Annotatsiya:
Kalit so`zlar:
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 maydagi PF4797-son “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-sonli «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori, o`zbek tili va adabiyotga kata etibor qaratilayotganidan dalolat beradi.
Oʼz soʼzi bilan koʼrkli tilimizning pokiza osmonini kengaytirgan shoirlar koʼp. Oʼzbekning baxti ham shunda. Bugun bu tilda tarannum etib boʼlmaydigan tuygʼu yoxud tushunchaning oʼzi yoʼq. Turkiy tilni dagʼal va nazmga yaroqsiz deb bilganlarning haddini buyuk Navoiy XV asrdayoq koʼrsatib qoʼygan. XX asr avvalida oʼzbek tilida nasriy asar yozishning mushkulligini roʼkach qilganlarni Qodiriy va Choʼlpon nasrdagi betakror soʼz nazmi bilan hayratga solgan. Keyingi avlodlar ichida ham badiiy soʼzning meʼmorlari sanalmish katta shoirlar yetishib chiqdi. Demak, muqaddas silsila davom etmoqda va millat turguncha turadi.
EMPERIK TAHLIL
“Koinot qachonlardir bir nuqtaning, bir zarraning portlashidan paydo boʼlgan deyiladi. Аgar shu fikr toʼgʼri boʼlsa, poetik soʼz, yaʼni sheʼriyatning mohiyatida hududga sochilib ketgan koinotni toʼplab, sidirib yana oʼsha nuqtaning ichiga sigʼdirish istagi yotadi”, - deydi Ramiz Ravshan. Va shoirning zimmasidagi qutlugʼ vazifa haqida gapirib: “har bir asl shoir tangrini oʼz ona tilida tasvirlaydi va haqiqiy shoir tangri diydorini tilab qushday qanot qoqa-qoqa oʼz tilining osmonini kengaytiradi”, - deydi. Qushning qanot qoqishidan ohang yaraladi, kuyga aylanadi, soʼzga aylanadi. Shu bepoyon osmon qushlarga va shoirlarga armugʼon qilindi, deya bejiz aytilmaydi.
She’riyat asrlar davomida adabiyotning asosiy turi sifatida oʻzini namoyish qilib kelgan she’riy asarlarda lirik qahramonlarning his - tuygʻu va kechinmalari, orzu umidlari va maqsadlari, albatta davr bilan bogʻliq boʻladi. Koʻp davrlarda she’riyat jamiyat va ijtimoiylikka hizmat qilib keldi. Ammo, yangi oʻzbek zamonaviy she’riyati degan tushincha paydo boʻlgani, she’riyatimizda tub burilish amalaga oshirilganidan dalolat.
TAHLIL VA NATIJALAR
Bugungi kunda yoshlarni o’zlarini har tomonlama ko’rsatish, jam’iyatda o’z o’rnini topish uchun juda ko’p imkoniyatlar yaratilib berilgan. Bunday imkoniyatlardan qanday foydalanish albatta har bir insonning tarbiyasiga, dunyoqarashiga bog‘liq. Yosh, layoqatli yoshlardan biri Mamanazarov Abdukarim esa, o’zining she’r yozish iste’dodi bilan adabiyotga o’zining o’chmas izlarini qoldirishni xohlaydi.
Mamanazarov Abdukarim Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, “Boysun Barakat Imkon” nodavlat ta’lim muassasasi 8”A” sinf o`quvchisi hisoblanadi. Abdukarim yosh bo`lishiga qaramasdan, ko`plab saviyali she’rlar yozgan.
“Bolaligim ko`chasi” nomli she’rida yoshlikdagi beg`ubor onlarni eslagan:
Bolaligim ko`chasi
Menga tanish bu yo`llar,
Bolalikda yurganman.
Yoshligimda yo`llardan,
O`ynab kulib o`tganman.
Menga tanish bu yo`llar,
Velosiped uchganman.
Bu ko`chada bir ozim,
Zo`r davrimni surganman.
Eh ko`chalar ko`chaalar,
Xotiralar eslaatar.
Hozir bir marta o`tsam,
Juda yig`lagim kelar.
Uxlamasdan tush payti,
Cho`milishga borardik.
Do`stlarim bilan birga,
Mazza qilib suzardik.
Eh ko`chalar ko`chalar,
Yoshligimni eslatar.
Hozir bir marta o`tsam,
Ko`zlarimga yosh kelar.
Do'stlaringiz bilan baham: |