikmalarning barqarorlik doimiyligiga asoslanadi.Bunday hisoblashlar eritma ionlarini boshqa ionlarni ochishga xalaqit bermasligi uchun niqoblashda ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |