19-§. QORAQALPOG’ISTON 1917-1924-YILLARDA
Reja:
1.Amudaryo bo’limida ijtimoiy-siyosiy vaziyat va sovet hokimiyatining qaror topishi
2. Chimboyda sovet hokimi-yatiga qarshi isyon
3. Amudaryo viloyatida iqtisodiy o’zgarishlar
1917-yil fevralda chorizm-ning ag’darilishi qoraqalpoq xalqining hayotiga ham kuch-li ta'sir ko’rsatdi. Qoraqal-poqlar bu paytda asosan Turkiston general-guberna-torligiga qarashli Amudaryo bo’limi — okrugi (markazi Petro-Aleksandrovsk—hozirgi To'rtko'1 shahri) va Xiva xonligining ayrim bekliklarida istiqomat qilishgan. Mart oyida To’rtko’lda soldat deputatlari soveti tashkil qilindi. 1917-yil oktabrdan to 1918-yil boshlariga qadar Amudaryo bo’limi komissari vazifasini gidrotexnik V.Palishev egallab turdi. Bu davrda hokimiyat tizimida keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Amudaryo bo’limi tasarrufidagi ovul va qishloqlar aholisi To'rtko'1 ma'murlaridan hech qanday harbiy va moddiy ko’mak olmasdan o'z-o'zini mudofaa qilish otryadlarini tashkil etdi, ularga nufuzli urug’ boshliqlari hisoblangan Xon Maxsum — Ubaydulla Bohautdinov (1887-1956), Bola biy va boshqalar yetakchilik qilishdi. Qoraqalpoq xalqi urug’ yo’lboshchilari tevaragiga qiyinchilik bilan bo’lsa ham birlasha boshladi, chunki ocharchilik, qurg’oqchilik, tartibsizlik va qaroqchilik hujumlari xavf solayotgan edi. 1918-yil aprelda Amudaryo bo’limi Turkiston respublikasi tarkibiga kiritilganligi e'lon qilindi. 1918-yil-ning ikkinchi yarmidan boshlab Amudaryo bo’limida vaziyat keskin o’zgardi. Bu eng avvalo bolsheviklar faoliyati va qizil gvardiyachilar otryadlarining xatti-harakatlari bilan bog’liqdir. Bolsheviklar Amudaryo bo’limiga Chorjo’y va Toshkentdan qizil gvardiyachilar otryadlarini jo’natishdi. To'rtko'1 shahri bolsheviklar hokimiyatining tayanchi, uning harbiy bazasiga aylantirildi. Ular Amudaryo bo’limi hududida turib, Xiva xon-ligiga qarshi harbiy harakatlarga puxta tayyorlandilar.
Bolsheviklar qizil gvardiyachi otryadlarga tayanib, 24 ta hunarmandchilik va baliq korxonalari, paxta tozalash zavodlari, bog’lar, dorixonalar, kasalxonalar va badavlat kishilarning uylari va yerlarini musodara qildi. Yangi hokimiyat komissarlari mahalliy kengashlarga saylov o’tkazdilar, biroq saylovda savdogarlar, ruhoniylar, mulkdorlar ishtirok qilishiga yo'1 qo’yilmadi. Bolshe-viklarning sinfiy prinsip asosida mahalliy kengashlarga o’tkazgan saylovlari milliy va mahalliy xususiyatni e'ti-borga olmadi, qoraqalpoq jamoalari urug’chilik asosida tuzilganligiga amal qilinmadi. Saylovlar jarayonida po-raxo’rlik va zo’ravonlik avj oldi. Yangi hokimiyat asrlar davomida shakllangan an'anaviy sharqona hayotni, qoraqalpoq xalqi turmushida faol rol o’ynab kelayotgan biylik boshqaruv usulini barbod qilishga kirishdi.
Bolshevik komissarlar ulamolar, shuningdek, mad-rasalar, masjidlar va eski maktablarni xalqning tafakkuri uchun kurashda o’zining asosiy raqobatchilari deb hisoblab, Amudaryo bo’limidagi diniy arboblarga «salib yurishi»ni o’tkazdi. Qizil askarlar o’rtasida ichkilikboz-lik, o’g’rilik, poraxo’rlik, talonchilik, ayollarni zo’rlash avj oldi. Aholining aksariyat qismi yangi hokimiyatning bunday siyosatidan norozi bo’lib, unga qarshi kurashga chog’landi. Mahalliy aholining bu kurashini Ural kazak-lari (ular 1874-yili Amudaryo bo’limiga ko’chirilgan edi) ham qo’llab-quvatlashdi.
1919-yil iyun oyining oxirida Chimboy uchastkasining Zair posyolkasiga maxsus komis-siya jo’natildi. Ularga berilgan farmoyishda «3-Zair kazaklar harbiy bo’linmasidagi burjua unsurlarini qurol-sizlantirish» kerakligi ko’rsatilgan edi. Biroq, 3-Zair kazaklar harbiy bo’linmasi maxsus komissiyaga bo’ysun-masdan, Chimboyga ketib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |