Namangan muhandislik-qurilish inistituti muhandislik komunikatsiyalari fakulteti 1-KTI-16 guruh talabasi Xamidxonov Qobilxonning ilmiy (ijodiy) ishiga
ANNOTATSIYA
Mavzu:Innovatsion xarakatlar investitsiyaning muxim tarkibiy qismi sifatida.
Mavzuning dolzarbligi:Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga muvofiq joriy yildagi ishlarni mantiqiy davom ettirish va yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2019-yil mamlakatimizda «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb e’lon qilindi.
Investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, iqtisodiyotning yuragi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi.
«Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, millati, tili va dinidan qat’i nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo‘lib yashashi – bizning bosh maqsadimizdir.
Ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Yoshlarga munosib ta’lim berish, ilmiy va o‘quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ishlar yangi bosqichda davom ettiriladi.
«Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘r ixorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4300 29.04.2019 qarorida Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ investitsiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi.
Talabaning maqolalari taxlil qilinganda, uningdolzarb masalalar tanlashi, qo’yilganmaslaga keng qamrovli yondashuvi, dunyoqarashining kengligi, masalani yoritishda mamlakatimizni rivojlantirishning Prezidentimiz va Vazirlar Maxkamasining qarorlari bilan belgilangan ustuvor yo’nalishlarni e'tiborga olish, mavzuni o’rganishda ilmiy tomondan asoslashi kelajakda ilmiy izlanishlari bilan yaxshi natijalarga erishishidan darak beradi.
Ishning maqsadi: Mamlakatimiz xududida ishlab chiqarish va sanoatni rivojlantirish shu bilan birga ishsizlik va boqimandalikka barham berish.
Ishning amaliy axamiyati: Faol jalb etilgan investitsiyalar o’z o’rnida eng zamonaviy uskunalar sanoat obyektlari va istiqbolli biznes va tadbirkorlik demakdir, bu esa o’z o’rnida kelajak avlodning turmush tarzini yaxshilash, ularni yetuk amaliy va nazariy salohiyatli kadrlar bo’lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Ilmiy rahbar: Iqtisodiyot f.n. I. Soliev
Nomzod talaba: Q. Xamidxonov
Do'stlaringiz bilan baham: |