“Chizma geometriya fanidan joriy nazorat (grafik ish) vazifalarini bosqichma-bosqich bajarish metodikasi (OTM misolida)” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
ANNOTATSIYASI
Tayanch so‘zlar: grafik ish, grafika, chizma, proyeksiya, oktant, ortogonal, epyur, shakl, ko’pyoqlik, sirt, egri chiziq, haqiqiy kattalik, Anonev to’ri, jipslashtirish.
Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Keyingi yillarda fundamental fanlarni, shu jumladan, «Chizma geometriya» fanini o‘qitishda va uning asoslarini texnika va qurilishda qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina masalalar tadqiqot ishiga kiritilgan. Endilikda shu o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilib kelingan «Chizma geometriya» fanini ham ba’zi yangi materiallar bilan to‘ldirish va grafik ish vazifalarni AutoCAD grafik dasturi yordamida bosqichma-bosqich bajarishning grafik va metodik ishlanmasini ishlab chiqish zaruriyati tug‘ildi. Mazkur tadqiqot ishi shu muammoni yechishga qaratilgan.
Tadqiqot obyekti va predmeti: ishning obyekti - Oliy ta’lim muassasalarida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga Chizma geometriya fanini o’qitish jarayoni bo’lib, predmeti - ushbu mavzuni o’qitish samarasini oshirish uchun xizmat qiluvchi o’quv omillaridir.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Ushbu ishning maqsadi - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga chizma geometriya fani bo’yicha grafik ish vazifalarini AutoCAD grafik dasturi yordamida sodda va qulay usulda bosqichma-bosqich bajarishni o’rgatish va ko’nikmalar berish, ularning o’zlashtirish samaradorligini oshirish. Vazifasi – pedagog o’qituvchilar uchun talabalarni chizma geometriya fani bo’yicha fazoviy tasavvurini rivojlantiruvchi va ijodiy fikrlashga undaydigan grafik ish vazifalarini tuzish va yechishning samarali usul va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
Ilmiy yangiligi: Oliy ta’lim muassasalarida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalariga bilim berish sifatini yanada oshirish maqsadida chizma geometriya fani bo’yicha grafik ish vazifalarining mazmun-mohiyatini takomillashtirish va undan foydalanish samaralari ko‘rsatib berilgan.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: chizma geometriya fani bo’yicha grafik ish vazifalarining mazmun-mohiyatini takomillashtirish jarayonida AKT vositalaridan samarali foydalanish orqali o’zlashtirish samarasini oshirish.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): chizma geometriya fani bo’yicha grafik ish vazifalarini bajarish metodikasi borasida yurtimizda ko’plab mutaxasislar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, Sh.Murodov va boshqalar hammuallifligida chop ettirilgan “Chizma geometriya” nomli kitobida chizm geometriya fani, uning maqsad-vazifalari, grafik ish vazifalari va ularni bajarishning samarali usullari bo’yicha batafsil tavsiyalar berib o’tilgan. Ushbu MDI ning o’rganilish darajasi talabalar bilimini oshishi va o‘qituvchi uchun qulay ko‘rinishda taqdim etilishi bilan qiyoslanadi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi: chizma geometriya fani bo’yicha grafik ish vazifalarini bosqichma-bosqich bajarish metodikasini ishlab chiqish. Grafik ish vazifalarini bosqichma-bosqich bajarish AutoCAD grafik dasturi yordamida tashkil qilinadi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan grafikaviy-metodik taklif va amaliy tavsiyalardan Respublikamiz OTMlarida chizmageometriya fanini o’qtishni takomillashtirish va uning samaradorligini rivojlantirishdagi rolini oshirishda foydalanish mumkin.
Ish tuzilmasining tavsifi: Magistrlik dissertatsiya ishi 167 betlik kompyuterlik matn, kirish, uch bob, xar bir bob bo‘yicha xulosa, 370 ta rasm, 2 ta jadval, 4 ta diagramma, 50 ta test, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat.
АННОТАЦИЯ
(ruscha)
ANNOTATION
(inglizcha)
Do'stlaringiz bilan baham: |