Annotatsiya: Raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni



Download 23,04 Kb.
bet2/3
Sana25.01.2022
Hajmi23,04 Kb.
#410728
1   2   3
Bog'liq
Ix-60 Abdumurodov Ahrorjon Raqamli iqtisodiyot sharoitida xalqaro moliya tizimi va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish masalalari

Kalit so’zlar: Raqamli Iqtisodiyot,Xalqaro moliya tizimi, Kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar.

Iqtisodiy va texnologik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida namoyon bo‘layotgan raqamli inqilob insoniyat hayotini shiddat bilan o‘zgartirib, keng imkoniyatlar yaratish bilan birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv davrini boshlab berdi.“Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi bo‘lib 1995 yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan “Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da va xavf-xatar” (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga fundamental innovatsiyalar (yarimo‘tkazgichlar, protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va bog‘lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko‘rsatiladi.

Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o‘ziga xos tushuncha bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davrida bo‘lib, zamonamizning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi atiga bir necha o‘n yilni tashkil etadi.

Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
raqamli iqtisodiyot sharoitida mahsulotlarni izlash harajatlari keskin kamayadi,
chunki istalgan ma’lumotni online qabul qilish offline qabul qilishdan
osonroqdir;
raqamli iqtisodiyotdagi tovarlarning bir iste’molchi tomonidan iste’mol qilinishi
boshqa mahsulotlarga bo‘lgan talab va ularning sifatini pasaytirmaydi;
raqamli iqtisodiyotda mahsulotlarni tashish va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
tarqatish harajatlari nolga teng;

raqamli texnologiyalar yordamida iste’molchining xarakterini osonlik bilan


o‘rganish mumkin. Bu esa o‘z o‘rnida birga-bir (one to one) bozorlarni yaratadi;
raqamli texnologiyalar mahsulot brendi va nufuzini yaratishni ham
osonlashtiradi;
raqamli iqtisodiyotda savdo-sotiqlar elektron shaklda chegaralarni oson kesib
o‘tadi.

Dunyoda raqamli iqtisodiyot o‘sishining sur’atlari yiliga deyarli 20 foizni tashkil etmoqda. Taraqqiy etgan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 foizga yetgan. Ular hozirning o‘zida raqamli iqtisodiyotning joriy qilinishidan juda katta naf ko‘rishmoqda. Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlari yiliga 400 milliard AQSh dollaridan ko‘proq raqamli xizmatlarni eksport qilmoqda. Mazkur davlat yalpi ichki mahsulotining 5 foizidan ko‘prog‘i bevosita internet va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq sohalarga to‘g‘ri keladi. 2025 yilgacha AQSh sanoatni raqamlashtirishdan qo‘shimcha 20 trln. dollar daromad olishi kutilmoqda. Bunday iqtisodiy samaradorlik, ayniqsa iste’mol tovarlari ishlab chiqarish (10,3 trln. dollar), avtomobil sanoati (3,8 trln. dollar) va logistikada (3,9 trln. dollar) yuqori bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Turli tadqiqotlar natijalari bo‘yicha raqamli iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi salmog‘i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymatning deyarli 40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq patentlarning 75 foizi Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to‘g‘ri keladi.Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020 yil 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirda keltirgan statistik ma’lumotlariga muvofiq AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi.

Xalqaro moliya tizimi bu milliy va xalqaro darajada moliyaviy, kredit, valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Hozirgi bosqichda xalqaro moliya tizimi evolyutsiyasining o'ziga xos xususiyati bu global globallashuv jarayonining o'ziga xos shakli bo'lgan moliyaviy globallashuvdir. Moliyaviy globallashuvning asosiy ko'rinishlari - bu mamlakatlar va dunyoning mintaqalari o'rtasida kapitalning erkin harakatlanishi, jahon moliya bozorining kengayishi, xalqaro moliya tizimini tartibga solishning davlatdan tashqari tizimini shakllantirish, rolining ortib borishi. moliyaviy faoliyat transmilliy kompaniyalar va banklar, yangi moliyaviy vositalarning paydo bo'lishi, shu jumladan moliyaviy hujjatlarni boshqarish elektron tizimlari.Xalqaro moliya deganda valyuta qiymatlarining naqd va naqdsiz muomalasi sohasidagi xalqaro shartnomalar, shuningdek xalqaro operatsiyalar va hisob-kitoblar sohasida real pul aylanmasiga xizmat qiladigan institutsional shakllanishlar asosida tuzilgan iqtisodiy munosabatlar majmui tushuniladi.

Oʻzbekistonda barcha tizimlar raqamlashmoqda. Ayniqsa, koronavirus tufayli joriy etilgan karantin rejimida onlayn tovar va xizmatlarga boʻlgan talab yana-da ortdi, barcha sohalarda raqamli funksiyalarning safi kengaydi. Bugun uydan chiqmasdan toʻlovlarni amalga oshirish, hech bir muammosiz masofaviy taʼlim olish, dunyoning yirik kutubxonalaridan foydalanish va hatto ishlash mumkin. Raqamli xizmatlar anʼanaviy turga qaraganda qogʻozbozlik, rasmiyatchilikning yoʻqligi, vaqtni tejash kabi bir qator afzalliklarga ega. Masalan, davlat xizmatlarini raqamli koʻrinishda olsangiz, sizga belgilangan toʻlovning 10 foizi miqdorida chegirma taqdim etiladi.

Bularning barchasi mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotga faol oʻtilayotganining belgisi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning yana bir omili — kiberxavfsizlikni taʼminlashdir. Karantin sharoitida global tarmoqda koronavirusdan saqlanish boʻyicha koʻrsatmalar yorligʻi ostida dasturiy tizimlarni ishdan chiqaruvchi viruslar tarqatish holatlari uchradi. Xorijda dori-darmonni onlayn sotish va yetkazib berishni vaʼda qilib, oldindan pullarni hisob raqamiga oʻtkazishni soʻrab, sodda odamlarni aldab ketayotgan moliyaviy firibgarlar soxta onlayn-doʻkonlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va elektron pochta manzillaridan foydalanishdi. Bu ham axborot xavfsizligini taʼminlash zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi.

Kiberxavfsizlik axborot xavfsizligining bir koʻrinishi boʻlish bilan axborotlarni saralab olishga xizmat qiluvchi yuksak maʼnaviyatdan oʻzgacharoq tushuncha. U koʻproq texnik jarayonlarga oid boʻlib oddiy foydalanuvchi uchun pochta, ijtimoiy tarmoqlar, toʻlov tizimlarida ishonchli va mustahkam parollarni oʻrnatish, oʻz shaxsiy kompyuteri va smarfonini viruslardan himoyalashni anglatadi. Kengroq maʼnoda esa kiberxavfsizlik tarmoqlar, mobil ilovalar va qurilmalarning himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Bu maʼlumotlar konfidensialligini saqlash, ularning butunligini himoyalash, u yoki bu sayt, ilova, dasturning toʻlaqonli ishlashini anglatadi.

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK tahlillariga koʻra, 2019-yilda internetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga toʻgʻri keladi.

Internetning milliy segmentini monitoring qilish natijasida 130 mingdan ziyod kiberxavfsizlikka tahdidlar aniqlangan. Shundan 106 508 ta holat botnet tarmoqlari ishtirokchilariga aylangan xostlarga tegishli. 13 882 ta holat spam-elektron pochta yoki parolni buzishi sababli turli xizmatlar tomonidan qora roʻyxatga olingan IP-manzillarni blokirovka qilish bilan bogʻliq. 8 457 ta holat TFTP (Trivial File Transfer Protocol – fayl uzatishning oddiy shakli) protokoli va tegishli portlardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlib, ular utentifikatsiya mexanizmlari yoʻqligi sababli begona kontentni yuklab olishga olib kelishi mumkin. 2 114 ta holat RDP (Remote Desktop Protocol-masofaviy ish stoli protokoli) zaif protokoli ishlatilishi bilan bogʻliq. 1 042 ta holat dasturiy taʼminot va maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlarida autentifikatsiya mexanizmiga ega boʻlmagani, shuningdek muddati tugagan yoki yaroqsiz imzoga ega SSL-sertifikatlar bilan bogʻliq.

O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda buning asosida qulay investitsion muhitni shakllantirishga qaratilgan quyidagi takliflarni amaliyotga joriy qilish maqsadga muvofiqdir:

mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy sherikchiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar


faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay
sharoit yaratish tizimini takomillashtirish;

energiya tejamkor va atrof muhitga kam zarar yetkazadigan yuqori texnologik,zamonaviy uskunalarni o‘rnatish; mahalliy sharoitlarga mos keladigan ilg‘or xorijiy texnologiyalarni tatbiq etish, o‘zimizda yaratilayotgan ixtirolarni


rag‘batlantirish va bilimlar iqtisodiyotiga mablag‘lar yo‘naltirish;

raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun axborot texnologiyalar sohasida yangi,zamonaviy yo‘nalishlar (raqamli texnologiyalar bo‘yicha, masofaviy ta’lim


bo‘yicha, moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha, bulutli texnologiyalar bo‘yicha va
h.k.) da kardlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.

Xulosa qilganda, mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotning omili bo‘lgan
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun eng avvalo respublikamizda internet
tezlikini oshirish va narxini optimallashtirish tizimini takomillashtirishni talab etadi.Bundan tashqari, aholining kompyuter va kompyuter dasturlari bilan ishlash bilim vako‘nikmasini oshirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi muhim omillardan birihisoblanadi. Bularni amalga oshirish uchun bir qancha amaliy vazifalarni yo‘lgaqo‘yish lozim. Jumladan, tekin kompyuter kurslarini tashkil etish, elektron savdomaydonchalarini rivojlantirish, elektron hujjat almashish tizimini takomillashtirish,aholiga innovatsion raqamli texnologiyalar (krepto valyutalar,davlat xizmatlarininginnovatsion turlari ya’ni “Elektron hukumat”) haqida ko‘proq va kengroq ma’lumotberish, oliy ta’lim muassalarining iqtisodiyot sohasida ta’lim olayotgan kelajakkadrlarini “raqamli iqtisodiyot” yo‘nalishlariga jalb qilish kabi ishlarni amaliyotgatadbiq etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.Yuqoridagilarni amalga joriy etish, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotningo‘rnini oshirishda, axborot almashinuv tizimini tezlashtirishda muhim ro‘l o‘ynaydi.Shuningdek, uy xo‘jaliklarining internet tarmoqlaridan keng foydalanishi tarmoq vasohalarning samaradorligi oshishida, ortiqcha xarajatlarni kamaytirish va vaqtsarfining qisqarib, iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalarning ulushi oshishidamuhim ahamiyat kasb etadi. Bunday islohotlar asosida raqamli iqtisodiyotining rivojlanishi, mamlakatimizning dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlari reytingidan o‘rin egallashiga zamin yaratadi. Pirovard natijada, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi mamlakatda qulay investitsion muhitning shakllanishga imkoniyat yaratadi. Qulay investitsion muhitning shakllanishi esa mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning hajmi oshishidan dalolat beradi. Natijada mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga erishish mumkin.


Download 23,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish