Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi anorganik kimyo



Download 0,63 Mb.
bet18/192
Sana22.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#573736
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   192
Bog'liq
anorganik kimyo

KIMYOVIY REAKSIYALAR TEZLIGI
Kimyoviy reaksiyalar gomogen va geterogen reaksiyalarga bo’linadi. Gomogen reaksiyalar bir jinsli muhitda boradi (masalan gaz fazada yoki eritmada). Geterogen reaksiyalar har xil fazalarda boradi (masalan qattiq va suyuq, qattiq va gaz, suyuq va gaz).
Kimyoviy reaksiyalarning tezligi deganda hajm birligida vaqt birligi ichida sodir bo’ladigan to’qnashishlar soniga aytiladi. Reaksiya tezligi odatda reaksiyaga kirishayotgan yoki hosil bo’layotgan moddalardan birortasining kontsentrasiyasini vaqt birligi ichida o’zgarishi bilan xarakterlanadi.
Reaksiyaning tezligi to’g’risida sistemaning biror-bir xossasi o’zgarishi (elektr o’tkazuvchanligi, rangi, bosimi, spektri) bilan fikr yuritish mumkin. Agar t 1  vaqtdan tvaqtgacha reaksiyaga kirishuvchi moddalardan birortasining kontsentrasiyasi S1 dan S2 ga o’zgarsa, t1 dan t2 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida reaksiyaning o’rtacha tezligi :
S- S1  S
V = ------- =  ---- formula bilan ifodalanadi.
- t  t
Reaksiya tezligi musbat ishorali bo’lishi kerak. Shu sababli, reaksiyaga kirishayotgan modda kontsentrasiyasi vaqt o’tishi bilan kamayib borganligi uchun kontsentrasiya o’zgarishi manfiy qiymat bilan olinadi. Reaksiya davomida moddalarning kontsentrasiyasi beto’xtov o’zgarganligi uchun reaksiyaning ayni vaqtdagi tezligini, ya’ni haqiqiy tezligini bilish ahamiyatga ega. Haqiqiy tezlik formulasi:
dC
V =  ----
dt
Agar reaksiya tezligi reaksiya mahsulotlari kontsentrasiyasini o’zgarishi bilan aniqlansa, hosilaning oldiga (+) ishora qo’yiladi.
Reaksiyaga kirishuvchi modda kontsentratsiyasining vaqt
birligi ichida o’zgarish grafigi
Har bir vaqtdagi haqiqiy tezlik shu nuqtadan o’tkazilgan urinmaning absissa o’qi bilan hosil qilgan burchagi tangensiga teng.
V = tg 
Kimyoviy reaksiyaning tezligi moddalarning tabiatiga, ularning kontsentrasiyasiga, haroratga, katalizatorga bog’liq.
Reaksiya tezligiga kontsenratsiyaning ta’sir etishiga sabab shuki, moddalar orasida o’zaro ta’sir hosil bo’lishi uchun reaksiyaga kirishayotgan moddalarning zarrachalari bir-biri bilan to’qnashadi. Lekin to’qnashishlarning hammasi ham kimyoviy reaksiyaga olib kelavermaydi, barcha to’qnashishlarning oz qismigina reaksiyaga olib keladi.
Vaqt birligi ichida ro’y beradigan to’qnashishlarning soni o’zaro to’qnashayotgan zarrachalarning kontsentrasiyalariga proportsional bo’ladi.
Bu son qanchalik katta bo’lsa, moddalar orasidagi o’zaro ta’sir shunchalik kuchli bo’ladi, ya’ni kimyoviy reaksiya shunchalik tez boradi. Reaksiya tezligiga kontsentrasiyaning ta’siri massalar ta’siri qonunida o’z ifodasini topgan.
Massalar ta’siri qonuni. 1867 yilda norvegiyalik olimlar Guldberg va Vaagelar tomonidan ta’riflangan:" Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar kontsentrasiyalari ko’paytmasiga to’g’ri proportsional".

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish