Kimyo darslarida zamonaviy texnologiyalar
Mehmonova Dilafro’z Arifovna
Toshkent viloyati Chirchiq shahar
21 maktab kimyo fani o’qituvchisi
+ 99891 189 24 21
ANNOTATSIYA: ushbu maqolada kimyo darslarida qo’llaniladigan zamonaviy texnologiyalar haqida yoritilgan.
KALIT SO’ZLAR: masofaviy ta’lim, so’zsiz sur’atni izohlash.
Bugungi zamon talabi o'z fikrini ravon va lo'nda, go'zal va ifodali bayon qiluvchi nutqiy savodxonligi yuqori bo'lgan o'quvchini shakllantirishdan iboratdir. O'quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatining rivojlanishi berilayotgan ta'lim sifatining samaradorligining yuqori bo'lishini ta'minlaydi, binobarin, erkin fikrlash barkamol shaxs sifatining bir ko'rinishi hisoblanadi.
Endilikda bu masalaning yechimi sifatida darslarda o'quvchining passiv tinglovchi bo'lib qolmay bevosita dars jarayonida faol ishtiroki ta'minlanishi, o'qituvchi esa ma'ruzachi emas, dars jarayoni va o'quvchilar faoliyatini
Yangi pedagogik texnologiya bo'yicha o'qituvchi ta'limni tashkil etadi, nazorat qiladi. Bu borada buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning quyidagi so'zlari fikrimizning dalili bo'la oladi: "Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko'p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadur".
Bizning ta'lim tizimimizda ham yetakchilik qilayotgan chet el didaktikasining interfaol metodlari - Munozara, Debat, O'z o'rningni top, Kichik guruhlarda ishlash, Tanqidiy fikrlash kabilarda bilish bilan birgalikda mustaqil o'z fikrini bayon qila olish ko'nikmalariga ahamiyat beriladi.
Bugungi kunda zamonaviy ta'lim jarayonida texnika taraqqiyoti mahsuli bo'lgan zamonaviy axborot texnologiyalari va uning moddiy asosi -kompyuter xizmatidan foydalanish elektron darslik va qo'llanmalardan, internet materiallaridan hamda masofadan o'qitishning dasturiy vositalaridan foydalanish davr taqozosi bo'lib qolmoqda.
Masofaviy o'qitish-davr ehtiyojidir. Chunki ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, o'qitish ishlarini jahon andozalariga moslashtirishni va eng samarali usullarga asoslanishini taqozo etmoqda. Masofaviy o'qitishda asosiy e'tiborni o'quv-uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratiladi. Chunki o'quv-uslubiy materiallarning sifati masofadan o'qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. Masofaviy ta'limda o'qituvchi topshiriqlar beradi, o'quvchi ko'rsatilgan manbalar bilan ishlab, topshiriqlarni bajaradi va o'qtituvchiga yuboradi.
O'qituvchi uni tekshiradi, zarur hollarda ko'rsatmalar beradi. Zamonaviy-onlayn ko'rinishidagi masofaviy ta'lim tizimida o'qituvchilarning o'quvchilarga beriladigan topshiriqlari internetdan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Bu tizim orqali ta'lim olayotgan o'quvchilarda zamonaviy va sifatli ta'lim berish ko'zlangan. Bu tizimni rivojlantirishning asosiy yo'llaridan biri, eng yangi dasturiy-texnik vositalarni ta'lim jarayoniga jalb qilishdir. Bunday tizimlar o'z tarkibiga kerakli iqtisodiy-nazariy materiallarni, uy vazifalarini, testlarni va yakuniy imtihonlarni qamrab oladi.
"So'zsiz suratni izohlash" metodi. O'quvchilarga faqatgina rasmlargina mavjud bo'lgan izohlarsiz suratlar jo'natiladi. Bu orqali ularning tasavvurlari kengayadi, ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Ona tili va o'qish fanlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish ko'nikmalari hosil bo'ladi. Bu metod orqali kimyo darslarida kimyoviy elementlarning formulalarini yod oldirish maqsadida foydalaniladi.
"Raqamlar so'zlaganda" metodi. Bu usuldan kimyo darslarida kimyoviy formulalardan foydalangan holda slayd ko'rinishida o'quvchilarga jo'natadi, eng tez va to'g'ri topgan o'quvchi rag'batlantiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Al-Beruniy. Javohirat.- T.: Meros, 1991.- 78 b.
2. Abdullayeva SH.A. Pedagogika darslik.-T.: Fan va texnologiyalar, 2016.-378 b.
3. Farberman B. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar.- T.: Fan, 2000.- 129 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |