Anorning kelib chiqishi – vatani Ozarbayjon, Eron, Afg`oniston hisoblanadi. O’zbekistonda ha’m juda qadimdan ekiladi.
Anor, asosan, O’zbekistonda, Ozarbayjonda, Krasnodar o`lkasida, Qrimda,
Janubiy Qozog`istonda va Dog’istonda keng tarqalgan. Hozirgi madaniy anor uning
yovvoyi turidan selektsiya yo`li bilan chiqarilgan. Pishgan mevasi tarkibida 15-19%
shakar, 1,2-2,6 % kislotalar, sharbatida esa shifobaxsh temir hamda ko`p miqdorda
tannin moddasi bo’ladi (Hojimatov va b., 1995).
O’rta Osiyoda anor 2000 yillardan beri ekilib kelinayotgani haqida
ma’lumotlar bor. Sobiq Ittifoq davrida anorzorlarning 25 % idan ko`prog`i
O’zbekistonda joylashgan (Haydarov va b., 1976). O’zbekistonda ko`p yillardan
beri anorzorlar barpo qilinib, uning maxsus navlari ekib kelinmoqda. Farg`ona
vodiysida, Surxondaryoning ayrim tumanlarida katta anorzorlar bor. Shuningdek,
anorzor bog’lar Farg`ona vodiysida katta maydonlarda barpo qilingan.
O’zbekistondagi boshqa viloyatlardagi anorzorlar yangi barpo etilgan bo`lib,
ularga standart navlar ekilgan. Bundan tashqari, O’zbekistonning tog’li hududlarida,
daryo bo’ylarida kichik changalzorlar paydo etib yovvoyi anor ham o’sadi.
O’zbekistonda anor maydonlari eng ko’p ekilgan viloyat – Surxondaryo viloyati
bo’lib, u O’zbekistondagi barcha anorzorlarning deyarli 37 % ini tashkil etadi.
Anor kichik daraxt yoki buta shaklida o`sib, bo`yi 2-5 m ga etadi, ildizi kuchli
Anor kichik daraxt yoki buta shaklida o`sib, bo`yi 2-5 m ga etadi, ildizi kuchli
rivojlangan bo’ladi. Yon tonomidan ko’plab ildiz bachkilarini chiqaradi. Novda-
shoxalari tikanli bo`ladi (Haydarov va b., 1976).
Anorning guli ikki xil: birinchisi – yirik, uzun ko’zachasimon urug`chisi
bo`ladi, u changdondan yuqorida yoki u bilan teng joylashadi va bu gullar meva
tugadi; ikkinchisi – mayda, urug`chisi kalta, qo`ng`iroqsimon shaklda bo`lib,
changdondan pastroqda joylashadi: bular meva tugmaydigan gullardir. Uzun
urug`chili gullar ko`pincha o`tgan yilgi novdalarda, kalta urug’chisi gullar esa shu
yilgi yosh, yangi novdalarda rivojlanadi. Gullari och qizil rangli bo`lib, novdalari
uchida, bittadan-beshtagacha bo’lib joylashadi, anor guli chetdan changlanadi.
Anor mevalari yirik, vazni 150-200 g dan 1-1,2 kg gacha bo`lishi mumkin.
To`liq pishgan vaqtda terib olinadi. Etilmagan vaqtida terib olinsa, saqlash davrida
etilmaydi. Mevalari pishganda o`z vaqtida terib olinmasa, yorilib ketadi.
Anor qishki sovuqqa chidamsiz, 15-16
o
C daraja sovuqda qattiq zararlanadi.
Shuning uchun qishda ko`mish tavsiya etiladi. Uni oktyabr oyi oxirlaridan boshlab
ko`miladi. Bunda shox-shabbasining orasiga somon, qamish, poxol yoki xashak
to`shaladi va poyachalari sekin bir tomonga yotqizilib, ustidan yana quruq xashak
to`shalib, 25-30 sm qalinlikda tuproq bilan ko’miladi.
Mart oyida kunlar isiy boshlashi bilan anor tuplari ochiladi. Shoh-shabbasi
kesiladi va shakl beriladi. Shu paytda ekib ko’paytirish uchun qalamcha
tayyorlanadi. Anor asosan qalamchadan ko`paytiriladi.
Anor har xil tuproqli erlarda o`sa oladi, biroq sizot suvlari chuqur joylashgan,
unumdor, suv bilan yaxshi ta`minlangan tuproqli erlarda yaxshi o`sib, yuqori hosil
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |