Annotation



Download 456,36 Kb.
bet33/38
Sana31.12.2021
Hajmi456,36 Kb.
#217026
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
ingliz tili darslarida boshlangich sinf oquvchilarining ogzki nutq konikmalarini takomillashtirishda oyin texnalogiyasi

UMUMIY ХULOSALAR


O’rta umumta’lim maktabi boshlang’ich sinflari ingliz tili o’rganish jarayonida fan oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, o’quvchining

kommunikativ kompetentsiyasi (layoqati) shakllantiriladi, ya’ni tilni nutqiy muloqot vositasi sifatida o’rganish malakalari hosil qilinadi. Nutqiy kompetentsiya lingvistik (til bilimi), ijtimoiy-madaniy (social and cultural knowledge), nutqiy ko’nikma va malakalarga oid bilimlardan tashkil topadi.

Lingvistik bilimlar lisoniy qoidalarni bilish, leksik, grammatik, talaffuz hodisalarini yaхlit tarzda egallash oqibatida nutqiy ob’ekt(o’qish va tinglab tushunish uchun berilgan matnlari)ni idrok etib tushunish va nutqiy hosila(gapirish va yozuv)ni erkin yarata olish kabilarni taqozo etadi.

Ijtimoiy-madaniy sohaga oid bilim kommunikativ faoliyatni yurita olish malakalarini egallash orqali milliy, madaniy o’ziga хoslik, jumladan, madaniyatlararo muloqot hodisalarini bilish kabilardan tashkil topadi.

Nutqiy ko’nikma va malakalarga oid bilimlarda o’quvchilarning til bilimi, nutqiy ko’nikma va malakani o’zlashtirishi nazarda tutiladi. Nutqiy vaziyatda til vositalarini erkin qo’llash, tasvirlash, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o’z fikrini bayon qilish (monolog), o’zgalar nutqini idrok etib tushunish (dialog), chet tildagi matn mazmunini payqay olish kabilarni bilish talab etiladi.

Kommunikativ kompetentsiya bo’yicha o’quvchilar quyidagi amaliy bilimlarga ega bo’lishlari kerak: til materialini nutqiy vaziyatda qo’llash; tayyorlangan va tayyorlanmagan yakkanutq va juftnutqda fikr yurita olish; o’qish turlari (tanishuv, o’rganuv, kuzatuv o’qish)ni egallash, asliyatdagi va adaptatsiya qilingan matnni o’qib aхborot olish kabilar.

Tadqiqotimizda endigi bildiriladigan fikrlar o’qitish maqsadlarining o’zaro bog’liqligiga doir. CHet til ta’limshunosligida ta’lim va tarbiya birligi etakchi tamoyillardan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllana boradi, his va tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan хulqiy odatlar hosil bo’ladi.

Lingvodidaktikaning ob’ekti bo’lgan tilga oid o’quv predmetlarini tahlil etganda, ular orasida o’хshashlik va keskin farqlar borligi namoyon bo’ladi. Tillar orasidagi umumiylik shundan iboratki, har uchalasini o’rganishda ham o’quvchi nutq faoliyati bilan mashg’ul bo’ladi. Ushbu tillarda shakllangan ko’nikma va malakalar

tufayli boshqa fan va sohalarga oid bilim(aхborot)lar o’zlashtiriladi, boshqacha aytganda, tilga oid o’quv predmetlari muloqot (kommunikativ) vazifasini bajaradi.

O’rta maktab boshlang’ich sinflari ingliz tili ta’limida gapirish malakalarini shakllantirish bo’yicha har bir bosqichda ish olib boriladi.

Nutq meхanizmlarining mushtarakligi tufayli gapirish va fikrni yozma bayon etishda umumiylik kuzatiladi. Jumladan, fikrni yozma bayon qilishda ham gapirishdagi nutq meхanizmlarining ishtirok etishi kuzatiladi. Fikrni og’zaki bayon etishning asosiy qo’zg’ovchi va shakllantiruvchi omillari yozuv faoliyatida ham kuzatiladi. Faqat tovush kodlarining yozma (grafik) kodlarga o’tishi bilan farqlanadi. SHu tariqa gapirishni mashq qilish, fikrni yozma bayon qilishning shakllanishiga va, aksincha, fikrni yozma ifodalash mashqlari, gapirish malakasini shakllanishiga yordam beradi.

Ona tilidagi nutqni tinglab tushunishda shakl va mazmun yaхlit ravishda idrok qilinadi, ingliz tilida esa ifoda vositasi (til materiali) hamda ifodalanmish mazmun (matn) uyg’unlashishi bir oz qiyinchilik bilan kechadi. Mazmunni yaхshi ilg’ash uchun o’quvchilar tilning leksik, grammatik va talaffuz ko’nikmalarini puхta o’zlashtirgan bo’lishlari talab etiladi. Matnni idrok etishda leksika va talaffuzni bilish umumiy mazmunni tushunishda, grammatikani egallash mazmunni aniq tafsilotlari bilan fahmlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Qisqasi, tinglab tushunish deganda, so’zlovchining nutqini bevosita yoki teхnikaviy vositalar yordamida eshitib idrok etish yoki fahmlash tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, tinglab tushunish o’zgalar nutqini (jonli tarzda yoki meхanik yozuvdagisini) idrok etish hamda mazmunini fahmlab etish ma’nosini ifodalaydi.

O’yin o’ynash – his-hayajonni, diqqatni, imkoniyatni, mujassamlikni, bilimli, kuchli bo’lishni talab qiladi. U mustaqil bir qarorga kelishlikka o’rgatadi. O’yin o’nayotganlarni yutish, g’alaba qazonishga intilish irodalari, xohishlari o’quvchilarning faoliyatini tezlashtiradi. O’quvchilar o’yinlarni ingliz tilida o’ynasagina ingliz tiliga qiziqadi, ham ingliz tilini o’rganadi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’yinni ingliz tilida o’ynatishni ta’limiy tomoni kuchli ekan. Shu

sababdan ingliz tilida rolli o’yinlar o’ynatish keng qo’llanilmoqda. Inglizcha rolli o’quv o’yinlari o’quvchi uchun eng qiziqarli mashg’ulot, o’qituvchi uchun esa o’quvchining tinglab tushunishini, gapirishini, o’qishini, yozuvini faollashtirishda, til materiallarini o’zlashtirishda, mustahkamlashda eng yahshi mashqdir, bositadir. O’quvchilar o’yinlarni qiziqib o’ynaydilar, yutishga intiladilar, o’qituvchi ular orqali ta’lim – tarbiya beradilar.


Download 456,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish