«Achchiq donak»- anor navi-Tashkent, Andijon, Surxondaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida standartga kiritilgan. Mo`l hosil beruvchi, mevasi oktyabr oyida pishadi va og`irligi 300-400 grammni tashkil qiladi.
Mevasining tarkibida 15% qand, 2,5% kislota bor, mevasini 2-3 oy saqlash mumkin.
«Bedana»- anor navi-po`stlog`i sariq, shirasi shaffob qizg`ish, shirin, sentyabr`ning oxirida uzub olinadi. Mevasi uzoq oraliqlarga yuborishga chidamli emas. (Matkarimov, Saburov , 1984).
Respublika hududida anorning boshqa navlari ham ekiladi. Umuman barcha anor navlari ham malum darajada yetarli hosil beradi, lekin anorning buta shoxlari qish oylarida tuproqga ko`miladi va bahorda qayta ochib olinadi. Shunday qilib subtropik o`simlik bo’lishidan qatiy nazar anor butun O`zbekiston sharoitida ekiladi va undan mo`l hosil olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |